O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Netscape Navigator
- Everpix
eBay saytida ham Amazon ga tegishli ommabop kitoblar bo’yicha ilovalar
joylashtiriladi. Natijada ikki tomon mutasaddilari ham raqobatlashish o’rniga o’zaro ancha foydali bo’lgan kelishuvga erisha oldilar. Hozirgi davrda Internetda yangi va ommabop raqamli tovarlar hamda hizmatlar yaratishning quyidagi asosiy strategiyalari mavjud: Printsipial yangiliklar, mahsulotlar va hizmatlar yaratish – bu juda ham tavakkalchiligi eng katta bo‘lgan strategiyadir, ammo u muvaffaqiyatli o’lgan taqdirda eng katta foyda ham keltiradi. Bunday yangi tovar yoki hizmatni yaratuvchialar iste’molchilarni ham ulardan foydalanishga o’rgatishlari kerak bo’ladi. Agarda iste’molchilar bu mahsulotlardan foydalanishda biror bir manfaat topsalargina, ularni keyinchalik ham ishlata beradilar. Yangi mahsulot yoki hizmatlar liniyasini yaratish – misol sifatida eski Netscape Navigator ishlatilib turilganida yangi mahsulot, Microsoft kompaniyasi Internet Explorer ni ishlab chiqdi – bu esa absolyut yangilik emas, balki oldingisiga qo’shimcha bo’lgan yangi mahsulot edi. Oldin mavjud bo’lgan tovar liniyasini kengaytirish – Bunga misol sifatida gazetalarning internet-versiyalarini va internetdagi bank xizmatlarini keltirish mumkin. Mavjud bo’lgan tovar yoki hizmatlarni mukammallashtirish – masalan, Yahoo tizimi oldin qidiruv ma’lumotnomasi bo’lgan edi, hozirda esa hizmatlar portaliga aylangan. Oldingiga nisbatan arzonroq bo’lgan mahsulotlar yaratish va borlarini imitatsiya qilish – misol sifatida ko’plab internet-provayderlar tomonidan kiritilgan internet to’lovining oldindan belgilangan qiymatini keltirish mumkin. Agarda katta va muvaffaqiyatli kompaniyalarning tarixini o’rganib chiqsak, ularning oldinlar startaplar ko’rinishida bo’lganligini va rivojlanishning barcha bosqichlarini bosib o’tganliklarini ko’rishimiz mumkin. Bu xolatlarni tahlil qilsak, 485 ularning bir qancha o’ziga hos xususiyatlarini bilib olishimiz mumkin. Informatsion texnologiya bilan bog’liq mahsulotlarga kelsak, agar ularda patent bo’lgan taqdirda ham, istalgan raqamli mahsulotni bemalol nusxalab olishimiz mumkin va bunga qarshi samarador kurash usullari xozirda mavjud emas. Shunga qaramay, agar qandayidr raqamli mahsulot yoki yangilik yaratsangiz, o’z savdo markangizni registratsiya qilib olsangiz, foydadan holi bo’lmaydi - bu bilan tovar belgigizni nushalashdan himoya qilib olgan bo‘lasiz. Elektron biznesda muvaffaqiyatga erishgan va erishmagan kompaniyalar amaliyotini tahlil qilinganida ularning boshqaruvida yo’l qo’yilgan bir qancha xolatlarni bilib olish mumkin bo’ladi: Elektron biznesda uzoq muddat davomidagi muvaffaqiyatni innovatsion yechimlar, yetarli miqdordagi investitsiyalar va kompaniyaning uzoq muddat davomida o’z faoliyatini bir tekis yurita olishi ta’minlab beradi. Agarda kompaniya qandaydir sabablarga ko’ra o’sish uchun imkoniyat topa olmasa, tashqi muhit o’zgarishlariga dosh bera olmay, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Yuqori raqobatli bozorga chiqilganida mijozlarni ushlab turish uchun juda kuchli reklama kompaniyasini tashkil eta olmaslik ham kompaniya ishining orqaga ketishi va uning honavayron bo’lishiga olib kelishi mumkin. Kompaniya ishida strategik yondoshuvning yo’qligi ham muvaffaqiyatga erishishdagi katta to’siqlardan biri bo’lishi mumkin. Tovar va xizmatlarning sotuv kanallarini tanlashda xatoga yo’l qo’yilganligi ham muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin. O’z tabiati bo’yicha elektron platformalarda sotilishda muvaffaqiyatni ta’minlab bera olmaydigan mahsulotlar va hizmatlar bilan elektron savdoga chiqish bunga bir misol bo’la oladi. Gilt-Taste internet magazinining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ham oziq- ovqatlar bozorining on-layn biznes uchun unchalik mos kelmasligi bilan tushuntirilgan. Chunki bir-biriga juda yaqin bo’lgan xududlarda ham iste’molchilarning didi, tanlovi va ovqatlanish xususiyatlari bir-biridan ancha- muncha farq qiladi. Bu esa maqsadli auditoriyani ancha toraytirib, o’sish imkoniyatlarini kamaytiradi. 486 Elektron bozordagi aniq bir pozitsiyaning mavjud emasligi – kompaniya barcha narsani va hoziroq qilishga urinishi, bunga albatta iste’molchlarning ko’pchiligi ham, xamkorlr ham tayyor bo’lmaydilar. Mufaffaqiyatga bo’lgan ishonchni juda erta yo’qotish va tushkunlikka tushish. Infratuzilmani tashkil etishda xatolarga yo’l qo’yish – texnologik platformaning hajmi kamchilligi, xosting hizmatlariga bog’liqlik, infratuzilma uchun to’lovlarning kechitirilishi va bu bilan bog’liq bo‘lgan moliyaviy muammolar. Masalan, foydalanuvchilarning rasmlarini saqlash hizmatini taklif qiladigan Everpix kompaniyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi uning Amazon Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling