246
yozilgan «
dust»lardan biror bir resursga kirish va unga ovoz berish so’ralib,
natijani qisqa SMS orqali jo’natish suraladi. Shundan foydalangan xolda firibgarlar
o’z chirkin niyatlarini amalga oshiradilar. Bunday firibgarliklarning to’riga tushib
qolmang va ko’rsatilgan raqamga SMS ma’lumoti jo’natmang. Taklif qilingan
resursga o’tish kompyuterga xavfli virus
tushib qolishiga olib kelsa, ko’rsatilgan
raqamga SMS jo’natish hisob raqamida kattagina pul mablagning yo’qotilishiga
olib keladi. Ijtimoiy tarmoqdagi sizning saxifalaringizga va elektron pochtangizga
ruxsatsiz kirishlarning oldini olish uchun hamda firibgarlarning sizga zarar
yetkazishi mumkin bo’lgan xatti-xarakatlaridan himoyalanish uchun quyidagi
chora tadbirlarni ko’rishingiz tavsiya etiladi:
Elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlarda kimningdir sizga biror bir amalni
bajarish xaqidagi ko’rsatmalarni bajarishga
shoshilmang;
Sizga ma’lumot yuborgan «
do’stingiz» yoki muallifdan elektron xabarni
xaqiqatan ham u yuborganmi yoki yo’qligini aniqlashtiring;
Agarda ijtimoiy tarmoqdagi saxifangiz (
yoki do’stingizning saxifasi)
begonalar tomonidan ochilgan bo’lsa, darxol
elektron pochta va ijtimoiy
tarmoq parollarini o’zgartiring xamda kompyuteringizni viruslar bor yoki
yo’qligiga tekshirib ko’ring;
Kompyuteringizga sinovdan o’tgan va ishonchli antivirus dasturlarni
o’rnating hamda internetdan foydalanish bo’yicha
xavsizlik qoidalariga
qat’iy rioya qiling.
Mobil telefon raqamidan foydalangan xolda insonning qaerdaligini aniqlab
beradigan imkoniyatlardan foydalanishda juda extiyot bo’ling! Chunki keyingi
vaqtlarda internet tarmogida bunday takliflar ko’payib ketayapti.
Buning uchun
firibgarlar ko’rsatilgan nomerga SMS va hisob raqamiga pul o’tkazishni
so’raydilar. Shu ma’lumotlardan foydalanib, tarmoq firibgarlari hisob
raqamingizdan kattagina pul mablagini o’marib ketadilar.
Mobil telefon raqami
bo’yicha insonning qaerda ekanligini aniqlash mumkin, ammo bu ishni mobil
247
aloqa kompaniyasi
operatori ruxsati bilan, ko’rsatilgan talablarga mos ravishda
amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ham agar bunday taklif boshqa
insonlardan chiqsa, ularni firibgar deb hisoblashdan o’zga chora yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: