O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Huawei va BeCloud birgalikda Belarusda milliy ma’lumotlarni «o‘zida zaxirali 
saqlovchi» davlat platformasi - G-Cloud ni ishlab chiqdilar. Bu loyiha 5 000 dan 
ortiq davlat korxonalariga «o‘zida zaxirali saqlovchi» xizmatlarni ulashga yo‘l 
ochib berdi, bu esa hukumat va davlat xizmatlari samaradorligini sezilarli darajada 
oshirdi.Raqamli AKT infratuzilmasini rivojlantirishga qo‘shimcha ravishda 
Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari jismoniy va biznes shaxslar orasida 
raqamli xabardorlik darajasini oshirishlari lozim. Hukumatlar yanada ko‘proq 
sohaviy tuzulmalarni tashkil etib, raqamli texnologiyalar yordamida tijoriy va 
biznes g‘oyalarning yangi yechimlarni izlashda an’anaviy sanoat salohiyatini 
kuchaytirishlari lozim. Masalan, Huawei tomonidan ishlab chiqilgan Intelligent 
Pipeline yechimi Qozog‘iston gaz quvurlaridagi asosiy transmission uskunalar 
orqali ovoz, ma’lumot va video tasvirlarni yetkazishni ta’minlaydi. Joylarda 
faoliyat yurituvchi mutaxassislar real vaqt davomida bir necha ming kilometr 
masofadan turib, gaz quvurlari holatini kuzatish va ularning parametrlarini 
o’lchashlari mumkin. Bu esa, qandaydir favqulodda ma’lumotlar, buzilish va tizim 
xatoliklari kabi holatlar yuzaga kelishi bilanoq, favqulodda yuz beruvchi hodisalar 
signallariyordamida holatni tezda bartaraf etishda yordam beradi. Gaz quvurlarini 
bu tarzda boshqarish operatsion xavflarni ancha kamaytiradi. Ish joyidagi raqamli 
texnologiyalarga yana bir misol Dushanbedagi intellektual transport tizimi (ITT
bo‘lgan «Intellektual transport fazasi №1» loyihasini misol sifatida keltirish 
mumkin. ITTni tatbiq etish natijasida bir yil davomida tezlik oshirilishi bilan 


15 
bog‘liq jiddiy yo‘l transport hodisalari soni 50%ga kamaydi. Shuningdek, tizim 
aholi ta’minoti sohasidagi ko‘pgina muammolarni hal etishda ko‘makdoshga 
aylandi. Bu esa, insonlarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini orttirdi va hukumatga 
bo‘lgan fikrlarini ijobiy tomon o‘zgartirishga sabab bo‘ldi.Intellektual idrok katta 
hajmlarga erishayotgan olamda mamlakatimiz olimlariko’pdan beri raqamli 
iqtisodiyot infratuzilmasi rivoji uchun maqbul muhit yaratishga harakat qilib 
keladilar. Bunday muhit biz band bo’lgan jarayonlar va bizga daxldor bo‘lgan 
hamkorlar tomonidan taqdim etiluvchi ishonchli kontent o‘sishini ta’minlashning 
yanada «raqamlashtirilgan», avtomatlashtirilgan va aniqroq bo‘lishiga yordam 
berishi mumkin. Bu bizlarning ko‘proq suhbatlashishimiz va ertangi kunimizning 
aqlli hayotini tezroq qurish uchun kelajakdagi texnologiyalar izlab topishdek buyuk 
ishlar g’oyasiga asoslanib hamkorlik qilishimiz kerakligini anglatadi. Bu holda 
oldimizdagi barcha hurmatga sazovor kompaniyalar, universitetlar va ilmiy tadqiqot 
institutlari bizning hamkorlarimizga aylanadilar. Yaqinda, Huawei asoschisi janob 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling