234
6-BOB. RAQAMLI OLAM MUAMMOLARI VA UNGA BO’LGAN
TAHDIDLAR
6.1. Raqamli olamdagi iqtisodiy firibgarliklar
Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali
virtual savdoni amalga
oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning
real extimolligi mavjud
bo’ladi. Ular real xayotdan orttirgan «
qimmatli» tajribalarini
muvaffaqiyatli
ravishda virtual dunyoda xam qo’llab ko’rishni judayam xoxlaydilar.
Firibgarlar
orasida Internet piramidalarini tuzib boyishga xarakat qiluvchilar birinchi o’rinda
turishadi. Keyingi o’rinda maxsulot va xizmatlarni
juda past narxlarda taklif
qiladiganlar bo’lib, mijoz pulni o’tkazganidan so’ng, uning o’rniga
xech narsa
ololmaydi. Undan keyingi shoxsupada kompyuter va uning dasturiy ta’minotini
«
sotuvchi» lari turadi. To’rtinchi o’rinni internetda xilma
xil ish va tadbirkorlik
faoliyatini tashkil qiluvchilar egallaydi. Nixoyat, oxirgi o’rinda uyda biror bir ish
bajarishni taklif qiluvchilar turishadi. AQSh Federal
Savdo Komissiyasining
reytingiga asosan firibgarlar orasidagi eng ommabop
mexanizm piramida tashkil
qilish va uni risoladagiday yurgizishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: