O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Google Ventures va Mikrosoft firmasining investitsiyalar fondini ko’rsatib 
o’tishimiz mumkin. Innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun foydalaniladigan 
tashkilotlar sifatida esa quyidagilarni keltirishimiz mumkin: texnologik markazlar 
(klasterlar), innovatsion-texnologik markazlar, texnoparklar, biznes-inkubatorlar 
va biznes-akseleratorlar. Bunday tashkilotlarning asosiy vazifalariga quyidagilarni 
kiritishimiz mumkin:
 Ish yuritish uchun qulay va foydali bo’lgan ofislar hamda ishlab chiqarish 
maydonlarini olishga yordam berish; 
 Informatsion qo’llab-quvvatlash; 
 Investitsiyon loyihalarni amalga oshirishda ish kuchini, mutaxassislarni va 
xamkorlarni topishda yordam berish; 
 Potentsiyal investorlar guruxini kengaytirish
 Soha bo’yicha mutahassislarni topishda ko’mak berish; 
 Innovatsion joyihalarning boshlang’ich bosqichlarida moliyaviy ko’mak 
ko’rsatish. 
Innovatsion loyihalar uchun moliyaviy mablag’lar topishning eng yaxshi usullariga 
quyidagilarni kiritishimiz mumkin: o’z mablag’laringiz, do’stlar va olilaviy 
mablag’lar, grant yoki subsidiyalar olish, bankdan kradit olish, biznes-farishtalarga 
murojaat qilish va venchur kapitaldan foydalanish. Biznes-farishtalar deb, 
biznesning ilk bosqichlarida investitsiyalardan katta foyda olishni mo’ljallagan 


480 
hususiy investorlarga tushuniladi. AQSH dagi unday turdagi tashkilotlarga New 
York Angels, Tech Coast Angels, Launchpad Venchure kabilarni misol qilib 
keltirish mumkin.
Venchur fondlar keng tanlash imkoniyatiga egadirlar, ammo ularga bank, 
sug’urta va investitsion kompaniyalarga vositalar jalb qlishga ruxsat berilmaydi. 
Ular aniq bir yoki bir necha yo’nalishlarga mablag’lar jalb qilishlari mumkin. 
Masalan, venchur fondlar faqat meditsinaga yoki og’ir sanoatga investitsiya 
qilishari mumkin yoki bir vaqtning o‘zida ham tibbiyotga, ham og’ir sanoatga, ham 
aloqaga va ham ekologiyaga investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Oxirgi 
yillarda startaplar orasida elektron biznesga, ijtimoiy saytlarga, tanishuv saytlariga, 
blokcjeynlarga, ta’limga va mediaga investitsiyalar jalb qilish ommabop bo’lib 
bormoqda. Bu sohalarga bo’lgan investitsiyalar 2015 yilda barcha startaplarning 
55% ga tegishli bo’lgan (Internet servislar va kontentlar bozori 2014-2015 
yillarda. RAEK, NIU VIGE. Ekonomika Runeta RF. str.58). 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling