O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Uyda ishlash taklifi bilan bog’liq firibgarliklar
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOREKS tizimida ishlashdagi firibgarliklar
Uyda ishlash taklifi bilan bog’liq firibgarliklar
Bunda uyda o’tirib qolgan va ishsiz kimsalar uchun internetda yoki kompyuterda ishlab, pul topish takliflari aytiladi. Bu takliflar qandaydir matnlarni komp’yuterda terish, uyda yigilishi mumkin bo’lgan konstruktsiyalar tayyorlash, elektron pochta ma’lumotlarni qayta ishlash yoki ko’rib chiqish, komp’yuter dasturlari yozish, konvertlar tayyorlash va shu kabi uyda masofaviy rejimda bajarilishi mumkin bo’lgan ishlar bo’lishi mumkin. Bunday takliflar elektron e’lonlar doskalarida, forumlarda, maxsus saytlarda, sizga jo’natilgan elektron pochta ma’lumotlarida va boshqalarda bo’lishi mumkin. Firibgarlar o’z manzillari sifatida faqatgina internetdagi adreslarini ko’rsatishgan bo’ladi xolos. Sizdan rozilik olganlaridan sung, ko’rsatilgan manzilda qayd qilinish uchun yoki keyinchalik qaytirish sharti bilan qandaydir kattalikdagi registratsion vznos, ishingiz uchun xomashyo sifatidagi detallar sotib olishga yoxud kafolat uchun qandaydir pul summasi junatishingizni so’raydilar. Pul junatganingizdan so’ng, firibgarlar siz xaqingizda batamom unutadilar yoki yana qandaydir bir laqillatish usulini o’ylab topadilar. Bunday firibgarliklarni tekshirish uchun kompaniyani qayd qilinishi bo’yicha xujjatlarni, aloqa telefonlarni, kompaniya manzilini so’rash mumkin. Bular bo’yicha javob berilmaydi va bu xolda siz bilan aloqalar xam darxol tugatiladi. FOREKS tizimida ishlashdagi firibgarliklar Valyuta almashtirish bo’yicha turli xildagi ishlarni amalga oshiruvchi FOREKS tizimida ishlashni boshlaganlar uchun bu ish avvalida ancha murakkab bo’lgani uchun ular ishonch bo’yicha boshqaruvchilarni (trast management) qidira 251 boshlaydilar. Ya’ni ular tajribali treyderlarni topib, valyuta korzinasi kapitallarini boshqarishni va bu orqali yaxshigina pul ishlab olishni nazarda tutib, ularga shartnoma asosida qandaydir vazifalar topshirishga urinadilar. Ammo bu yerda xam barcha soxalarda bo’lgani singari, aldov va firibgarlik elementlari mavjud. Ushbu tizimda ishonchli va tajribali treyderlardan tashqari, investorlarni aldab, pul topishga urinadiganlar yetarlicha miqdorda topiladi. Bu tizimda ishlashda investor bilan treydur orasidagi shartnoma olingan foydani qandaydir nisbatda yoki teng ikkiga bo’lish shartlari orqali amalga oshiriladi. Agarda zarar ko’rilsa, u xolda zararning maksimal miqdori foizi xam shartnomada ko’rsatilib o’tiladi. Zarar miqdori shundan oshib ketsa, treyder o’z faoliyatini to’xtatadi. Shunday qilib, eng boshdanoq treyder biroz noqulay xolatga tushib qoladi. Chunki agar foyda olinsa, u foydani treyder bilan birgalikda bo’lishadi, ammo agarda zararga duch kelinsa, treyder buning uchun javobgar bo’lmaydi. Shuning uchun ishonch vositasida boshqaruvchda investor uchun eng yomon xolat – o’z pulining ma’lum bir qismini yo’qotish, treyder uchun eng yomon xolat esa – o’z ishi uchun pul ola-olmaslikdir. FOREKS da ishlashda firibgarlik sxemasi quyidagicha bo’lishi mumkin: Firibgar bir qancha investorlarni topadi va ularning pullarini boshqarish uchun qabul qiladi. U biror bir investorning hisob raqamida boshqalar uchun savdo olib boradi va ular bilan ishlangan pulni bo’lishadi. Qolgan investorlar esa bunday qilinayotganini bilmaydilar xam. Zarar miqdori shartnomada kelishilgan kattalikka yetganida ushbu hisobraqami bilan ish tugatiladi. Foyda olingan hisobraqamidagi mablag’dan esa treyder o’ziga tegishli foyda bo’lagini bemalol olaveradi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling