O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Raqamli iqtisodiy fazoning tarkibiy elementlari


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Raqamli iqtisodiy fazoning tarkibiy elementlari 
Texnik ta’minot 
Informatsion ta’minot 
Dasturiy ta’minot 
IT-konsalting 
Telekommunikatsiyalar 
Plarformali iqtisodiyot 
Raqamli hizmatlar 
Algoritmik iqtisodiyot 
Katta na’lumotlar iqtisodiyoti 
Raqamli sektor 
Raqamli iqtisodiyot 
Raqamlashtirilgan iqtisodiyot 
Almashinuv iqtisodiyoti 
Gigi iqtisodiot 
Frilansing 
Elektron tijorat 
Industriya4.0 
Raqamli iqtisodiyotni torroq ma’noda tushunish uni raqamli hizmatlar, 
gigonomika va ma’lumotlarga raqamli ishlov berish bilan chegaralab qo’yadi. Uni 
keng ma’no datushunish esa raqamli iqtisodiyotni yuqoridagi ruyhatda keltirilgan 
barcha yo’nalishlarga bog’lab beradi. Bunda raqamlashtirish deganda, yangi 
intellectual 
raqamli 
tarmoqlar 
tushunilib, 
ular 
boshqaruv 
usullarini, 
optimallashtirishni, resurslarni birgalikda ishlatishni va elektron savdo jarayonini 
tubdan o’zgartirib yuboradi. Yuqoridagi bacha tashkil etuvchilarni integratsiya 


492 
qilish asosida raqamli texnologiyalar va raqamli faoliyat bilan birgalikda biznes-
modellarning raqamli sektori hamda raqamli iqtisodiy fazo hosil bo’ladi. 
Endi yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda O'zbekistonda raqamli 
iqtisodiyotning tarkib topishi va rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqamiz. 
Dunyodagi ko’pchilik mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, raqamli 
iqtisodiy fazo shakllanishining boshlang’ich bosqichida buning uchun kerakli 
bo’lgan IT-infratuzilmasini tashkil etish va buning uchun kerakli bo’lgan tarkibiy 
elementlarni yaratish kerak bo’ladi. Ko’pchilik Osiyo mamlakatlarida ularning 
mentalitetiga bog’liq ravishda, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etuvchi, 
boshqaruvchi, uning qonun-qoidalari va standartlarini yaratuvchi hamda asosiy 
investor sifatida davlat ishtirok etadi. Ammo bu infratuzilma yaratish uchun 
mamlakat ichidagi va tashqarisidagi investorlarni jalb qilishni ham istisno etmadi, 
albatta. AQSH va bir qancha Evropa davlatlarida esa raqamli iqtisodiyot uchun IT-
infratuzilmasini yaratish va uni rivojlantirishda asosiy ishni trans milliy 
korporatsiyalar va yirik kompaniyalar amalga oshiradilar. Boshqa bir qancha 
rivojlanayotgan mamlakatlarda esa raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratishda 
va ular uchun investitsiyalar kiritishda halqaro tashkilotlar (Jahon Banki, BMT va 
boshqalar) asosiy rol o’ynaydilar. Quyida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni 
shakllantirishda davlatning roli qanday bo’lishini ko’rib chiqamiz. O’zbekistonda 
raqamli iqtisodiyotni shakllantirish uchun avvalo buning uchun mos bo’lgan 
normativ-huquqiy bazani yaratish kerak bo’ladi. Bu baza o’z ichiga yangi 
munosabatlar qanday amalga oshishini, iste’molchilar faoliyatini, infratuzilma 
qanday bo’lishini, qanday platformalardan foydalanish zarurligini, jamiyatni bu 
turdagi iqtisodiyotda faoliyat ko’rsatish uchun tayyorlashni, information 
havfsizlikni qanday ta’minlashni, ma’lumotlar konfidentsialligi qanday amalga 
oshirilishini, virtual olamdagi mulk egalarining haq-huquqlarini qanday 
himoyalash kerakligini qamrab olishi zarur bo'ladi. Respublika prezidentining 
2018 yil 22 yanvardagi 2017-2021 yillarga mo’ljallangan “O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning besh prioritetli rivojlanish yo’nalishlari bo’yicha 
davlat dasturi” doirasida ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha bir 


493 
qancha chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Davlat 
dasturining iqtisodiyot rivojlanishi va faol tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash deb 
nomlangan 3-bo’limining 3.1, 3.2 va 3.5 punktlarida “iqtisodiyotni boshqarishning 
yangi mexanizmlarini hamda zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish”, “raqamli 
texnologiyalarni tadbiq qilshga ko’mak berish”, “halqaro to’lov tizimlari bilan 
integrallashgan innovatsion texnologiyalar yordamida yangi turdagi bank 
hizmatlarini yaratish va bunda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” kabi bir 
qancha ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Yuqorida sanab o’tilgan va davlat 
tomonidan 
amalga 
oshirilayotgan 
chora-tadbirlar 
shuni 
ko’rsatadiki, 
respublikamizda raqamli iqtisodiyotning faol rivojlanishi uchun shart-sharoitlar 
asta-sekin bilan bo’lsada, yaratilayapti.
Bu yo’nalishdagi normativ-huquqiy hujjatlar yaratish davlat, fan va biznes 
orasida yakin aloqalari bo'lishini talab qiladi. Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini 
yaratishda davlat nodavlat tashkilotlari, xususiy va davlat sektori korxonalari 
hamda bunga qiziqish bildiradigan mahalliy va halqaro kompaniyalar (Qualys, 
Google, Amazon, Alibaba, Softline, Samsung, Huawei, UzCard, Uzonline va 
boshqalar) bilan yaqindan muloqot qiladi. Toshkent shaxrida bo’lib o’tgan (2017) 
IDC (International Data Corporation/Halqaro information korporatsiya) ning 
uchinchi yillik anjumani ham zamonaviy iqtisodiyotdagi raqamli transformatsiya, 
buymlar interneti, qo’shimcha virtual reallik va sun’iy intellect kabi masalalarni 
ko’rib chiqib, O’zbekistonning raqamli texnologiyalarni va uzoq muddatli raqamli 
platformalarni rivojlantirishining bir qancha perspektiv yo'nalishlarini aniqlab 
berdi. Raqamli iqtisodiyot zamonaviy AKT infratuzilmasi asosida rivojlanib, uning 
asosiy hususiyatlari – kompetentsiyalar, innovatsion yangiliklar va insonning 
bilimidir. Huddi shuning uchun ham mehnat bozorini transformatsiya qilish, 
ommani AKT bo’yicha savodhonlik darajasini oshirish hamda bilimli IT-kadrlarni 
tayyorlash muhim ahamiyatga egadir. Respublikamizda raqamli iqtisodiyotning 
rivojlanishiga ta’sir qiladigan asosi faktorlar jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz 
mumkin: 
 Insoniy resurslar 


494 
 Telekommunikatsiyalarga bo’lgan investistiyalar va raqamli infratuzilmalar 
 Dasturiy mahsulotlar va ilovalar yaratish 
 Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga faol ta’siri 
 Davlat boshqaruvi 
 Xususiy sector 
O’zbekiston Respublikasi xudularida raqamli iqtisodiyot shakllantirish va uni 
rivojlantirish uchun insoniy resurslarga, IT-sohasiga investitsiyalarga, raqamli 
infratuzilmalarga, dasturiy ta’minot ishlab chiqarishga tayanadigan va bunda 
asosiy oyinchilar davlat hamda xususiy sector bo’lgan milliy raqamli strategiyani 
ishlab 
chiqish 
zarur.O’zbekistonda 
raqamli 
iqtisodiyotning 
qanday 
rivojlanayotganligi haqidagi ma’lumotlarni quyidagi jadvaldan kuzatishimiz 
mumkin: 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling