O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- AgTech
GPS yoki Glonassdan foydalanish imkoniyatlari, qishloq xo’jalik jarayonlarini
raqamli usulda monitoring qilish va baholash, qishloq xo’jalik mahsulotlaridagi kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashni tashkil qilish masalalari ham imkoniyat darajasida ko’rib chiqilgan. Uchuvchisiz apparatlar yordamida qishloq xo’jalik ekinlarini masofaviy usulda tashxis qilish imkoniyalatlari ham yangi trendlar sifatida ko’rib chiqilgan. Maqola so’ngida yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda mamlakat qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirish maqsadida agrosanoatni raqamli transformatsiya qilishdagi eng birinchi navbatdagi masalalar aniqlab chiqilgan. Shu jumladan, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, joylash, savdo tarmoqlariga yetkasib berish, o’simliklarning xolati haqidagi ma’lumotlarni yig’ish va ularni qayta ishlash, o’simliklar rivojlanishi uchun optimal sharoitlar yaratish uchun xizmat qiladigan dasturiy-texnik vositalar, texnologiyalar va universal modullar yaratish masalalari ham ko’rib chiqilgan. Endi aqlli qishloq xo’jaligi nima ekanligini tushuntirib o’tishimiz mumkin: Aqlli qishloq xo’jaligi qandaydir turlardagi kompleks intellektual tizim (masalan, sun’iy intellekt (AI), virtual voqe’lik (VR) yoki to’ldirilgan reallik (AR), IoT –buyumlar interneti, neyron tarmoqlar va boshqalar) bo’lib, u avtomatlashtirilgan rejimda biror bir xududning tuprog’i xolati, yer usti va osti xolati, suv resurslari, xovoning holati kabi ma’lumotlarni avtomatik ravishda yig’adi, tahlil qiladi, qayta ishladi, yangilaydi, modellashtiradi va bular asosida optimal yechimlar topib beradi (buni adaptiv-landshaft yechimlar deb ham ataladi). Bu optimal yechimlar sirasiga qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirishni, turli xildagi o’simliklar uchun kerakli bo’lgan maydonlarni ajratishni, almashlab ekishni tartibga solishni, ekinlarga ishlov berish agrotexnologiyalarini, yer maydonlarini va ularning xolatini avtomatik ravishda baholashni, kadastr baholov va monitoringni, qishloq xo’jalik ekinlarining xolatini nazorat qilishni va baholashni, yer resurslaridan foydalanish samaradorlinini aniqlashni, agrotexnologiyalarning atrof muhitga va ishchi- xizmatchilarga ta’sirini kiritish mumkin. Qishloq xo’jaligida raqamli 497 texnologiyalardan foydalanish jarayonini quyidagi soddalashtirilgan chizma vositasida tasvirlashimiz mumkin: Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasida va jahon miqyosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning uch asosiy bosqichini ajratib ko’rsatishimiz mumkin: 1. Pilot texnologiyalar bosqichi – qishloq xo’jaliпida geopozitsiyalanish texnologiyalarini tadbiq eta boshlash, qishloq xo’jalik ekin maydonlarning monitoringini raqamli texnologiyalar vositasida keng miqyosda yo’lga qo’yish, 498 qishloq xo’jalik texnikasining xolatini avtomatlashtirilgan usullarda kuzatishni amalga oshirish; 2. Agrotexnologiya bozorining to’yinishi– hozirgi davrda jahon miqyosida raqamli texnologiyalarning va bu soha bo’yicha tarmoq standartlarining soni ko’payib, kritik hajmga yetib qoldi. Qishloq xo’jalik mashina va uskunalarining barcha yirik ishlab chiqaruvchilari o’z mashina va uskunalarining ishlatilishini optimallashtiradigan yechimlar va dasturlar taklif qila boshladilar. Ekinlar va yerlarga aniq ishlov berish bo\yicha bir qanvha yechimlar mavjud. Mamlakatimizdagi qishloq xo’jaligi bo’yicha mutaxassislar ushbu barcha texnika va texnologoyalarni o’zlashtirib olishlari va bu yo’nalishdagi bir qancha muhim masalalarni hal qilishlari lozim, shu jumladan, geoma’lumotlarni hosildorlikni bashoratlash uchun ishlatish, qishloq ho’jaligi ishlarini optimallashtirish, suv va mineral o’g’itlar ta’minotini avtomatlashtirish, qishloq ho’galik mahsulotlarini uzoq muddat buzilmasdan saqlanishini yo’lga qo’yish, logistikani boshqarish, mahsulotlar yetkasib beradigan avtotransport parkining ishini boshqari va boshqa ko’pgina masalalar. Agrotexnologiyalarning yangi avlodi sifatida dunyo yuzini ko’rayotgan blokcheyn texnologiyalar va buyomlar internetini ham rivojlantirish qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilishda katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin; 3. Kelajak agrotexnologiyalarning eng asosiy trendlarida biri – integratsiyadir. Chunki, qishloq xo’jaligini raqamlashtirish yo’nalishida yagona standartlar va original yechimlar taklif qiladigan, raqamli agrotexnologiyalar sohasidagi ilmiy yutuqlarni birlashtira oladigan, tanlov masalasini ijobiy hal qiladigan va mavjud risklarni kamaytira oladigan kompaniyalar bu sohada liderlar bo’lib qoladi. Innovatsiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish bo’yicha eng taniqli kompaniyalardan biri Accenture ningilmiy ishlari natijasida,jahon qishloq xo’jaligida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish muammosining hal qilinishida integrallashgan bulutli servislardan foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lishi aniqlangan. Bunday servislar qishloq xo’jaligi mashina, qurilma, 499 uskuna va datchiklaridan ma’lumotlar olish va ularni saqlash masalasini hal qilib beradilar va buning natijasida turli formatlar hamda protokollarning mosligini ta’minlab beradilar. Bundan tashqari, yagona servis butun bit tarmoq miqyosida faoliyat ko’rsatadigan kompaniyalar tomonidan ma’lumotlarni samarador ishlatishni ta’minlab bera oladi, shu jumladan, yer maydonlarini masofaviy zondlashtirish, giperspektral aerofotos’emka, ob-havo bashorati, suv resurslari xolati bo’yicha ma’lumotlar va boshqalar. Bulutli servisning qo’shimcha afzalliklariga agrar sector xizmatchilarini logistika va marketing bo’yicha qo’llab-quvvatlash ham kiradi. Aniq va o’z vaqtida olinadigan ma’lumot turli xildagi qishloq xo’jalik ekinlaridan kamroq yoki keragidan ko’proq miqdorda hosil olish tavakkalchiligini ancha kamaytiradi, agromahsulotlarga real narx belgilash imkoniyatini yaratadi, vositachilarga bo’ladigan qo’shimcha harajatlarni kamaytiradi, qishloq xo’jalik mahsulotlari yetkazib berish bo’yicha transport zanjirlarini tashkil qilishni osonlashtiradi va tayyor qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlashni ancha yahshilaydi. Accenture kompaniyasining hisob-kitoblariga ko’ra, yagona bulutli servislarning tadbiq qilinishi bir gektardan olinadigan hosil miqdorini ikki barobar oshirishga olib kelar ekan. Demak, bunday servislarning tashkil qilinishi qishloq xo’jaligini raqamlashtirish jarayonini anchagina tezlashtirishga olib keladi. Endi yuqoridagi aniqlanuvlardan so’ng, zamonaviy qishloq ho’jalik texnologiyasi AgTech (Agronomic Technology) nima ekanligini quyidagi tarzda aniqroq qilib tushuntira olamiz: Qishloq xo’jalik texnologiyasi yoki agrotexnologiya (AgTech) agrobiznes sohasi mahsulotlari qiymatini yaratish zanjiridagi qandaydir aniq bir ekotizim bo’lib, u kimyo, biologiya, biokimyo, agronomiya, o’simlikshunoslik va shunga o’xshash fanlar kesimida paydo bo’lgan. PwC kompaniyasining ta’kidlashicha, ushbu holatda raqamlashtirish jarayoni burilish nuqtasi sifatida namoyon bo’lib, u qishloq xo’jaligining kelajakdagi rivojlanishiga poydevor sifatida xizmat qiladi. AgTech-loyihalarda ROI (Return of Investment) ko’rsatgichi qishloq xo’jaligiga bo’lgan boshqa an’anaviy investitsiyalarga nisbatan ancha katta miqdorda bo’ladi. Shuning uchun 500 bo’lsa kerak, faqat 2017 yilning o’zidayoq agrotexnologiyalarga bo’lgan investitsiyalar shunday kompaniyalarni sotib olish yoki ularga investitsiyalar kiritish natijasida salkam 32% ga ortdi yoki pulda ifodalaganda, $2,6 milliard dollarga o’sdi (Forbes ning ma’lumotlari). Bu xolatning sababini usoqlardan qidirib yurishning keragi yo’q, sabab juda oddiy – yer kurrasidagi insonlar soni borgan sari ortib bormoqda va ularning barchasini oziq-ovqat bilan ta’minlab turish kerak. BMT ning bashoratlariga ko’ra, 2025 yilga kelib, yer sharidagi aholi soni 8,1 milliarddan oshib ketadi, 21 asr o’rtasiga kelib esa 9,6 milliardga yetadi. Mutaxassislarning fikrlariga ko’ra, raqamli transformatsiya tufayli, qishloq xo’jaligi tarmoqlarining yalpi mahsuloti 60% dan ortiqqa ko’payadi va shu tufayli oziq-ovqat yetishmovchiligi kutilmaydi. Raqamli agrotexnologiyalar sohasidagi bunday yangiliklar bilan bog’liq ravishda O’zbekiston Respublikasi normativ- xuquqiy hujjatlar portalida bacha tanishishi va muhokama qilinishi uchun “Aqlli Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling