O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

ishlab chiqarish va boshqalar); 
 3D-printerlarning ishlab chiqarishdava uy ho’jaligida qo‘llash 
ko’lamining ortishi; 
 «aqlli» va o‘ta ekologik uy-joylar qurish g‘oyasini amalga oshirish, bu 
katta hajmdagi yangi pardozlash va qurilish materiallari talab qiladi; 
 organizmni yoshartirish va davolash bilan bog‘liq innovatsion tibbiy dori-
darmonlarga talabning o‘sishi; 
 turli xildagi muqobil va erkin bandlik shakllari, jumladan, autsorsing 
tarqalishi (buxgalteriya hizmatlari, dasturlash, tarjima, banking 
hizmatlari, erkin ijodiy faoliyat va boshqalar); 
 potensial ish beruvchi tomonidan turli buyurtmalar joylashtiladigan ko‘p 
sonli professional tarmoqlarning yaratilishi. 
Sanab o‘tilgan omillar mahsulot va elektron hizmat yig‘indisi sifatida ko‘rib 
chiqilishi mumkin bo‘lgan raqamli iqtisodiyot platformalarini qo‘llash yo‘li bilan 
boshqaruv va ishlab chiqarishdagi harajatlarni qisqartirish bilan bog‘liqdir.Gap 
birinchi navbatda, hizmatlar buyurtmasi, resurslardan birgalikda foydalanish, 
kontragentlar tanlab olish, elektron savdo, to‘lovlar va shu kabi platformalar 
haqida boradi. Texnologik jihatdan raqamli iqtisodiyot yuridik va jismoniy 
shaxslarning birgalikdagi faoliyati bo‘yicha o‘zaro aloqa qilishi mumkin bo‘lgan 
muhitni ifodalaydi. Hizmatlar sohasida raqamli texnologiyalarkatta hajmdagi 
operatsiyalar bilan namunaviy vazifalarni arzon, qulay va vositachilarsiz bajarishga 


69 
qodir bo‘lib, bunga Uber taksi buyurtmasi (biznesni «uberizatsiya» qilish), 
elektron savdo, internet-banking va boshqalar misol bo‘lishi mumkin. 
Iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida daromadlilik darajasini oshirish uchun 
vositachilarni avtomatik tarmoq servislari (yetarli darajada yaxshi ishlayotgan sayt 
yoki mobil ilova) bilan almashtirish mumkin. Biznesni bunday tashkil qilish hizmat 
qiymatini sezilarli ravishda pasaytirishga imkon berishdan tashqari, to‘liqsiz 
bandlik va yakka tartibda ishlab chiqarishning turli shakllari roli ustunlik qiladigan 
yangi iqtisodiyot tuzilmasiga olib kelishi mumkin. Kraudfanding va kraudsorsing 
texnologiyalari ham raqamli iqtisodiyot texnologiyalari sifatida ko‘rib chiqilishi 
mumkin. Vositachilarni bartaraf qilish, internetni rivojlantirish va «aqlli» 
avtomatlashtirilan servislar yaratish – bular ham qo‘shilgan qiymat olishga 
asoslanadigan iqtisodiyotdan hamkorlik va ne’matlar ayirboshlashga asoslangan 
iqtisodiyotga o’tishdir (shu jumladan, «shering-economy» ham). Shu sababli, 
raqobat - o‘zaro manfa’atli kooperatsiya va o‘zaro aloqalarga o‘rin bo‘shatib 
beradi vako‘proq vertikal aloqalarga emas, balki o‘zaro teng munosabatlarga, bir-
birini to‘ldirib turadigan hizmatlar taqdim etishga asoslanadi. Bu yerdan hizmatlar 
elektron savdosi va hajmining ortishi hamda servislar sonining o‘sishi kelib 
chiqadi.Jahon banki mutaxassislarining aniqlashicha, yuqori tezlikdagi internetda 
foydalanuvchilar sonining 10% o‘sishi YIM yillik o‘sishini 0,4% dan 1,4%gacha 
oshirishi mumkin. Davlatlarning YIM dagi ulushi elektron iqtisodiyot vositasida 
yiliga qariyib 20% o‘sishi bunday iqtisodiyotning ahamiyatining tan olinishi 
hisoblanadi, rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha yetti foizni tashkil 
qiladi. Bashoratlarga ko‘ra,o‘sish sur’ati saqlanib qolgan holda 10-15 yildan keyin 
bunday iqtisodiyotning jahon YIMdagi ulushi 30-40%ga yetishi mumkin ekan. 
Zamonaviy axborot platformalarini birlashtirish asosida o‘zaro aloqalarni tashkil 
qilishning yangi ijtimoiy modellari iqtisodiy texnologiyalarning NET misolida 
mujassam etilishiga olib keladi. NET ning asosiy tamoyillari esa quyidagilardan 
iborat deb ta’kidlay olamiz: 
tamomila yangi biznes-modellarning paydo bo’lishi; 


70 
turli axborot texnologiyalarini va ulardan iqtisodiyotning real sektorida 
tashkiliy-texnologik 
jaryonlarda 
foydalanishni 
optimal 
ravishda 
birlashtirish; 
transaksiya harajatlari va ishlab chiqishda qo‘llanadigan asosiy moddiy 
resurslarning hajmini minimallashtirish. 
Raqamli iqtisodiyot zamonaviy axborot texnologiyalari asosida va real iqtisodiy 
sharoitlarga muvofiq ravishada rivojlanadi. Agar ilgari ishlab chiqarish, savdo va 
moliya texnologiyalari izchillik bilan rivojlangan bo‘lsa, hozirgi paytga 
kelib,asosan gorizontal o‘zaro aloqalarga (o‘zini-o‘zi tashkil qilish va singulyarlik), 
innovatsion tadbirkorlikka (o‘zini-o‘zi rivojlantirish), axborot injiniringiga (o‘zini-
o‘zi 
takomillashtirish
vaiqtisodiy 
jarayonlarni 
avtoformalizatsiyalashga 
(avtostrukturalash) asoslanadigan zamonaviy axborotlashgan iqtisodiyotning asosi 
bo‘lgan NET paydo bo‘lgan.NETning moddiy asosini data-markazlar hamda 
axborotni tizimlashtirish vatahliliy qayta ishlash uchun mo’ljallangan zamonaviy 
IT-platformalari tashkil qiladi. Biznes-tahlil va boshqaruv konsaltingi bo‘yicha 
hizmatlar «provaydingi» rivojlanishi ham raqamli iqtisodiyotda dolzarb 
ahamiyatga ega. Bunda yangi tashkilotlar – axborot-konsalting hizmatlari va davlat 
rivojlanish agentliklari ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning tashkiliy 
asosi hisoblanadi. IHTT tomonidan 2016 yil bu tashkilotga a’zo bo‘lgan 32 
mamlakat va yana 6 ta hamkor mamlakatda o‘tkazilgan so‘rov ma’lumotlariga 
ko‘ra, ularning ba’zilaridagina raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi, 
rejasi yoki dasturi mavjud. 2017 yilning sentyabridan boshlab, Avstraliya 
hukumati raqamli iqtisodiyot Strategiyasini ishlab chiqishni boshlangani haqida 
e’lon qildi. AQSHda 2015 yil raqamli iqtisodiyot rejasini shakllantirish haqida 
ma’lum qilindi (digital economy agenda), 2016 yil esa xususiy biznes tomonidan 
amalga oshiriladigan internetni rivojlantirish, axborot havfsizligi, innovatsiyalarni 
ilgari surish va boshqa funksiyalarni bajaradigan Savdo vazirligi qoshida raqamli 
iqtisodiyot bo‘yicha maslaxatchilar Kengashi tashkil qilindi. IHTT mamlakatlari 
tomonidan raqamli iqtisodiyot rivojlanishi darajasini chamalash uchun quyidagi 
yo‘nalishlarni tavsiflaydigan indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan:


71 
 iqtisodiyotning yuqori texnologiyali sektorini rivojlantirish, uning qayta ishlash 
sanoati mahsuloti va hizmatlardagi salmog‘i;
 ilmiy ishlanmalarga, dasturiy ta’minot ishlab chiqishga investitsiyalar, ta’lim 
va qo‘shimcha qayta tayyorlash harajatlari; 
 axborot-kommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarish, fan va yuqori 
texnologiyalar sohasida ish o‘rinlari yaratish, korporatsiyalar, venchurli 
firmalar, universitetlar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasida kooperatsiya 
ko‘rsatkichlari; 
 xalqaro bilimlar oqimlari, fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlik; 
olimlar, muhandislar, talabalar harakatchanligi; 
 internetning tarqalish dinamikasi;
 xalqaro savdoda yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi. 
Iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga o‘sib borayotgan ma’lumotlar oqimlari 
ta’sirining universalligiular haqida zamonaviy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi 
yetakchi resursi sifatida gapirishga imkon beradi.Raqamli iqtisodiyotni tahlil 
qilishning turli tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada ko‘rib chiqiladigan 
to‘rtta mezonini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:

bandlik sohasi bilan bog‘liq mezon;
o makonga oid mezon;
o texnologik mezon; 
o iqtisodiy mezon.
Bunda, garchi tadqiqotchilar ko‘pincha birinchi o‘ringa ularning 
tasavvurlariga mos keladigan u yoki bu ta’rifni olib chiqishsada, ular orasida bir-
birini to‘ldirib turabigan mezonlar ham bo‘lishi mumkin. Biroq, aksariyat 
ta’riflarning asosida ma’lumotlarni qayta ishlash sohasidagi miqdoriy o‘zgarishlar 
sifat jihatidan yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishiga bo’lgan 
ishonch yotadi. 


72 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling