290
Ushbu algoritmning boshqalaridan asosiy farqi LTC ning markaziy protsessorda
osonroq mayning qilinishidir. Bular haqida Litecoinning ma`lumotnomasida va
mayning b’yicha qo’llanmada batafsilroq keltirilgan.
NMC (http://namecoin.info) - Namecoin
Namecoin kriptografik jihatdan himoyalangan va
.bit deb nomlangan domen
zonasida ishlash uchun yaratilgan. Ushbu «
valyuta»
Bitcoin kontseptsiyasiga
asoslangan bo’lib, u bilan bir xilda hisoblanilishi mumkin. Pullarning o’zi
.bit
zonasidagi domenlarni qayd qilishga asoslangan. Bitcoin kriptografik tizimchasi
tufayli bunday domenlar ularning egalaridan boshqalar tomonidan o’zgartirishga
qarshi himoyalangan. Ammo
DNS-serverni o’z shaxsiy kompyuterida ko’rib
chiqish imkoniyati har bir ishtirokchi uchun mavjud.
PPC (http://ppcoin.org) - PPcoin
POW & POS ning gibrid dizayni xuddi shu valyutada amalga oshirilgan. Bu
tizimda tranzaktsiya 520 marta tasdiqlashni so’raydi,
ammo pullar hamyonda
darhol paydo bo’ladi. Tizim xakerlar xujumiga anchagina chidamli hisoblanadi.
NVC (http://novacoin.org) - Novacoin
Novakoin tizimini yaratishdan asosiy maqsad
PPCoin larning afzalliklarini
yana bir marta qaytarish bo’lgan. Ammo bunda uning
juda ham katta emissiya
xajmi kabi kamchiliklaridan qutulishga harakat qilingan.
NVC o’zida xeshlashtirish
algoritmi sifatida
Scrypt funktsiyasidan foydalanadi.
Emissiyaning chegaraviy
tezligi 100 martagacha kamaytirilgan, murakkablik oshishi bilan mukofotlanishning
kamayish tezligi esa qiyaligi biroz kamroq bo’lgan chiziq ko’rinishida amalga
oshirilgan.
NVC da
PPCoin loyihasiga o’xshash, murakkablik
tarmoqning har bir
blokida qaytadan hisoblanadi. Har bir hisob-kitobda murakkablik oshishining
maksimal kattaligi 1% ni tashkil qiladi. Tarmoqlardagi
bloklarni generatsiya
qilishning maqsadli tezligi soatiga 6 blokni tashqil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: