O‘zbekisтon respublikasi davlaт soliq


Shaxsiy hisob varaqlarda soliq to‘lovchi haqida


Download 1.32 Mb.
bet2/7
Sana22.10.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1715992
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Siaij-5 mustaqil ish Shohsanam

Shaxsiy hisob varaqlarda soliq to‘lovchi haqida
aks ettiriladigan ma’lumotlar
Soliq to‘lovchi haqida SHXVda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
a) soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (keyingi matnda STIR deb yuritiladi);
b) soliq to‘lovchining to‘liq nomi;
v) soliq to‘lovchining yuridik manzili;
g) soliq yoki majburiy to‘lov turi nomi;
d) byudjet klassifikatsiyasi asosida byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga o‘tkaziladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisob raqami;
e) soliq to‘lovchining mulkchilik shakli;
j) soliq to‘lovchining yuqori tashkiloti;
z) soliq to‘lovchining faoliyat turi;
i) soliq to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi, bank kodi va bankdagi asosiy (birlamchi) hisob raqami;
k) soliq to‘lovchiyuridik shaxsning rahbari va bosh hisobchisining ismi, sharifi (F.I.SH) hamda telefon raqamlari.


Yuridik shaxslarning byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobini yuritish uchun SHXVni ochish tartibi.
SHXV amaldagi soliq qonunchiligiga asosan soliq to‘lovchining majburiyatlaridan kelib chiqib, har bir soliq va boshqa majburiy to‘lovlar turi bo‘yicha alohida ochiladi.
Davlat soliq xizmati organlarida byudjetga va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, O‘zbekiston yoshlarining Kamolot ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg‘armasiga, Davlat soliq qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga to‘lovlar bo‘yicha SHXV yuritiladi.
Soliq to‘lovchi yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi (davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydan tashqari soliq to‘lovchining ob’yektlari bo‘yicha hisobga olingan yoki Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasida belgilangan pensiya to‘lovi majburiyati paydo bo‘lgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno) bilan bir vaqtda quyidagi to‘lov turlari bo‘yicha topshirilgan hisobotga asosan SHXVlar ochiladi:
a) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
b) yagona ijtimoiy to‘lov;
v) fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;
g) fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari.
Ma’lumotlar bazasidagi barcha soliq to‘lovchilarning o‘tgan hisobot yili oxiridagi qoldiq summalarini joriy yilga ko‘chirib o‘tkazish jarayonida dasturiy mahsulot orqali joriy yil uchun SHXVlar avtomatik tarzda ochiladi.
Soliq to‘lovchiga SHXV ochish uchun asos bo‘lib soliq to‘lovchi tomonidan DSIga soliq majburiyatlari bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotlari, tekshirish natijalarida soliq va boshqa majburiy to‘lov turlari bo‘yicha qo‘shimcha (kamaytirishga) hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan to‘lov topshiriqnomalari hisoblanadi.
Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasida belgilangan pensiya to‘lovi majburiyati paydo bo‘lgan soliq to‘lovchilarga tuman (shahar) Ijtimoiy ta’minot bo‘limidan ma’lumot kelib tushgan kundan so‘ng,3 ish kunidan oshmagan muddatda SHXVlar ochiladi.
Yuridik manzili o‘zgarganli gisababli, boshqa tuman (shahar)dan kelgan soliq to‘lovchilarga ma’lumot kelib tushgan kundan so‘ng, 1 ish kunidan oshmagan muddatda Kameral nazorat bo‘limi tomonidan Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma’lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga DSI boshlig‘ining munosabat belgisi bilan bildirgi berilgandan so‘ng, bir ish kunida ma’lumotlar bazasi administratori elektron fayllarni ma’lumotlar bazasiga qabul qilib tegishli SHXVlarni ochadi.
Ma’lum bir tuman (shahar) soliq organida hisobga olingan soliq to‘lovchi boshqa tuman (shahar) hududida soliq solish ob’yekti va soliq solish bilan bog‘liq ob’yektga ega bo‘lgan taqdirda, soliq solish ob’yektidan kelib chiqib belgilangan tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha SHXVlar ochiladi.



Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling