435
Export.com eksport sotuvlar onlayn-platformasida bir qancha jarayonlar, shu
jumladan, pul o’tkazish, hisob-kitob, logistika kabi jarayonlar avtomatlashtirilgan,
ammo bu tizimda savdoni boshlash uchun unga o’z mahsulotingizni
joylashtirgandan so’ng, uning xossalarini rus tilida
savodli ravishda tavsiflab
berish kerak bo’ladi – bu esa o’z navbatida rus tilini yaxshi bilishni talab qiladi.
Agarda elektron savdo platformasi boshqa tillarda bo’lsa, shu platforma talab
qiladigan tilni yaxshi bilish kerak bo’ladi, albatta. Shuni ham aytish kerakki,
elektron tijoratni avtomatlashtirish hozirgi kundagi biznes uchun real voqe’likdir.
Kelajak elektron tijoratining sirlaridan biri – uni avtomatlashtirish jarayoni qanday
amalga oshirilganligidir, deyishimiz mumkin. O’n
yillar avval marketingni
avtomatlashtirish tijorat siri bo’lgan edi. Katta miqyosdagi ilmiy izlanishlar va
ishlanmalar asosida yaratilgan
Amazon, Walmart hamda
Costco larga o’xshash
gigantlar huddi shu tijorat siri tufayli dunyoga mashxur bo’lgan o’z tijorat
imperiyalarini tashkil qila olganlar. Hozirgi kunda esa elektron tijoratning asosiy
siri barcha jarayonlarni avtomatlashtirishdir. Shuning
uchun ham tijoratchilar bu
haqda ko’p ham gapirmaydilar. Agarda
Google Trends da qidiruv qilib
ko’rsangiz, bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Tijorat jarayonlarini to’liq
avtomatlashtirish muammosini
Shopify Plus ning uchta imkoniyati ma’lum
darajada hal qilib bera oladi. Birinchi imkoniyat uch bosqichli
vizual konstruktor
Do'stlaringiz bilan baham: