253
Bu firibgarlikning asosini internet foydalanuvchilariga
katta pul ishlashning
maxfiy usulini taklif qilishqiladi. Bunda ko’pincha kuniga 100 dollar ishlash
imkoni taklif qilinadi. Ma’lumot o’zbeklarga o’zbek tilida,
ruslarga rus tilida va
qozoqlarga qozoq tilida biror bir ko’rinimli inson yoki insonlar misolida
tushuntiriladi: “
Mana bu odam hech qaerda ishlamaydi, ammo shu usul tufayli
pullarga ko’milib ketdi, sizning undan qanday kamligingiz bor”, - deb reklama
qilinadi. Bu imkoniyatga ega bulish uchun esa atigi 5-10 dollar tulashingiz kifoya
qiladi, deb ta’kidlanadi. Ammo, tekin va mexnatsiz
daromad qilish real xayotda
xam, internetda xam mavjud emasligini yoddan chiqarmang.
Karting
Internet firibgarlikning bu turi bank plastik kartalari bilan bogliq. Firibgarlar
plastik kartalar bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni bilishga xarakat qiladilar va
agar omadlari kelsa, ulardagi pullarni yechib olib, yaxshigina daromad qiladilar.
Plastik kartalar xaqidagi ma’lumotlarni bilish turli xil usullar bilan amalga
oshirilishi mumkin, masalan, fishing vositasida, internet magazinlar orqali va
virtual kim-oshdi savdolar tashkil qilish yordamida. Ular xech nima sotmaydilar va
xech qanday xizmat ko’rsatmaydilar - maqsadlari faqatgina
boshqalarning plastik
kartalari xaqidagi ma’lumotlarni to’plash va keyinchalik ularning pullarini
o’marishdir.
Valyuta almashtirish bilan bog’liq firibgarliklar
Tarmoqdagi bu faoliyat turi bilan shugullanadigan firibgarlar insonlarni elektron
valyutalar kursi bizda va chet elda katta farqqa ega ekanligiga ishontirishga
urinadilar. Ular turli xil hisob-kitoblar orqali laqma
fuqarolarni shu tufayli
millionlar ishlab olish mumkinligiga ishontiradilar. Agar kimdir ularning to’riga
tushib qolsa, o’z pullaridan ajralishi aniq bo’ladi-qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: