Vertikal savdo maydoni – korxonalarni bir tarmoq (iste’molchilar, dilerlar yoki
yetkazib beruvchilar) chegarasida birlashtirib turuvchi tizim.
Virusli marketing (WOM – Word of mouth) –mahsulot yoki hizmat haqidagi
ma’lumotlarning og’zaki tarqatlishi.
Vitualizatsiya–Masofadan turib qandaydir konfiguratsiyani zakaz qilish mumkin
bo’lgan ko’pchilik foydalanuvchi servis.
Virtual jamoa – bu axborotlashgan iqtisodiyotning imkoniyatlaridan foydalanish
uchun global darajada ishchi kuchini tashkil qilishning Yangi usuli bo‘lib, u
yashirin insoniy resurslarni kommunikatsiya texnologiyalari yordamida safarbar
qiladi hamda vaqt va masofa yaratgan to‘siqlarni yengadi. Qisqacha - Virtual
jamoa – an’anaviy jamoalar cheklovlarini yengishning yangi imkoniyatidir.
Virtual valyuta – narxni belgilash vositasi bo’lib, u bilan raqamli ko’rinishda savdo
qilish mumkin. Virtual valyuta almashinuv vositasi, hisob pul birligi va/yoki
qiymatni saqlash vositasi sifatida amal qilishi mumkin. Ammo u hozircha qonuniy
to’lov vositasi statusiga ega emas.
Virtual korporatsiya — bu virtual mahsulot, ya’ni ishlab chiqaruvchilar ongida,
ishlab chiqarish tizimlarining imkoniyatlarida mavjud bo‘lgan va yaqin kelajakda
iste’molchilar muhtoj bo‘ladigan mahsulotni yoki hizmatni ishlab chiqarishga
qodir bo’lgan firma yoki kompaniya.
Xeyter (hater) – ingliz tilidagi «hate» – nafratlanmoq fe’lidan olingan bo‘lib,
taniqli insonlar yoki o‘zi taniydigan, qaysidir jihati yoqmaydigan insonlarni
ijtimoiy tarmoqlarda asossiz tanqid qiladiganlar.
Xab (hub) – ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, «markaz» ma’nosini anglatadi. 1.
Kompyuterlarni Ethernet tarmog‘iga ulovchi konsentrator vositasi. 2. To‘qnash
keluvchi reyslarda yo‘lovchilar almashuvchi aeropunkt.
Xesh – istalgan uzunlikdagi ma’lumotlar massividan oldindan aniqlangan
uzunlikdagi qandaydir qiymat olish uchun amalga oshiriladigan
o’zgartirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |