O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Apple va Google
- PayPal
- Lending Club
CurrencyCloud texnologiyasining funktsionallik xossasidan foydalangan xolda
halqaro to’lovlarni amalga oshirish mumkinligidan juda ham mamnunlar. Pingit (Barclays bankining mahsuloti) to’lov servisi yaratishning tarixi ham API ni ishlatishning samradorligini isbotlab berdi. Moliyaviy sektorda innovatsiyalarning keng tarqalayotganiga qaramasdan, ko’pchilik banklar extiyotkorlik bilan bu ishga unchalik qiziqish bildirmayaptilar, chunki, ularda havfsizlik masalalari birinchi o’rinda turadi – informatsion ochiqlik esa ularga katta havf tug’dirishi mumkin. Bunday yondoshuv tashqi hurujlarga nisbatan juda yaxshi himoya, ammo banklarning rivojlanishini ancha chegaralab qo’yishi mumkin. Misol sifatida Apple va Google ni keltirishimiz mumkin – ular tashki foydalanuvchilar uchun o’z API-interfeyslarini ochib berish xolatlari kuzatilgan. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, an’anaviy bank xizmatlari va biznes- modellari internet tizimi paydo bo’lmasdan oldin yaratilgan edi. U davrlardagi 379 to’lov infratuzilmasi filiallar orqali tarqatiladigan bank mahsulotlari kompleksidan iborat edi. O’z-o’zidan ma’lumki, bunday xolat zamonaviy raqamli texnologiyalar asrida insonlar va tashkilotlarning dinamik so’rovlarini to’liq qondira olmaydi. Shuning uchun ham bir qator mutahassislar tashqi muhitning o’zgarishiga mos bo’lgan bank va to’lov tizimlari bo’yicha universal takliflar bilan chiqdilar. Bunga yorqin misol bo’lib, innovatsion g’oyaning jamiyatga qanday foyda keltirishi mumkinligini ko’rsatgan va al’ternativ moliyaviy texnologiyalar rivojlanishi uchun poydevor rolini o’ynagan PayPal to’lov tizimini keltirish mumkin. Halqaro to’lovlar, kreditlash va bank depozitlari sohasidagi bunday kompaniyalar sifatida Kickstarter va Seedr (kraudfunding bo’yicha mashxur kompaniyalar), Amigo (individual zayomlar yetkasizb beruvchi kompaniya) va Transferwise (butun jahon bo’yicha tejamli pul o’tkazmalari tizimi) larni keltirishimiz mumkin. Bir- birlaridan katta farq qilishlariga qaramay, banklar va fintex kompaniyalar xamkorlik natijasida bir-birlarini boyitishlari ham mumkin, chunki fintex va banklar bir mexanizmning turli xil detallaridir. Ularning ba‘zilari moliyaviy uskunalar ishlab chiqsalar, boshqalari ushbu moliyaviy uskunalarni unikal yechimlar topish uchun ishlata oladilar. API larning imkoniyatlari banklarga halqaro darajada hizmat ko’rsatish turlari va usullarini kengaytirishga, yangi modellarni ishlab chiqarish narxini kamaytirishga va investitsiya qilmasdan hamda yangi arxitekturani yaratish uchun pul sarflamasdan turib, sof foyda olishga imkon beradi. Fintexning yaratilishi moliyaviy ma’lumotlarga ochiqlik hossasini berish inovatsion g’oyasini amalga oshirishga imkon berdi. Britaniy hukumati huddi shu g’oyani tadbiq qilgan holda mamlakatni jahon moliyaviy texnologiyalari markaziga aylantirmoqchi. Shuning uchun ham ular bank tashkilotlari uchun yagona va ochiq API-standartni ishlab chiqish rejasini tuzganlar va hozirgi davrda bunday standart vositasidagi ochiq bankingning foydalanuvchilar uchun foydalilik darajasini aniqlashga hamda uni optimallashtirishga harakat qilmoqdalar. Britaniya davlati bank va to’lov tizimlari sohasidagi yangi startaplarning kuch-g’ayrati XI asrda moliyaviy tarmoqning rivojlanishiga katta hissa qo’shishiga ishonadi. 380 Har qanday fintex kompaniya tashkil qilayotganda o’sha joydagi qonunlar bilan yaxshi tanishib chiqish talab qilinadi, chunki tarmoq bo’yicha mavjud normativ-huquqiy bazani bilmasdan turib, biror bir ishga qo’l urish juda havflidir. Masalan, agar misol sifatida AQSH ning Kaliforniya shtatining San-Frantsisko shaxrida joylashgan Lending Club kompaniyasini olsak, uning faoliyatini boshqarish piramidani eslatadi: uning eng pastida investorlar va kreditorlar bozori turadi, undan yuqorida bir qancha nazorat qiluvchi organlar uning faoliyatini tekshirib turadilar (mahalliy boshqaruv organlar, federal boshqaruv organlari, Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling