O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

beAchain blokcheyni uning consensus/tekshiruv ga asoslangan spetsifik protokoli 
tufayli 100% masshtablashtiriladigan hisoblanadi. Bitkoin blokcheyni haqida 
gapirganda esa uning rad etishlarga juda ham chidamliligini, ishonchliligini hamda 
jahonda keng miqyosda tarqalganini hisobga olishimiz kerak. Agarda bitkoin 
blokcheyning imkoniyatlarini oshirmoqchi bo’lsak, u xolda buning uchun quyidagi 
yechimlarni taklif qilish mumkin: 
 Al’tkoinlar (al’ternativ kriptovalyutalar - http://altcoins.com)ga o’tish 
 Tranzaktsiyalarning bloklari o’lchamini kattalashtirish 
 Kollateral yoki “yonlama zanjirlar”ni ishlatish 
 Lightning Network tizimidan foydalanish 
 Blokcheyn ma’lumotlar bazasi yoki “mijozlar ma’lumot bazalari” ni 
tashkil qilish. 
Hozirgi davrda jahonda mingdan ortiq turli xil kriptovalyutalar (yoki virtual 
valyutalar) mavjud bo’lib, ularning har biri o’z blokcheyniga tayanadi va 
qandaydir funktsiyani bajaradi yoki xizmatlar ko’rsatadi. Quyida bir necha 
kriptovalyutalarning holati tavsif etilgan (CoinMarketCap): 


103 
CoinMarketCap.com sayti kriptovalyutalar bozorini kuzatib turishga va 
ulardagi kapitalizatsiya miqdorini bilishga imkon beradi. 
Shvetsiyada ham dunyodagi eng qadimiy Markaziy bank (Riksbank) 
raqamli valyutalarning imkoniyatlarini chamalash va ular hosil qilishi mumkin 
bo’lgan muammolarni aniqlash uchun e-krona deb nomlangan raqamli pullarni 
chiqarishga yo’naltirilgan loyihani amalga oshirmoqda. Bankning rahbarlaridan 
biri S.Skinsli Financial Timesga bergan interv’yusida quyidagilarni aytib o’tdi: 
Buni men 300 yildan avvalroq vujudga kelgan qog’oz pullar singari inqilobiy 
o’zgarishlardan biri deb bilaman. Biz ushbu loyiha yordamida raqamli valyutalar 
mexanizmining pul-kredit siyosatiga va moliyaviy barqarorlikka ta’siri qanday 
bo’lishini va bu ish amaliyotda qanday amalga oshirilishini o’rganib 
chiqmoqchimiz”. Dunyodagi ko’pchilik Markaziy banklar raqamli valyutalar, shu 
jumladan, bitkoinning ham hayotga tadbiq qilinishi qanday potentsial imkoniyatlar 


104 
yaratishi va qanday muammolar paydo qilishi mumkinligini sinchiklab 
o’rganmoqdalar. Shvetsiyadagi mutaxassislar e-krona deb atalgan raqamli 
valyutaning ishga tushirilishi “naqd pullarsiz jamiyat” ning paydo bo’lishiga olib 
keladi deb hisoblashmoqda. Shuning uchun ham Shvetsiya Markaziy banki 
mutaxassislari raqamli valyutalarning jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, texnologik, 
ekologik, huquqiy, makroekonomikta’sirinihartomonlamao’rganishgakirishishgan. 
Markaziy bankning izlanishlaridan shu ma’lum bo’ldiki, shvedlarning faqatgina 
15% qismi naqd pullardan foydalanishadi. Naqd pullar bo’yicha to’lovlar 
Shvetsiya YaMD sining 2% foizinigina tashkil qiladi. Shvetsiyadagi bir qancha 
firma va tashkilotlar esa naqd pullarni qabul ham qilmaydilar. Mutaxassislarning 
bashoratlariga ko’ra, 2030 yilga kelib, Shvetsiya naqd pulsiz jamiyatiga aylanishi, 
Riksbank esa o’z virtual valyutasini chiqargan dunyodagi birinchi Markaziy bank 
bo’lib qolishi mumkin. Ma’lumot sifatida hozirgi davrdagi turli xil kriptovalyuta 
tizimlari orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatishimiz mumkin: 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling