O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Tarmoqqa kirishning amalga oshirilishi


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Tarmoqqa kirishning amalga oshirilishi 
Bitkoin tarmog’i bir rangli tarmoq - P2P bo’lib, uning istirokchilari internet 
orqali muloqot qilgan holda bir rangli tarmoq hosil qiladilar. Yangi komp’yuter 
tarmoqqa ulanishi uchun uning birinchi vazifasi tarmoqqa ulangan boshqa 
komp’yuterlarni topishdan iborat bo’ladi. Komp’yuter tarmoqqa ulanganidan 
so’ng, ikkinchi qadam – loyiha ishga tushirilganidan so’ng amalga oshirilgan 
barcha operatsiyalar bazasini yuklab olishdan iborat bo’ladi. Bu operatsiyalar bir 
hisob raqamidan boshqa hisob raqamiga bitkoinlarning qandaydir qismi 
uzatilganligi haqidagi tranzaktsiyalardan iboratdir. Bitkoin adresi sifatida 
aniqlaniladigan hisob-kitob raqami esa bankdagi hisob raqamiga o’xshash bo’ladi.
Bu jarayonlarni Rauggnit kompaniyasi bosh direktori P’eyr Nuaza quyidagicha 
tavsiflaydi: “Ishni boshlash uchun eng oddiy usul – qandaydir ob’ektni (masalan 
dollar yoki yevroni) yoki hizmatni bitkoinga sotishdir. Agarda siz bitkoin sotib 
olmoqchi bo’lsangiz, uch qadamdan iborat ishni bajarishingiz kerak bo’ladi: 
 Birinchi qadam: hisob raqami ochish va ushbu hisob raqamiga biror bir 
valyutani bitkoinga almashtirish uchun bank o’tkazmasi qilish. Bank 
o’tkazmasi uchun kerakli vaqt o’tganidan so’ng, hisob raqamida sizga kerakli 
bo’lgan pul paydo bo’ladi; 
 Ikkinchi qadam: Bozorda bitkoin sotuvchilari tomonidan taklif qilinayotgan 
bitkoinlarning narxlari bo’lgan talablar kitobi (“kotirovka”) ni ko’rib chiqish; 
 Uchinchi qadam: Endi bitkoinlar sotib olish uchun talabingizni chegaraviy 


92 
narxini ko’rsatgan holda kerakli joyga joylashtiring. Agarda sizning 
chegaraviy narxingiz bozor narxidan past bo’lsa, sizga ushbu narxda bitkoin 
sotadigan sotuvchi topilmaguncha talabingiz bajarilmaydi. Qachonki sizning 
ko’rsatgan narxingizga bitkoin sotishga kimdir rozi bo’lsagina, siz bitkoin 
egasi bo’lasiz”. 
Bitkoin sotib olish uchun valyuta almashinuv punktlaridan tashqari, yana bir 
qancha imkoniyatlar ham mavjud, shu jumladan, deponirlaydigan platformalar, bir 
tomonlama savdo shahobchalari va avtomatlardagi almashinuv punktlri.Nazariy 
jihatdan bitkoinlarni mayning yordamida ham olish mumkin. Ammo bu usul uchun 
komp’yuterga kerakli bo’lgan dasturiy ta’minotni o’rnatish kerak bo’ladi. Bunday 
dasturiy ta’minot tekin bo’ladi, lekin oddiy inson uchun bir qancha qiyinchiliklar 
mavjud, chunki bu dasturiy ta’minotni o’rganish, o’zlashtirish hamda quvvatli 
komp’yuter sotib olish kerak bo’ladi. Shuning uchun bitkoinga ega bo’lishning eng 
oddiy usuli yuqorida tavsif etilganidir, desak ham bo’laveradi. Har bir tranzaktsiya 
qonuniy bo’lishi uchun unga kriptografik usulda imzo qo’yilgan bo’lishi kerak. 
Bunday imzo asimmetrik shifrlash usuli yordamida yoki ikkita (ochiq va yopiq
kalitli shifrlash usulida qo’yilishi mumkin. Har bir tranzaktsiya kirishda oldingi 
tranzaktsiyaga ilova oladi va bu ilova ushbu amaldagi vositalar real mavjud 
ekanligini tasdiqlaydi. Chiqishda esa tranzaktsiya ularga mos bo’lgan summalar 
ko’rsatilgan bir yoki bir nechta bitkoin adreslarni chiqaradi. Istalgan 
tranzaktsiyaning kirish va chiqishlari doimo balanslangan bo’ladi. Shunga ham 
qaramay, bu yangi tranzaktsiyaning ko’rsatgichlari darhol yetarli deb 
hisoblanmaydi, chunki u avval tranzaktsiyalar bloklaridan iborat bo’lgan amallar 
(bloklar) reestriga kiritilishi kerak bo’ladi. Kodlashtirilmagan holda uzatilgan 
tranzaktsiyalar ham amalni aniqlashtiradigan imzolar (vizalar) yordamida haqiqiy 
deb topilishlari mumkin bo’ladi. Xozirgi davrda bunday amallarning soni borgan 
sari ortib borayapti. Shuni ham aytish kerakki, bir soniyada amalga oshiriladigan 
tranzaktsiyalar soni bo’yicha bitkoin blokcheynining samaradorligi boshqa to’lov 
tizimlariga qaraganda juda ham past. Chunki u bir sekundda eng ko’pi bilan 
yettitagina tranzaktsiyani qayta ishlay oladi. Visa to’lov tizimining maksimal 


93 
quvvati esa bir sekundda 56 ming tranzaktsiyadir. Bitkoinning blokcheyni bank 
muassasalaridan printsipial jihatdan farq qiladi. Blokcheyn har bir amalning izini 
saqlab turadi, ammo unda foydalanuvchilarning hisob raqamlari balansi bo’lmaydi. 
Demak, agarda hamyon adresi raqamini yo’qotib qo’ysangiz, hisob raqamingizni 
tiklashning imkoni bo’lmaydi. Foydalanuvchilar ikkita kalit bilan bog’liq bo’lgan 
adresli hamyonga ega bo’ladilar. Kalitlar esa asimmetrik shifrlash tizimi 
yordamida ochiq va yopiq kalitlar vositasida ishlaydilar. Yopiq kalit hamyonda 
saqlanadi, ochiq kalit esa blokcheynga yozib qo’yiladi va demak uni hech qachon 
bilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham huddi real hayotdagi kabi, hamyoningizni 
zinhor yo’qotib qo’ymang. Agarda yopiq kalitingizni yo’qotib qo’ysangiz, u bilan 
bog’liq bo’lgan bitkoinlarni ham yo’qotasiz. Bunday hodisa angliyalik Djeyms 
Hovell bilan 2009 yilda ro’y bergan. U shu yili 7500 ta bitkoin sotib olgan, ammo 
adres saqlangan diskni ishga yaroqsiz qilib qo’ygan va bu uning hozirgi payt 
hisobidan katta pullarni yo’qotishiga olib kelgan. Bitkoinning joriy narxi iqtisodiy 
jarayonlarga va valyuta bozori xolatiga bog’liq. Bu masalada ham Rauggnit 
kompaniyasi bosh direktori P’yer Nuaza o’z fikrini aytib o’tgan: “Bitkoinning 
narxi biror bir davrdagi hamjamiyatning uni qanday qabul qilishi bilan aniqlanadi. 
Bu jihatdan u dollarga ham o’xshab ketadi – 1973 yilgacha dollar oltin bilan 
ta’minlangan edi, bu esa kursning balandligini ta’minlar berar edi, keyin esa dunyo 
hamjamiyati uni (ya’ni, endi oddiy qog’ozni) oltin ekvivalenti deb qabul qildi va bu 
dollarning real kursi va to’lov vositasi sifatidagi ahamiyati keskin tushib ketishiga 
olib keldi”. Xuddi shularni nazarda tutgan holda blokcheyn ixtirochisi Satoshi 
Nakomoto bitkoin protokoliga 21 million dona bitkoin chiqarilishi mumkinligini 
qoida sifatida kiritib qo’ydi. Bu ish bitkoinni inflayatsiyadan himoya qilish 
maqsadida qilingan edi. Quyida bitkoin birliklarini keltirib o’tamiz: 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling