O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- High-Tech
vositalarining birgalikda ishlatilishi) paydo bo’lishiga olib keladi. Ammo
hozirda carshering degan tushuncha ham mavjud, bunda qandaydir bir tomon uning mulkdori bo’lmaydi. 5. Kommunikatsiya va koordinatsiya. Simsiz aloqa vositalari, video konferentsiyalar va hujjatlar almashinish uchun qo’llaniladigan dasturiy ta’minot kabi kommunikatsiya vositalari insonlar va resurslarga olar qaerda bo’lganligidan qat’i-nazar o’zaro yaxshiroq muloqot qilish imkonini beradi. Shu tufayli firmalar o’z mahsulotlari va hizmatari bilan global bozorda yaxshiroq ishlay oladilar. 2016 yildan boshlab G7 va G20 ministrlari darajasida raqamli transformatsiya masalasi global kun tartibida katta ahamiyat kasb eta boshladi. Hozirgi paytda luda 399 ko’p davlatlarning va jahon bo’yicha ko’zga ko’ringan rahbarlarning orasida raqamli transformatsiyaning jamiyatdagi ahamiyati bo’yicha yakdillik mavjud. Tarixda uchta sanoat inqilobi bo’lib o’tgan va raqamli iqtisodiyot to’rtinchi sanoat inqilobi deb hisoblanilayapti: Birinchi sanoat inqilobi 1760-1850 yillarda Buyuk Britaniyada boshlangan va bunda qishloq ho’jaligidan mexanizatsiyalshgan tizimlarga o’tilgan (paxtani qayta ishlash uskunalari, par generatorlari, paroxodlar, temir yo’llar va metallurgiya); Ikkinchi sanoat revolyutsiyasi 1870 yilda AQSH da boshlanib, tahminan 100 yillar davom etgan (ommaviy ishlab chiqarish, taqsimlash va kommunikatsiyalarning rivojlanishi, elektr, telefoniya, radio, televidenie, ichki yonuv dvigateli, osmono’par uyar, plastmassa, antibiotilar kabilar) ; Uchinchi sanoat revolyutsiyasi kompyuter va axborot-kommunikatsion texnologiyalar bilan bog’liq bo’lib, AQSh boshchiligida 1960 yillarda boshlangan (kompyuterlarning texnik va dasturiy ta’minoti, shaxsiy komp’yuterlar, tarmoq texnologiyalari, yarim o’tkazgichlar, integral mikrosxemalar, elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar, meynfreymlar, elektron savdo tizimlari, mobil aloqa). To’rtinchi sanoat inqilobi jamiyatni va iqtisodiyotni fizik, raqamli va biologik dunyolarni qo’shib yuborgan holda transformatsiya qiladi va buning oqibatida jamiyatda tub o’zgarishlar qilishga qodir bo’lgan bir qancha sun’iy intellektli aqlli tizimlar yuzaga keladi. Jahon iqtisodiy forumi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq tayyorligi indeksi (Networked Readiness Index) mamlakatlarning raqamli iqtisodiyotga tayyorligining asosiy ko’rsatgichlaridan biri hisoblanadi. Buko’rsatgichraqobatbardoshlikvahayot sifatini ta’minlashda iqtisodiyot information-kommunikatsion texnologiyalarni qanchalik yaxshi ishlatayotganligini ko’rsatadi. Jahondagi mamlakatlardan 139 nafari ishtirok etgan reytingda birinchi o’rinda Singapur davlati turadi. Boshqa davlatlarning o’rni esa quyida keltirilgan: 1. Singapur - 6.0 400 2. Finyandiya - 6.0 3. Shvetsiya - 5.8 4. Norvegiya - 5.8 5. AQSH - 5.8 6. Niderlandiya - 5.8 7. Shveytsariya - 5.8 8. Britaniya - 5.7 9. Lyuksemburg - 5.7 10. Yaponiya - 5.6 11. Daniya - 5.6 12. Gonkong - 5.6 13. JanubiyKoreya - 5.6 14. Kanada - 5.6 15. Germaniya - 5.6 16. Islandiya - 5.5 17. YangiZelandiya - 5.5 18. Avstraliya - 5.5 19. Tayvan, Xitoy - 5.5 20. Avstriya - 5.4 * Jahon Iqtisodiy Forumi ma’lumotlari asosida tuzilgan: URL: http:/ / reports.weforum.org/global-information-technology-report-2016/networked- readiness-index/ Yangi raqamli texnologik bosqichni hozirgi High-Tech davridan farqli o’laroq, High-Hume bosqichi deb nomlana boshlandi. Ushbu texnologik uklad intellectual kapitalning bahosini ancha oshiradi va natijada insoniy faktor(bilim, ijod va ko’nikmalar) global raqobatda katta ahamiyatga ega bo’la boshlaydi. Bunday texnologik inqilobning yuz berishi uchun raqamli iqtisodiyot bilan bog’liq chora-tadbirlar ko’rish lozim: URL: https://www.vedomosti.ru/opinion/articles/ 2016/07/18/649546-high-tech-vmeste-high-hume. 401 Raqamli transformatsiya jarayonini amalga oshirish uchun davlat ham ma’lum bir chora-tadbirlar ko’rishi lozim, shu jumladan, qonuniy hamda normativ- huquqiy asoslarni yaratishi va ularni real sharoitlarga moslashtirishi kerak. Bu ishlar natijasida real hayotga bir qancha yangi texnologiyalar va biznes modellar kirib keladi, shu jumladan, raqamli ekotizimlar, raqamli platformalar, buyumlar internet, raqamli analitika, Big Data, Industriya 4.0 texnologiyalari, robotozatsiya va 3D-pechatlarni qo’llash keng miqyosda amalga oshiriladi. Bu holda esa raqamlashtirishni quyidagi ko’rsatgichlar bilan o’lchash mumkin: 1. Barcha joylarda va ishlarda qo’llash imkoniyati – tashkilot va iste’molchilar raqamli hizmatlar va ilovalardan universal ravishda foydalana olishlari; 2. Raqamli hizmatlardan barchaning foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratilganlgi; 3. Raqamli hizmatlar ko’rsatishning ishonchliligi va sifatliligi; 4. Real vaqt rejimida raqamli hizmatlar ko’rsatishning qanday tezlik bilan amalga oshirilishi va uning qanchalik keng miqyosdaligi; 5. Raqamli hizmatlardan foydalanish osonligi va qulayligi (Usability) hamda mahalliy ekotizimlarning bunday hizmatlarni xalqqa yetkaza olishi; 6. Foydalanuvchilarning raqamli biznes bo’yicha hizmatlardan foydalana olish imkoniyatlari qandayligi. Raqamli texnologiyalarga investitsiyalar qilish ish unumdorligining oshishiga, ishchilarga o’z ishlarini bajarish uchun ko’proq imkoniyatlar yaratishga, ishlab chiqarish jarayoning ko’proq capital talab qilishiga va ijod uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratilishiga olib keladi. Raqamli transformatsiya jarayoniga o’tgan kompaniyalar zamonaviy information texnologiyalarni o’zlarining raqabatbardoshliklarini oshirish uchun bir vosita sifatida ishlatadilar va uzoq muddatli perspektivada o’sishga intiladilar. Demak, an’anaviy kompaniya o’z biznesining raqamli transformatsiya jarayonini boshidan kechirgan holda bozorga butunlay yangi raqamli hizmat yoki mahsulot taklif qila oladi. Bunday ishlarni amalga oshira oladigan mutahassislar esa yangi texnologiyalar bo’yicha zamonaviy bilim, kompetentsiya va ko’nikmalarga ega bo’lishlari hamda masofiviy ravishda 402 ishlash olishni eplashlari talab etiladi. Siyosatchilar va rahbarlarga esa raqamli transformatsiyani samarador amalga oshirishlari va bu jarayonni boshqarishlari uchun iqtisodiyotni yangi talablar va imkoniyatlarga moslashtirishni ta’minlashlari lozim. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling