6.2. Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari
Bank kreditlari bilan bog’liq firibgarliklar
Keyingi uch yilda faqatgina Rossiyaning o’zidagina bu ishlarga mutaxassislashgan
firibgarlar guruxi 500tadan ko’proq insonni aldab, fuqarolarga 11 million rubldan
ko’proq zarar yetkazishga muvaffaq bo’ldilar. Buning uchun firibgarlar internet
tarmogi va ommaviy axborot vositalaridan foydalanganlar. Ular banklardan
imtiyozli shartlarda 500 000 rubldan ortiq miqdorda kredit olib berishga va’da
berib, salkam 52 ta xududning axolisini laqillatganlar. Xar bir kredit olishni istagan
fuqaroni tashkilot xodimasi bilan mobil telefon orqali aloqaga chiqishni va
Western Union tizimi orqali 500 dan 800 dollargacha pul o’tkazishni so’rashgan.
Pul o’tkazish tasdiqlangandan sung, tashkilot mutaxassisi kredit olmoqchi bo’lgan
insonning oldiga kelib, kerakli xujjatlarni birgalikda to’ldirgan va unda shu
jumladan, ushbu xodimga pullar fuqaroning o’z xoxishi bilan o’tkazilgani xaqida
imzo qo’yilgan xujjat berilgan. Shuning uchun ham internetdagi imtiyozli kreditlar
olishga yordam berish xaqidagi takliflarga ishonib yurmang. Chunki «Tekin ovqat
faqat qopqondagina bo’ladi!»
Qopqon saytlar vositasidagi firibgarliklar
Masalan, ushbu usuldagi firibgarlikda maxsus sayt tashkil qilinib, unda
«Bojxona organlari tomonidan konfiskatsiya qilingan tovarlar arzon narxlarda
sotiladi» degan ma’nodagi soxta e’lon joylashtiriladi. Bu
saytlardagi
mobil
telefonlar, fotoapparatlar, noutbuk kompyuterlar va boshqa maishiy buyumlar juda
arzon narxlarda sotilishi xaqidagi e’lonlarni misol sifatida ko’rsatish mumkin.
Ammo xaridor bu buyumlarni faqatgina 100 foiz oldindan to’lov shartlaridagina
xarid qilishi mumkin. Firibgarlar pulni olgandan sung, uni o’z maqsadlarida
bemalol ishlataveradilar. Bu usul vositasida fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdori
esa bir necha million rublni tashkil qilgan.
248
Do'stlaringiz bilan baham: |