O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Faol reklama tizimlari 
Bunday turdagi pul ishlash usullari internetda juda keng tarqalgan, ammo 
bunda oldingi usullarga qaraganda ancha kamroqammo doimiypul topiladi. 
Firibgarlar sizga veb-ilovalarni xar bir turtganingiz uchun ma’lum miqdorda pul 
to’lashni va’da qiladilar. Masalan, agar sizga xar bir turtki uchun 50-60 tsentdan 
to’lashni va’da qilsalar, demak bu firibgarlarning ishi. Ammo agarda xar bir 
turtkiga 0,1-0,5 tsentdan to’lashni va’da qilsalar, buni normal taklif sifatida qabul 
qilish mumkin. Bunday faol reklama tizimlarida ishlash taklifi orqalifiribgarlar 
ko’pchilikning elektron ma’lumotlarini qandaydir g’araz maqsadlarda yigadilar. 
Skandinaviya kim-oshdi savdosi 
Bunday turdagi auktsionda biror bir tovar juda past narxda sotuvga qo’yiladi 
va xaridorlar uni sotib olish uchun narx qo’yishda musobaqalashadilar. Kim eng 


261 
ko’p narx qo’ysa, o’sha inson tovarni yutib oladi. Bunda xar bir stavka qo’yish 
uchun ma’lum miqdorda xak to’anadi. Bunday kim-oshdi savdosida yaxshigina 
tovarlarni ancha arzon narxlarda sotib olish mumkin. Ammo firibgarlar bunday 
auktsionlarning klonini yaratgan xolda sizning xar bir stavka qo’yish uchun 
to’laydigan stavka pulingizni o’zlashtirib olishlari xam mumkin.
Sport o’yinlari uchun pul tikish 
Turli xil sport musobaqalari uchun stavka qo’yadigan yoki pul tikadigan 
tashkilotlarni bukmeyker kontoralar deb nomlanadi. Bu soxada xam yetarlicha 
firibgarliklarni topish mumkin. Ular sport o’yinlari natijasi xaqida tajribali 
profesionallar tomonidan aytilgan juda ajoyib bashoratlarni sotib olishni taklif 
qiladilar yoki natijalari oldindan kelishilgan sport o’yinlari natijalarini bilishlari 
bilan ham ko’pchilikni jalb qila oladilar. Natijada ishonuvchan va sodda 
insonlardan yaxshigina miqdorda pularl ishlab oladilar.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling