O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


IT-Suica deb nomlangan elektron to’lovlar tizimi JR East Group


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

IT-Suica deb nomlangan elektron to’lovlar tizimi JR East Group
kompaniyasining eng katta foyda keltiradigan faoliyat turlaridan biridir. 2001 yilda 
bozorga chiqarilgan Suica elektron to’lov kartalari hozirgi paytdagi soni 75 
milliondan ortiqdir. Bu tizim elektron pullardan ham foydalanish imkoniyatini ham 
yaratgan. Hozirgi paytda transport kompaniyalar o’z faoliyatlarini yuklar tashish 
yo’nalishiga ham qaratmoqdalar. Masalan, Germaniya milliy temir yo’l yuk 
tashuvchisi Deutsche Bahn DB Navigator deb nomlangan serviz taklif qilgan. Bu 
servis barcha poezdlarning qaerda ekanligini aniqlashga imkon beradi. Yaponiyada 
esa temir yo’l oishni boshqarishga imkon beradigan robot yaratgan. Bu robot 
ekranda marshrutni korsatib bera oladi, yordam so’ragan passajirlarga esa maslahat 
bera oladi. Dunyodagi eng innovatsion metropoliten Seul metropoliteni bo’lib, 
unda „Metropoliten – elektron supermarket“ deb nomlangan loyiha ishga 
tushirilgan. Kerali mahsulotlarni tanlash va QR-kod orqali zakaz qilish uchun 
kerakli bo‘lgan elektron vitrinalar poezdlarga tushush platformalarida 
joylashtirilgan. Barcha tanlangan va zakaz qilingan mahsulotlar siz uyga 
kelganingizda yetkazib beriladi.
Kelajak transport tizimining ko’rinishi, biznigcha, quyidagicha bo’lishi 
kutilmoqda: Avvalo, bu rivojlanish tendentsiyalarida dunyo va mamlakatlar 
miqyosida bir butun integrallashgan transport tizimi paydo bo’ladi. Bunday 
tizimda turli xildagi transport vositalari yordamida yuk va passajirlar tashish 
yagona transport tizimiga birlashib, iste’molchilrning talablarini maksimal 
darajada qondiradi. Mobil ilovalar ko’rinishidagi elektron servislar mavjudligi, 
barcha transport vositalari uchun elektron biletlar sotib olish mumkinligi vaqt 
sarfining minimal darajaga keltirilishi, bir transportdan boshqasiga tezkorlik bilan 
o’tish imkoniyatlari tufayli transport xizmatlarining sifati yuksak darajaga yetadi. 


453 
Yagona va uzluksiz transport tizimi nafaqat transport, balki informatsion hamda 
savdo biznesi elementlarini qamrab olgan holda butunlay yangi biznes modelni 
yaratadi. Natijada transport tizimi katta transport supermarketi tariqasida faoliyat 
ko’rsata boshlaydi. Bunday transport xizmatlarining rivojlanishi temir yo’l vokzali, 
abtobus stantsiyasi, aerovokzal orasida farqlarni yo’qotgan holda yagona 
texnologik va servisli aqlli transport tizimini hosil qiladi. Bunda turli xildagi 
transport kompaniyalari tashuv hajmini oshirish va yo’lovchilarning qoniqishlari 
darajasini oshirish maqsadida birgalikda harakat qilishlari talab etiladi. Lekin 
bunday jarayonni tashkil qilishning asosiy sharti transport tizimini barcha tarkibiy 
qismlarini raqamlashtirishdir desak mubolag’a qilmagan bo’lar edik. Raqamli 
texnologik yechimlar elektron to’lov tizimlarini, mobil servislarni, ilovalarni, big 
data asosidagi personifikatsiya qilingan xizmatlarni, sun’iy intellektni va 
mashinaviy ta’limni o’ziga qamrab olgan xolda yo’lovchilar bilan aloqalarning 
samaradorligini oshirish va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga olib 
keladi.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling