450
Now servisi esa turistlarga mehmonxonalarni
bir soat ichida, kelishdan bir soat
oldin zakaz qilish imkoniyatini yaratadi.
Onlayn turizm bozorining rivojlanishi drayverlari sifatida quydagilarni
keltirishimiz mumkin:
Internetning turli sohalarga kirib kelishi va rivojlanishi;
Elektron tijorat texnologiyalarining rivojlanishi;
Onlayn tiristik hizmatlarga bo’lgan ishonchning ortishi;
Turustik xizmatlar iste’molchilarining hulq-atvorlari o’zgarishi, masalan,
ular endi bilatlarni o’zlari to‘layaptilar va
mehmonxonalardagi joylarni
mustaqilravishda tanlayaptilar;
„
Yagona oyna“ ko’rinishidagi agregatorlarning paydo bo’lishi;
Turistik servislar va turistik agentliklarning
usability darajasining oshishi.
On-line travel bozorida qo’shimcha iste’mol qiymati
quyidagilar vositasida
ta’minlanadi:
Shaxsga yo’naltirilgan hizmat ko’rsatish;
Ma’lumotlarni yig’ish va tartibga solishning bir joyda va bir servisda amalga
oshirilishi (
informatsiyaning konsolidatsiyasi);
Ofisga kelish va qo’ng’iroq qilishlarga ketadigan vaqtning tejalishi;
Ma’lumotlar va hizmatlardan yil davomida va sutka mobaynida foydalanish
imkoniyati (365/7/24);
Biletlarni istalgan qurilmada elektron ko‘rinishda saqlash imkoniyati;
Biletni yo’qotib qo’yish va uyda yoddan chiqarish kabi xolatlar yo’qligi.
On-line travel bozoridagi kelajak trendi shundan iboratki, oflaynda ishlaydigan
ko’pchilik kompaniyalar internetda o’zlarining elektron savdo maydonlarini tashkil
qila boshlaydilar va turistlarga o‘z komp’yuterlari
yoki mobil qurilmalari
yordamida marshrutni tanlash, biletni sotib olish,
mexmonxonani bron qilish va
sayohat uchun kerakli bo’lgan xujjatlar paketini olish kabi ishlarni bajarish
imkoniyatini yaratadilar.