12.2. Musiqa servislari
Internetdagi musiqa servislari ham tezlik bilan rivojlanayapti. Masalan, ovoz
yozish halqaro federatsiyasi (IFPI) ma’lumotlariga ko’ra, tarmoqda va onlayn
servislarda musiqa sotish bo’yicha yillik daromadlar miqdori $16 milliard dollarga
yetib qoldi. Striming servislar bozori esa ancha yoshligga qaramay, juda tezlik
bilan rivojlanayapti. Striming servislar musiqa treklarini va albomlardagi
kataloglarni sotib olmasdan turib, onlayn ravishda eshitishga imkon beradi.
Shuning uchun ham bu usul musiqa kontentini iste’mol qilishning eng ommabop
usulidir. Strimimg hizmatlarini taqdim etishning quyidagi usullari mavjud:
Musiqani onlayn rejimda eshitish imkoniyati;
Musiqani onlayn rejimda eshitib, so’ng uni qurilmaga yuklab olish va keyin
oflayn rejimda qayta tinglsh;
Striming servislar bozorining rivojlanishiga bir qancha xodisalar sabab bo’ldi.
Birinchidan,
raqamli
transformatsiya
jarayoni
xuddi
shu
innovatsion
texnologiyaning paydo bo‘lishiga sabab bo’ldi, ikkinchidan, internetning limitsiz
trafigi modelining paydo bo’lishi va uchinchidan, monetizatsya sxemasining
o’zgarishi, ya’ni, kontentga alohida to’lovdan pulli qayd qilinish orqali tekin
kontentga ega bo’lish sxemasi. Apple korporatsiyasi bu yangi imkoniyatdan darxol
foydalanib qoldi va raqamli inqilobni amalga oshirdi: ya’ni u Apple iTunes Store
musiqa magazini tashkil qildi va endi insonlar raqamli kontentga pul to‘lashni odat
qildilar. Kompaniya servisdan pulli va tekin foydalanish mumkin bo‘lgan Apple
Music modelini taklif qildi. Apply Music foydalanuvchiga musiqani iTunes orqali
ham, striming rejimida ham elektron katalog orqali ham tinglashga imkon beradi.
Shu bilan birga, servis foydalanuvchilarga onlayn radio Beats 1 ni ham tinlash
imkoniyatili yaratadi. Musiqa bozoridagi boshqa kompaniyalar safiga Spotify,
Do'stlaringiz bilan baham: |