378
o‘yinchilar paydo bo’lib, ular moliya dunyosini tubdan o’zgatirib
yuborishlari
mumkin. Umuman aytganda, moliya olamida innovatsiyalar doimiy ravishda ro’y
berib turga. Misol sifatida masofaviy simsiz texnologiyalar,
elektron hamyonlar,
elektron imzo, kriptopullar va blokcheynni keltirishimiz mumkin. Ammo bunda
endi innovator
sifatida banklar emas, balki an’anaviy banklardagi bir qator
kamchiliklarni sezib qolgan eski bank xodimlari rahbarlik
qiladigan kichik fintex
kompaniyalar ish yuritadilar. Bunda ko’pincha
API (
amaliy dasturlar intesrfeysi)
degan tushuncha ishlatiladi.
API bu biror bir ilova
yoki tizim tomonidan uni
samarador ishlatish uchun taqdim etiladigan tayyor uskunalar to’plamidir.
API
texnologiyasi banklarga va boshqa moliyaviy hizmatlar yetkazib beruvchilarga o’z
faoliyatlari doirasida innovatsion moliyaviy hizmatlardan foydalanishga imkon
beradi. Bu jarayon konstruktorni eslatib yuboradi –
foydalanuvchi bir qancha
dasturiy bloklarga ega va u ularni istalgan ketma-ketlikda joylashtira oladi. Bunday
konstruktor asosida
IT-kompaniya rahbari kerakli bo’lgan
biznes doirasida yangi
moliyaviy
IT-hizmatlarni yaratishi mumkin bo’ladi. Haqiqatan ham nega loyihani
noldan boshlash kerak,
agarda huddi shu loyihani API-komponentlar yordamida
amalga oshirish mumkin bo’lsa. Masalan, banklar va to’lov
tizimlari
Do'stlaringiz bilan baham: