O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


 Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

6.2. Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari 
Bank kreditlari bilan bog’liq firibgarliklar 
Keyingi uch yilda faqatgina Rossiyaning o’zidagina bu ishlarga mutaxassislashgan 
firibgarlar guruxi 500tadan ko’proq insonni aldab, fuqarolarga 11 million rubldan 
ko’proq zarar yetkazishga muvaffaq bo’ldilar. Buning uchun firibgarlar internet 
tarmogi va ommaviy axborot vositalaridan foydalanganlar. Ular banklardan 
imtiyozli shartlarda 500 000 rubldan ortiq miqdorda kredit olib berishga va’da 
berib, salkam 52 ta xududning axolisini laqillatganlar. Xar bir kredit olishni istagan 
fuqaroni tashkilot xodimasi bilan mobil telefon orqali aloqaga chiqishni va 
Western Union tizimi orqali 500 dan 800 dollargacha pul o’tkazishni so’rashgan. 
Pul o’tkazish tasdiqlangandan sung, tashkilot mutaxassisi kredit olmoqchi bo’lgan 
insonning oldiga kelib, kerakli xujjatlarni birgalikda to’ldirgan va unda shu 
jumladan, ushbu xodimga pullar fuqaroning o’z xoxishi bilan o’tkazilgani xaqida 
imzo qo’yilgan xujjat berilgan. Shuning uchun ham internetdagi imtiyozli kreditlar 
olishga yordam berish xaqidagi takliflarga ishonib yurmang. Chunki «Tekin ovqat 
faqat qopqondagina bo’ladi!» 
Qopqon saytlar vositasidagi firibgarliklar 
Masalan, ushbu usuldagi firibgarlikda maxsus sayt tashkil qilinib, unda 
«Bojxona organlari tomonidan konfiskatsiya qilingan tovarlar arzon narxlarda 
sotiladi» degan ma’nodagi soxta e’lon joylashtiriladi. Bu 
saytlardagi 
mobil 
telefonlar, fotoapparatlar, noutbuk kompyuterlar va boshqa maishiy buyumlar juda 
arzon narxlarda sotilishi xaqidagi e’lonlarni misol sifatida ko’rsatish mumkin. 
Ammo xaridor bu buyumlarni faqatgina 100 foiz oldindan to’lov shartlaridagina 
xarid qilishi mumkin. Firibgarlar pulni olgandan sung, uni o’z maqsadlarida 
bemalol ishlataveradilar. Bu usul vositasida fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdori 
esa bir necha million rublni tashkil qilgan. 


248 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling