O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agar kraudsorsing - jamoaviy ong bulsa, kraudfanding
odamlar (kraudsorserlar) ishni ko’ngilli asosda bajaradi;
kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi; kraudsorserlar rang-barang turdagi «omma»ni ifodalaydi; kraudsorserlar mahsulot/hizmatga iste’mol qiymati qo’shadi; kraudsorserlar bitta yoki bir nechta jarayonda: loyihada mahsulot/hizmat yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish, mahsulotni reklama qilish va taqsimlashda ishtirok etadi; kraud-loyiha ishlab chiqaruvchilar tijorat maqsadini - kattaroq foyda olishni ko’zlaydi; 406 kraudsorsing kraudsorserlar ishtirokida yaratilgan loyiha/mahsulot/hizmatni boxorda ilgari surish elektron marketing vositasi sifatida namoyon bo’ladi; kraudsorserlar ishtirokida yaratilgan mahsulot/hizmatga qo’shimcha talab shakllanishi ro’y beradi. Ijtimoiy (notijorat) kraudsorsingi esa tijorat maqsadlarini ko’zlamasdan, ko’ngilli asosda Internet tarmogida kraudsorsing platformasidan foydalangan xolda odamlarni («omma», kraudsorserlarni) kapital, mehnat va bilim sigimi katta bo’lgan (jumladan, ijtimoiy ahamiyatga molik) vazifalarni hal qilishga jalb qilishdir. Ijtimoiy (notijorat) kraudsorsingi belgilari orasida quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin: odamlar (kraudsorserlar) ishni ko’ngilli asosda bajaradi; kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi; kraudsorserlar rang-barang «omma»ni ifodalaydi; kapital, mexnat va bilim sigimi katta bo’lgan (jumladan, ijtimoiy axamiyatga molik) vazifalarni xal qiladi kraud-loyiha ishtirokchilari tijorat maqsadlarini ko’zlamaydi. Elektron tijoratning innovatsion kraudsorsingi tijorat va notijorat kraudsorsingining xususiy xolati hisoblanadi. Innovatsiyalar kraudsorsingi – ko’ngilli asosda Internet tarmogida kraudsorsing platformasidan foydalangan xolda odamlarni («omma», kraudsorserlar) innovatsion g’oya, yechim, loyiha, mahsulot yoki hizmat topish jarayoniga jalb qilishdir. Amaliyotchilar tobora kuproq «ochiq innovatsiyalar» atamasidan foydalanmoqdalar, buni innovatsiyalar kraudsorsingi yakuniy mahsuloti sifatida kurib chiqish xam mumkin. Quyidagilar innovatsiyalar elektron tijorat kraudsorsingining majburiy belgilari hisoblanadi: 407 odamlar (kraudsorserlar) ishni ko’ngilli asosda bajaradi; kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi: kraudsorserlar rang-barang turga mansub «omma»ni ifodalaydi; kraudsorserlar faoliyati natijasi loyiha, mahsulot yoki hizmat hisoblanadi; kraud-loyiha xam tijorat maqsadlarini, xam notijorat maksadlarini kuzlashi mumkin. Masalan, mahsulot/hizmat sifatini takomillashtirish bo’yicha innovatsion g’oyalar izlab topishga yo’naltirilgan «yangi goyalar birjasi», tijorat kraudsorsingining xususiy xolati bo’lgan, ya’ni, kompaniya foydasini oshirishga qaratilgan innovatsiyalar kraudsorsingi texnologiyasi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Agar davlat xukumat organi innovatsion transport turini ishlab chiqish bo’yicha g’oyalar to’plash bo’yicha kraud-loyihani ishga tushirgan bo’lsa, bunda gap innovatsiyalar notijorat kraudsorsingi xaqida boradi. Kraudfanding (crowdfunding) deganda, tijoriy innovatsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish maqsadida ixtisoslashgan kraudfanding platformalarida ko’ngilli xayriyalar to’plashdir. Kraudfanding va kraudsorsing bir-biri bilan yaxlit bir butunlikni tashkil qiladi va uning bir qismi kabi munosabatda bo’ladi, ya’ni kraudfanding kraudsorsing turlaridan biri hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kraudfanding — moliyaviy kraudsorsing, internet tarmog’ida kraudfanding platformasi yordamida ko’ngilli xafriyalar to’plash. Ishlab chiqarish funksiyalarini kraudsorserlarga to’liq o‘tkazish «sof kraudsorsing» biznes-modeliga xos bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Bu korxona shtatidagi personal soni qisqarishiga olib kelishi muqarrardir. Elektron tijorat kompaniyalaridagi insonlar soni kam sonli bo’lib qoladi va rasmiy belgilari bo’yicha kichik biznes sub’ektlari qatoriga kirishi mumkin bo’ladi, bunda ularni ishga rasmiylashtirish, ularning ish layoqatini saqlash uchun ijtimoiy javobgar bo’lish va ta’til uchun pul to’lash shart bo’lmagan yuzlab va xatto minglab kraudsorserlarni jalb qilish mumkin. Zamonaviy kompaniyalar rivojlanishida ushbu trend boshqaruv bo’ginlari sonini kamaytirish va boshqaruv tashkiliy tuzilmalarini soddalashtirishga yo’naltirish bilan birga 408 xattoki yirik korporatsiyalarda xam kuzatilmoqda. Kraudsorsing nafaqat tijorat kompaniyalarining biznes-modellarini o’zgartiradi, balki ular kelajakda notijorat soxasida xam zamon va makon bo’ylab cheklanmagan ochiq tashkilotlar barpo etish asosida mexnatni tashkil qilishga o’tish bilan birgalikda kuzatiladigan o’zgarishlar ro’y beradi. Kraudsorsingning tabiati va moxiyatini biznes, kraudsorserning o’zi va mamlakat iktisodiyoti oladigan foyda belgilab beradi. Bugungi kunda kraudsorsing loyihalarini amalga oshirayotgan biznes namoyish etayotgan iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlarni pasaytirish; innovatsion ishlanmalarni rag’batlantirish; «omma» ishtirokida yaratilgan mahsulotga talabning ortishini sanab o’tish mumkin. Xozirgi paytda kraudsorsing tibbiyot, farmatsevtika, dasturlash, axborot hizmatlari bozori, ilmiy tadqiqot soxasida keng tarqalgan. Kraudsorsing va kraudfanding asta-sekinlik bilan butun dunyoda ommaviylashib bormoqda. Kraudsorsingning elektron tijorat bilan bog’lik loyihalari amalga oshirilishini birinchi navbatda, ochiq kodli dasturiy ta’minot ishlab chiqish soxasida kuzatish mumkin bo’lib, bunda istalgan shaxs dunyoning istalgan nuqtasidan turib, kompyuterga utirishi, mahsulot ishlab chiqishi va bu bilan katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin. Bir tomondan, kraudsorsingning ommaviylashuv jarayoni davom etadi, chunki biznes iqtisodiy samara beradigan xar narsaga ochiq bo’ladi. Boshqa tomondan - bu jarayonlar rivojlanishi ko’plab kasblar vakillari, masalan, jurnalistlar, fotograflarning xozirdanoq ishga joylashish borasida muammolar xis qiladigan xolatning namoyon bo’lishi bilan birgalikda kuzatiladi, chunki istalgan shaxs ularning ishini ko’ngilli asosda bajarishi mumkin bo’ladi. Kraudsorsing texnologiyalari - kelajak texnologiyalari ekanligi xaqidagi xulosa unchalik shak-shubxa uygotmaydi. Kraudsorsing jarayoniga kirishishda kraudsorser yo’lini tanlagan shaxslarning ijtimoiy ximoyalanmaganligi ishsizlik muammosini yuzaga keltirmaydimi, degan savolga javob berish xam katta axamiyatga molikdir. Bu makroiqtisodchi olimlarning vazifasi albatta, ammo zamonaviy raxbarlar uchun bir narsa aniq — kompaniyalarga ularning tijorat qudratlarini oshirishga imkon beradigan barcha innovatsion marketing vositalari biznes xamjamiyati tomonidan qullab-quvvatlanadi va amaliyotga tatbiq etiladi. 409 Kraudsorsing jarayoni ishlab chiqarish modellarining xam, iste’mol modellarining xam o’zgarishiga olib keladi. Jaxon bo’ylab ochiq boshlangich kodli dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqarish tobora ommaviylashmoqda. Kraudsorserlarning o’zi xam qo’shimcha iste’mol talabini faollashtiruvchi hisoblanadi. Kompaniyalarni butunlay «100% kraudsorsing» biznes-modeliga o’tkazish trendi barcha tarmoqlar uchun xam dolzarb emas. Lekin shunga qaramay, aloxida tarmoq vazifalarini xal qilish uchun kraudsorsing texnologiyalaridan foydalanish deyarli barcha kompaniyalar uchun ochiqdir. Kraud-loyihalar ishlab chiqish va joriy qilish soxasida boshqaruv vakolatlarini kengaytirish ularning barcha iqtisodiyot tarmoqlarida ommaviyligi yanada o’sishiga hizmat qiladi. Agar kraudsorsing - jamoaviy ong bulsa, kraudfanding - Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling