98
chala ishlayotgan xolatlarda ham tizim o’z faoliyatini davom ettira olishi
tushuniladi. Bunday rad qilishga bardoshli tizimni sovuq
urush davrida harbiylar
murakkab tizimlarning (
masalan DARPA - Defense Advanced Research Projects
Agency tarmog’i) to’xtovsiz ishlashini ta’minlab berish uchun ishlab chiqqanlar.
Shunday qilib, taqsimlangan hisob-kitoblar va blokcheynlar
sohalarida tizimning
ishdan chiqmasligini
Paxos (
ma'lumotlarni ikki bosqichli kommunikatsiya orqali
uzatib, taqsimlangan tizimlarda konsensusga erishishga imkon beradigan
algoritm) va
Tandermint (
vizantiya generallari muammosini yengishga yordam
beradigan yana bir consensus algoritmi)lari ta’minlab bera oladilar. Bu
algoritmlarni yoki protokollarni ishonchli bo’lmagan tugunlarga ega bo’lgan
tarmoqlarda konsensusga erishishga yordam beradigan algoritmlar deyish mumkin.
Shunday qilib, blokcheyn texnologiyasida asosiy urg’u
bir rangli tarmoqlar va
haqiqiylikning kriptografik aniqlanuviga qaratiladi. Texnologiyaning nomi esa
informatsiyani bloklarga guruhlashdan kelib chiqqan desak to’g’ri bo’ladi. Bloklar
zanjirining har bir bloki esa oldingi blokning kriptografik xeshini (
xesh algoritm
yordamida hosil qilingan) o’z tarkibiga oladi.
Istalgan inson mayner bo’lishi mumkin, ammo tranzaktsiyalar juda ham
ko’payib ketganda elektr energiya narxi past bo’lgan
xududlardagina mayning
qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bitkoin blokcheynida har bir blok bir
megabaytdan kam bo’lgan o’lchamli mingta tranzaktsiyadan iborat. 2009 yil
yanvaridan ishga tushirigan bitkoin blokcheynida blok yechimini topganlik uchun
mukofot ellik bitkoin bo’lgan va bu qiymat har 210
ming blokda ikki marta
kamaytirilgan. Hozirgi paytda maynerlar bitta blok uchun 12,5 bitkoin oladilar,
2021 yildan boshlab esa bu kattalik 6,75 BTC ga tushadi. Hozirgi davrda
GHASH,
Do'stlaringiz bilan baham: