O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Zero Cash Project larni ham kiritish mumkin. To’liq anonimlikni ta’minlashni
amalga oshirgan loyihalardan biriga misol sifatida Monero (https://getmonero.org) loyihasini keltirish mumkin.Monero (esperantoda valyuta ma’nosini anglatadi) da ikki asosiy hususiyat mavjud: U pul mablag’larini jo’natish va qabul qilib olishni tranzaktsiyalar barchaga ko’ringan holda amalga oshirish imkonini beradi; U noaniqlik yaratib, sarf qilingan mablag’larni kuzatish imkonini yo’qqa chiqaradi. Monero protokoli bir martalik aylanma imzo usuli (one-time ring signatures) dan foydalanadi. Ushbu texnologiya tranzaktsiyalarni to’liq yashirishga imkon beradigan juda kuchli anonimlilik texnologiyasidir. Tranzaktsiyani tasodifiy ravishda amalga oshirish uchun aylanma usulda imzo qo’yiladigan boshqa bloklar zanjiri tanlanadi. Bu esa nashr qilish uchun barmoqlarning raqamli tasvirini hosil qiladi. Tranzaktsiyani aniqlaydigan bunday raqamli tasvirni key-image (kalit tasvir) deb ataladi. Bunday mug’ombirlik kuzatuvchilardan haqiqiy imzoni yashirish uchun hizmat qiladi hamda amalning qonuniyligini va firibgarlik emasligini kafolatlaydi. View-keys kalitlaridan foydalanish ham to’lov oluvchini aniqlashga imkon qoldirmaydi. Bunda tranzaktsiya ochiq kalitdan foydalanmagan holda bir martagina ishlatiladigan adresga jo’natiladi. Tranzaktsiyani o’qish huquqi esa to’g’ri view-key (ko’rish uchun kalit) ga ega bo’lgan oluvchigagina tegishli bo’ladi. Monero da shifrlanmagan operatsiyalar ma’n etiladi, shaffof emaslik to’liq ta’minlanadi va amallarni kuzatuv imkoniyati yo’q. Loyihaning eng oxirgi yangilanishiga esa trazaktsiyaning summasini ham yashirishga chora topishdi. Monero ga o’xshash valyuta tizimlari dunyo bo’ylab tarqalib ketsa nima bo’ladi? Hozirda uning kapitalizatsiyasi 150 million dollardan oshib ketdi, Microsoft kompaniyasi esa uni Baas (Blokcheyn-as-a-service) tizimiga qo’shib qo’ydi. Lekin bitkoinga o’xshab, Monero foydalanuvchiga to’liq anonimlilikni u tizim ichida qolgandagina ta’minlaydi. Moneroni boshqa shaffof to’lov tizimlari bilan 102 ma’lumotlar almashinish uchun ishlatilganida uning konfidentsialligi ushbu to’lov tizimi konfidentsialligi darajasiga qaytadi. Demak, agarda siz to’liq anonimlilikni ta’minlamoqchi bo’lsangiz, Monero dan chiqmaganingiz ma’qul. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan tushunish mumkinki, qandaydir diler noqonuniy topilgan pullarni biror bir kriptovalyuta tizimiga joylashtirishdan avval yaxshilab o’ylab olishi lozim. Pullarni kriptovalyuta tizimiga joylashtirgandan so’ng, u bemalol uhlay olmaydi, chunki agar u tizimdan ozgina mablag’ni ham bankka chiqarsa, o’sha zahoti yer sharining qandaydir qismida joylashgan serverda buning izi qoladi uning siri oshkor bo’lib qolish ehtimoli ancha ortadi. Mashstablashuvchanlik tizimning o’lchamlar o’zgarishiga moslashuvchanlik qobiliyatidir. Masalan, tizim katta talab bo’lgan hollarda o’z funktsiyalarini va ish qobiliyatini ushbu sharoitlarga moslashtira olishi kerak. Ba’zi bir blokcheynlar uchun konkret masalalarni hal qilish uchun kerakli bo’lgan texnik, iqtisodiy va energetik resurslarning eksponentsiyal ko’payishi muammo bo’lib qoladi. Masalan, Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling