257
Telefon egasi internetdan tekinga
biror bir dasturni yuklab olib, uni o’z mobil
telefoniga o’rnatadi va shu tufayli u xar gal SMS-xabar olganida ekranda qandaylir
reklama paydo buladi. Telefon egasi xuddi shuning uchun xar bir reklama banneri
uning telefonida ko’rsatilgani tufayli qandaydir dividend oladi. Xaqiqatan xam
bundan ma’lum
miqdorda pul ishlaganlar bor, ammo ko’pchilik xollarda bu pul
miqdori juda xam kam bo’ladi. Bunday xizmat turini taklif qilgan kompaniyalar
ushbu amal tufayli reklamaning insonlarga qanday ta’sir qilishini o’rganishlari
yoki o’z yangi maxsulotlarini ommaga reklama qilishlari mumkin.
Ammo bu
imkoniyatdan firibgarlar xam foydalanadilar. Ular telefonda kursatilgan reklama
banneri programmasi ichiga xavfli dastur kodini joylashtirib kuyishlari mumkin.
Bu xolda abonent istamasa xam uning ruxsatisiz kimmat serverlarga pul echib
oladigan (
xar bir xabarga 3-5 dollargacha) SMS-xabarlar
junatilishi yoki telefon
egasining pullari echib olinishi mumkin.
«Uzingizning ICQ nomeringizni sotib oling»
Ba’zi paytlarda sizning doimiy ishlaydigan va turli xildagi mijozlar bilan
ishlashga imkon beradigan bevosita mulokot tizimlaridagi, masalan,
ISQ dagi
unikal nomeringizni ugirlab, uning uchun pul talab qilishlari xam mumkin. Yoki
sizning nomingizdan yaqin tanishlaringizga qung’iroqqilib, ulardan yordam puli
yoki qarz so’rashlari xam mumkin. Ayniqsa, sizni ISQ orqali shantaj qilish xollari
juda xam xavfli tus olishi mumkin.
«Uyda bajariladigan ish taklif etamiz»
Ish qidirayotganlarni laqillatib, pul topish usulini
internetdagi firibgarlar
ko’p zamonlardan beri malakali ravishda aldab kelayaptilar. Masalan, ular
internetda «
Biz kitoblar nashr qiluvchi nashriyotda ishlaymiz. Ish juda ko’pligi va
ishchilar yetishmaganligi tufayli,bizga kompyuterda malakali matn teruvchilar
kerak. Xar bir bet terilgan matnga 500 sumdan to’laymiz yoki buni kelishamiz»
degan ma’noda reklama joylashtiradilar. Siz rozi bo’lganingizdan sung, siz uchun
kerakli qo’lyozma materiallarni junatishning pochta xarajatlari uchun xamda
ishlashinigiz kafolatililigini ta’minlashga ma’lum miqdorda pul jo’natishingiz
258
kerakligi aytiladi. Pulni bank orqali, pochta orqali
yoki elektron pul sifatida
yuborishingiz mumkinligi xam ta’kidlanadi. Pul jo’natganingizdan so’ng,
pullaringizni xam ularni xam batamom yo’qotasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: