O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


ICOmexanizmi orqali  mln yig’a oldi. Buning uchun Brendan BAT


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

ICOmexanizmi orqali $35 mln yig’a oldi. Buning uchun Brendan BAT yoki Basic 
Attention Tokendeb nomlangan token yaratdi. Ushbu tokenlarning 1 milliarddan 
ortiqrog’i 156 000 Ethereum kriptovalyutasi birligiga sotildi (ko’pincha bu 
valyutani efir deb ham atashadi). Bu kriptovalyutaning bittasi narxi 2017 yil 23 
iyun sanasiga $327,42 deb baholandi.
ICO ga investor bo’lib, an’anaviy moliyaviy instrumentlar bilan ishlash 
tajribasi yo’q insonlar ham qatnashishi mumkin. Shuning uchun ham tokenlarni 
ko’pincha malakali va professional investorlar emas, balki kriptovalyutaga 
ishonadigan yoki shu sohada ishlaydigan insonlar sotib olishadi. Bunday insonlar 
birjada yoki Forex da ishlash tajribalari yo’q bo’lgani bilan, ishni darhol 
kripovalyuta biznesidan boshlaydilar. Kripto kraudfunding bilan bir qancha 
Rossiya kompaniyalari ham shug’ullanadilar va blokcheynlarni o’z loyihalari real 
iqtisodiyotiga tadbiq etadilar. Masalan, 2017 yil may oyida Moskva viloyatidagi 


306 
Kolionovo” nomli qishloq xo’jalik fermasi ICO yordamida $500 ming jalb 
qilishga erishdi. Bu ferma “kolion” deb nomlangan mahsulot kuponlari chiqardi va 
uni fermaning mahsuloti bilan ta’minladi. Iyun oyida esa tsirkoniy ishlab 
chiqaradiganZrCoin deb nomlangan Rossiya startap kompaniyasi Waves 
platformasidagi ICO vositasida 4000 investordan salkam $7 mln investitsiya jalb 
qilishga erisha oldi. Bunda bir tokenning bahosi bir kilogram tsirkoniy dioksidi 
narxiga teng qilib olindi. Kompaniya jalb qilingan investitsiya yordamida zavod 
quradi va keynchalik o’z foydasidan investorlarga ularning tokenlariga mos 
ravishda to’lovlarni amalga oshiradi. Bu kompaniyalar kriptovalyuta tokenlarini 
real mahsulot ishlab chiqarishga bog’ladilar. Kompaniyalar blokcheynni o’z off-
line bizneslarini rivojlantirish uchun qo’shimcha vosita sifatida ishlatdilar. Shuni 
ham aytish kerakki, ICO lar muvaffaqiyatining poydevorlaridan biri marketing 
jarayonini samarador va aqlga muvofiq ravishda amalga oshirishdir.
ICO bilan nafaqat startap kompaniyalar, balki yirik kompaniyalar ham 
qiziqa boshlashayaptilar. 2017 yilda investorlar va startaplar uchun mo’ljallangan 
amerika platformasi taqsimlangan tarmoqlar qurish Protocol Labs kompaniyasi 
bilan hamkorlikda CoinList platformasini ishga tushirdilar. Bu platformaning 
missiyasi 
turli 
kompaniyalarga 
ICO 
tashkil 
qilishni 
osonlashtirishdir. 
Blokcheynlarni real biznesga tadbiq qilish imkoniyatlarini qidirishga bag’ishlangan 
va 2017 yil fevral oyida tashkil qilingan Ethereum Enterprise Alliance korxonalar 
al’yansiga xozirgi paytda 100 dan ortiq kompaniyalar kirgan. Bular jumlasiga 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling