O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Tarmoqdagi piramidalarning eng oddiy usuliga misol bo’lib zanjir 
bo’ylab xat jo’natish kiradi. Bunda Siz biror bir kimsadan xat olasiz va unda 
boshqa bir qancha odamning nomi va manzili ko’rsatiladi. Sizga bu shaxslarning 
birinchisiga masalan 100 so’mdan jo’natish va uning o’rniga ruyxat oxiriga o’z 
nomingizni yozib qo’yish taklif qilinadi. Keyin ushbu xatni o’z tanishlaringizdan 
bir qanchasiga jo’natish kerakligi ko’rsatiladi. Siz menga xam nixoyat baxt kulib 
boqdi va kaminaga katta miqdordagi mablag’ ishlab olish imkoniyati yaratildi deb 
juda xursand bo’lib, bu o’yinga qo’shilishingiz mumkin. Lekin keyinchalik xech 
nima ololmasangiz xafa bo’lmang, chunki bu xatni eng birinchi yuborgan odam 
allaqachon tegishli pulni ishlab olib, juftakni urgan va Siz endi xech nima ola 
olmaysiz. Piramidaning ikkinchi usuliga fiktiv marketing kiradi. Bunda Sizga juda 
tezlik bilan rivojlanayotgan firmaning faoliyatida qatnashishinigiz taklif qilinadi. 
Bunda piramidaning tepasida turgan bir shaxs (yoki shaxslar) boshqa odamlari 


235 
yollaydilar, ular esa o’z navbatida boshqalarini bu ishga jalb qilishga xarakat 
qiladilar va yollanganlarga boshqalarni xam jalb qilish muximligini uqtiradilar. 
Shunday qilib, ushbu tadbirda qatnashayotgan insonlar soni vaqt o’tishi bilan juda 
ham ko’payib ketadi. Xar bir yollangan odamga registratsiya qilinish uchun 
ma’lum miqdorda badal to’lash so’raladi. Sizga boshqalarni yollash xuquqi qayd 
qilinganingizdan so’nggina beriladi. Xar bir yollangan inson uchun va Siz yollagan 
shaxslar yollagan odamlar uchun xam Siz ma’lum miqdorda pul xam olasiz va 
ishga qiziqib ketasiz. Shunday qilib, piramidaning eng tepasida turganlarning katta 
miqdordagi pul ishlab olishlariga imkoniyat tug’iladi. Odamlar yollab turilganda 
va pul miqdori xali ancha katta bo’lgan xolda bunday firma juda xam faol ravishda 
ishlab turadi, ko’pchilik firibgarlikni tushunib qolib, ularning ishlayotgan puli 
miqdori ancha kamayganida, piramidaning asoschilari qaergadir g’oyib bo’ladilar 
(Bermud orollariga yoki dam olish maskanlariga). Bunda ko’pincha obrazli qilib 
«Piramida quladi» deydilar.  

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling