O‘zbekisтon respublikasi davlaт soliq


Download 1.32 Mb.
bet1/7
Sana22.10.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1715992
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Siaij-5 mustaqil ish Shohsanam




Mavzu: Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi-5
Reja:

1.Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi -5 axborot tizimi haqida tushuncha.


2.ShXV lari va ulardagi soliq to'lovchi haqida ma'lumot
3.Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi-5 axborot tizimining “Регистрация” moduli bilan ishlash tartibi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-sonli Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq, zbekiston Respublikasi Davlat soliq qomitasining 2017 yil 15 avgustdagi Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017-41-son qarori bilan, Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 5 sentyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2926].


Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti (bundan buyon matnda shaxsiy kabinet deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni ta’minlaydigan axborot resursi;
soliq to‘lovchilar — amaldagi qonunchilikka muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari;
shaxsiy kabinetni aktivlashtirish — soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishga o‘tish;
shaxsiy kabinetni amal qilishini to‘xtatib turish — soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishdan voz kechish;
elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot;
yagona identifikatsiya qilish tizimi — jismoniy va yuridik shaxslarni haqiqiy identifikatsiya qilishni, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalana olishlarini ta’minlovchi davlat axborot tizimi.
Shaxsiy kabinetni qo‘llash quyidagi maqsadlarga qaratilgan:
soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishida zamonaviy axborot-texnologiyalaridan keng foydalanish;
soliq to‘lovchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz xizmat ko‘rsatish;
soliq to‘lovchilarga davlat xizmatlaridan foydalanishida qulayliklar yaratish;
soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda hujjatlar aylanish mexanizmini soddalashtirish va tezkorligini oshirish;
soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yanada yaxshilashni ta’minlash.
Soliq to‘lovchida shaxsiy kabinet mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq to‘lovchi va davlat soliq xizmati organi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling