O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Ijtimoiy saytlarning nolegal pornografiyadan pul ishlash bo’yicha manba’


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Ijtimoiy saytlarning nolegal pornografiyadan pul ishlash bo’yicha manba’ 
sifatida ishlatilishi 


244 
Ijtimoiy saytlar ham firibgarlar tomonidan Internet tarmog’ida 
pornomateriallarni tarqatish vositasida pul ishlash uchun ishlatiladilar. Buning 
uchun ataylab o’ylab tuzilgan anketa (elektron sahifa) yaratiladi va u orqali voyaga 
yetmaganlar xaqidagi turli xil ochiq manba’lardan olingan fotosessiyalar va 
yolg’on ma’lumotlar tarqatiladi. Shunday qilib, pornografiya bo’yicha pul 
ishlamoqchi bo’lgan firibgar internetda oddiy voyaga yetmagan inson shaklida 
namoyon bo’ladi va boshqa yoshlarni o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun 
laqillata boshlaydi. Elektron muloqot amalga oshirilayotib, yoshlarni o’zlari yoki 
tanishlari haqidagi pornorasmlarni jo’natish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. 
Keyinchalik ushbu video yoki fotomateriallar pul ishlash maqsadida turli tematik 
forumlarda namoyish qilinadi, fayl almashinuv tizimlariga, foto va video 
portallarga tarqatiladi. Bir qancha xolatlarda firibgarlarga voyaga yetmagan 
yoshlarning anketaviy ma’lumotlari ma’lum bo’lib qoladi va ular bundan 
foydalanib, bolalarning ota-onalarini shantaj qilib, pul undirishga urinadilar yoki 
bu ma’lumotlarni forumlarga joylashtirib (trolling), kimlarningdir chirkin 
maqsadlarini amalga oshiradilar. Shuning uchun ham ijtimoiy saytlarda muloqot 
qilayotib, quyidagilarni unutmang: ijtimoiy tarmoqda siz bilan muloqot qilayotgan 
inson kimlardir tomonidan o’ylab chiqilgan elektron personaj bo’lishi mumkin. 
Uni aniq ko’rmasdan va shaxsini bilmasdan turib, u bilan qandaydir ishlar olib 
borish, unga shaxsiy ma’lumotlarni berish, unga pul utkazish, u bilan kelishish 
yoki u tayinlagan joyga borish aslo mumkin emas. Internet tarmogi orqali siz 
tomoningizdan 
jo’natilayotgan 
barcha 
ma’lumotlarni, 
shu 
jumladan, 
rasmlarinigizmi, parol yoki loginingizmi, pasport ma’lumotlaringizmi yoki 
manzilingizmi istalgan paytda sizga qarshi ishlatilishlari mumkin. Xurmatli ota-
onalar, o’z farzandlaringizni xam internetda xavfsiz ishlash qoidalari bilan 
yaxshilab tanishtiring va ularga bu tartiblarni batafsil tushuntiring.
Internetdagi xavfli dasturlar kompyuter egasidan so’ramasdan, o’z-o’zidan 
nusxalanib 
ketuvchi 
maxsus 
xavfli 
dasturlardir. 
Bunday 
dasturlar 
kompyuteringizda turli xildagi noxush xolatlarni keltirib chiqarishlari, dasturlarni 


245 
ishdan chiqarishlari, ma’lumotlarni o’chirib tashlashi, sizning kompyuteringizdagi 
ma’lumotlarni o’girlashi, operatsion tizim ishini buzishi yoki sekinlashtirishi, 
tashqi qurilmalarning ishini to’xtatib qo’yishi mumkin. Bunday dasturlarni xalq 
tilida «viruslar» deb nomlangan va ularning quyidagi asosiy turlari mavjud: 
mahsus dasturiy viruslar, tarmoq viruslari, chuvalchang viruslar va troyan viruslari. 
Kompyuter viruslari o’z-o’zidan ko’payadigan va nusxalarini boshqa dasturlar 
ishga tushirib, noma’qul xolatlar keltirib chiqaradigan maxsus dasturlardir. Ular 
ko’pincha *.exe, *.com kengaytirgichli bajariluvchi fayllardir. Ular *.doc, *.xls 
ko’rinishidagi makroprotseduralarga ega bo’lib, zararlanish oqibatida kompyuter 
ishini izdan chiqaradigan xolatga kelib qoladilar. Tarmoq chuvalchanglari esa zarar 
keltiradigan dasturlar turiga mansub bo’lib, ular boshqa fallarning bir qismi emas, 
balki aloxida mustaqil fayllar ko’rinishida bo’ladilar. Bunday dasturlar lokal va 
global tarmoqlar yoki elektron pochta orqali tezlik bilan tarqalib, ko’payib 
ketadilar. Chuvalchang virusi sizning ruxsatingizsiz sizning pochtangizdagi 
elektron adres kitobingizdagi barcha manzillarga qandaydir ma’lumotlar jo’natishi 
yoki xavfli amallarni xosil qilishi mumkin. Troyan dasturlari ko’paymaydilar, 
o’zlari biror bir ma’lumot jo’nata olmaydilar va kompyuteringizdagi 
ma’lumotlarni o’chira olmaydilar. Ammo ular turli xil xavfli amallarni bajarib, 
sizga katta talofat yetkazishlari mumkin. Troyan dasturining asosiy maqsadi 
kimlargadir sizning kompyuteringizga kirish va uni o’z maqsadlarini amalga 
oshirish uchun boshqara olish imkoniyatini yaratishdir. Bu ish sizga 
bilintirilmasdan, asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi. Troyan dasturi faoliyati 
natijasida sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, biznes goya va ma’lumotlaringiz yoki 
qandaydir yozishmangiz internetda raqobatchilarga yoki barcha xalq ommasiga 
oshkor bo’lib qolishi mumkin. Yoki turli xil elektron to’lov tizimlaridagi 
pullaringiz qaergadir g’oyib bo’lib qolishi mumkin. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling