256
insonning mobil telefoni hisobidan bir necha dollar kamayib qoladi. Goroskopni
sizga yuborishlari yoki yubormasliklari mumkin.
«Bolalarga yordam bering»
Bu eng uchchiga chiqqan internet-firibgarlarning ishidir,
chunki bunda kasal
bolalarning nomidan ularning xaqqiga xuruj qilinadi. Og’ir kasallikka chalingan
bolaga yordam berish xaqidagi ko’pchilik insonlarning
raxmini keltiradigan
ma’lumotlar uning rasmi bilan birgalikda elektron pochta,
tirik jurnal va
forumlarda tarqatiladi. Bu bolaga yordam bermoqchi bo’lganlarga ko’rsatilgan
bank hisobraqamiga, elektron xamyonga yoki
Western Union ga pul junatish taklif
qilinadi. Jo’natgan pulingiz esa firibgarlar tomonidan osonlikcha o’zlashtiriladi.
Shuning uchun agar biror bir kasal bolaga yordam puli junatmoqchi bo’lsangiz,
avvalo bolaning ota-onasi bilan aloqaga chiqing va ularga pulni adresli ko’rinishda
yoki bevosita qo’ldan qo’lga bering.
«Boshqalarning telefonda yoki elektron pochtada o’zaro nimalar xaqida
so’zlashishlarini bilishga yordam beramiz»
Bu firibgarlak rashkchi er-xotinlardan pul undirish usuli bo’lib, unda kerakli
insonga noma’lum foydalanuvchi tomonidan mobil telefondagi suzlashishlarni,
SMS-xabarlarni yoki elektron pochta orqali amalga oshirilgan yozishmalarni bilib
berish taklif etiladi. Ular sizni to’liq ishontirish uchun bir necha kun davomida siz
bilan dustona yozishma olib boradilar va ishonchga kirgandan so’ng, ma’lum
miqdordagi avans jo’natishni taklif qiladilar. Avans olgandan so’ng, ular siz bilan
aloqa
qilishni bas qiladilar, chunki ular maqsadlariga erishdilar va internetdagi
boshqa laqma odamlarni chuv tushirishni davom ettiradilar. Pulni oldindan to’lash
taklifi bor yoki yo’qligi rostdan xam ma’lumot bermoqchi bo’lganlarni
soxtalaridan farqlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: