Internetdagi gadoychilik
Internetda qandaydir gumanitar jamoat tashkiloti, bolalar uyi yoki yetimxona
nomidan muxtoj yoxud kasal bolalarga moddiy yordam ko’rsatishni so’rash
bo’yicha iltimoslar paydo bo’lishi ham mumkin. Firibgarlar darhol bunday
saytlarga aynan o’xshash saytlar yaratib, ularning pul o’tkazish uchun zarur
bo’lgan rekvizitlarini boshqacharoq qilib qo’yadilar. Shuning uchun, agar Internet
orqali yordam puli o’tkazmoqchi bo’lsangiz, eng avvalo erinmay ko’rsatilgan
tashkilotlarga boring yoki ularga telefon orqali qo’ng’iroq qilib, ularning aniq
revizitlari qandayligini biling. Muammoning asl mohiyatini bilgandan so’nggina
pul o’tkazish xaqidagi qaroringizni qabul qiling. Aks xolda sizning ajratgan
moliyaviy mablag’laringiz firibgarlarning qo’liga tushib qolishi mumkin.
Xorijiy fuqarolarga nisbatan firibgarliklar
Real xayotda o’z turmush o’rtog’ini topa olmaganlar bu ishni virtual
dunyoda, ya’ni internetda ham davom ettiradilar. Qidiruv bo’lg’usi qalliqlarning
rasmlari joylashtirilgan tanishish saytlarida va kundaliklarda boshlanadi.
Firibgarlar pul topish maqsadida chiroyli qizlarning rasmlarini saytlarga
joylashtiradilar va ularni yoqtirib qolgan chet ellik fuqarolar bilan bu «qizlar»
nomidan yozishma uyushtiradilar. Chet ellik kuyovlar bunday e’lonlarga laqqa
tushib, go’zallar bilan ishonch ila xatlar almashinadilar. Biroz ishonchga kirgandan
so’ng, «qizlar» turli iltimoslarini boshlaydilar: kasal ota-onamga yordam bering,
kredit to’lashim uchun biroz pul ajrating, sizning oldingizga uchib borish uchun
biletga xamda sarf-xarajatlarga pul ajrating va boshqalar singari. So’ralgan pul
olinganidan so’ng, «qalliqlar» aloqaga chiqmay qo’yadilar. Aldanganliklarini bilib
qolgan xorijiy fuqarolar esa yordam so’rab, politsiyaga murojaat qiladilar. Shuni
ham aytish kerakki, bunday firibgarlar uzoq mamlakatlardagi «qalliqlar» bilan
ishlaydilar, aks xolda yaqin mamlakatdagilar o’zlari kelishlarini so’rashlari
mumkin bo’ladi. Bu esa firibgarlar uchun unchalik yoqimli emas, albatta.
242
Do'stlaringiz bilan baham: |