O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Creative Common
tizimlari paydo bo’lishi kutilmoqda. Masalan, magnit-levitatsion vositalar,
vakuumli transport vositalari, Hyperloop tizimlar va boshqalar bularga yaqqol misol bo’lishi mumkin. Kollektiv bilimlardan foydalangan holda innovatsion g’oyalarni generatsiya qilish (mass collaboration, kraudsorsing), mahsulot va hizmatlar ishlab chiqarish, yangi innvovatsion loyihalarni moliyalashtirsh (kraudfunding) [15]. Moddiy boyliklarni birgalikda iste’mol qilish imkoniyatlari (Sharing Economy) jamiyatning ko’pchilika’zolarida moddiy boyliklarga egalik qilishga bo’lgan munosabatni o’zgartirib yubordi. Masalan, rivojlangan 404 mamlakatlardagi ko’pchlik yoshlar o’zlari uchunhususiy mulk sotib olish va unga egalik qilishga katta qiziqish bildirmayaptilar [13]. Chunki ular uchun ko’proq hayotiy erkinlik, ma’naviy hatti-harakatlar erkinligi va hissiyotlarga berilish, dunyo mamlakatlariga sayohatlar, ekologik turizm tadbirlari ko’proq ahamiyatga ega bo’lib qoldi. Iste’molchilarda mahsulot yoki hizmat haqida fikr hosil qilishda ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati tobora oshib borishi [15]. Chunki hozirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ishlash va muloqot qilish barcha yoshlar hayotining ajralmas qismi bo’lib qolgani hech kimga sir emas. Intellektual mulkka egalikning yangi litsenziya turlari (halq litsenziyalari - Public Lisence) paydo bo’lishi [16]. Bunda yaratilgan mahsulot yoki hizmatga ko’pchilikning egalik qilish qoidasi amal qiladi. Masalan, halq tomonidan intellektual mulkka egalik qilishga imkon beradigan Creative Common (CC) turidagi litsenziyalar, ochiq dasturiy ta’minot uchun jamoaviy litsenziyani ko’zda tutadigan General Publik License (GPL, GNU); Quyidagilar mamlakatimizda kraudsorsing va kraudfonding texnologiyalari asosida elektron tijoratni rivojlantirishnini eng muhim va boshqalardan ajratib turadigan jihatlari hisoblanadi: «omma»ning xilma-xilligi ishlarni bajarishi uchun nomzodlar tanlashda hech handay cheklovlar yukligi bilan izohdanadi. Shu nuqtai- nazardan, «omma» elektron tijorat loyihalariga ko’ngilli asosda qo’shiladigan insonlarning xilma-xilligi asosida ko’rib chiqiladi. Masalan, «omma» ni loyiha uchun tanlashda milliy, irqiy belgilar, professional mahorat va ma’lumot darajasi bo’yicha hech qanday cheklovlar yo’q. Bunda kraudsorsing tufayli erishiladigan sinergetik samara kraud-loyihalar qatnashchilarining turli-tumanligi hisobiga ta’minlanadi. «Ommani» elektron tijorat loyihasiga jalb qilish faqat internet- texnologiyalardan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin. Kraudsorsing platformasi deganda, mahsus ishlab chiqilgan, o’ziniki bo’lgan yoki ijaraga olingan, internet tarmogi orqali kraudsorserlardan olingan katta hajmdagi ma’lumotlar va moliyaviy vositalarni to’plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish mumkin bo’lgan texnologik servisni tushunish lozim. Gap ko’ngilli hayriyalarni 405 to’plash, saqlash va qayta taqsimlash hakida borganda platforma kraudfanding hisoblanadi. Kraudsorser - kraudsorsing loyihasida kungilli ravishda ishtirok etadigan «omma» vakili bo’lgan kishidir. Kraudsorsing mahsuloti deganda «omma» yaratgan, ya’ni «kraudsorserlar» mehnatidan foydalangan holda va kraudsorsing platformasi asosida yaratilgan mahsulot tushuniladi. Kraudsorsing mahsuloti sifatida loyiha, mahsulot yoki hizmat namoyon bulishi mumkin. Kraudsorsing deb, veb-saytda mijozlar ta’assurotlarini to’plash bo’yicha surovnomani joylashtirishdan tortib, to ishlab chiqarish jarayonining asosiy biznes jarayonlariga ko’ngillilarni kiritishgacha bo’lgan har bir narsani atash mumkin, deb hisoblash xato bulardi. Ushbu masalaga aniqdik kiritish uchun, har xil kraudsorsing turlarini ko’rib chiqamiz va ularning xususiyatlarini ta’riflaymiz. Internet tarmogida kraudsorsing platformasidan foydalangan xolda kraudsorserslar tomonidan yaratilgan elektron tijorat loyihasi asosida mahsulot va hizmatga qo’shimcha talab shakllantirish va iste’mol qiymati qo’shish hisobiga foyda olish maqsadida ko’ngilli ravishda odamlarni («omma» yoki kraudsorserlarni) loyiha, mahsulot, hizmat yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotni ilgari surish jarayoniga jalb qilish elektron tijorat kraudsorsingidir. Quyidagilar elektron tijorat kraudsorsingining majburiy belgilari hisoblanadi: Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling