442
2. Internetda biznes-modellar yaratish bo’yicha bir qancha yondoshuvlar bo’lib,
ulardan eng samaradorlari ushbu bobda yetarlicha tavsif etilgan;
3. U yoki bu biznes-modelni tanlash kompaniyaning xayotiy tsikli bilan, daromad
qilish usuli bilan va monetizatsiya sxemasi bilan bog’liq
ravishda amalga
oshiriladi. Bunda kompaniyaning qaysi bozor segmentida faoliyat ko’rsatayotgani
ham ahamiyatga ega bo‘ladi;
4. Bozor haqidagi ma’lumotlarni olish va uni tahlil qilishga yordam beradigan
yangi elektron servislar va usullarning paydo bo’lishi biznesga yangi hamda katta
imkoniyatlar
baxsh qildi;
5. Elektron tijoratni muvaffaqiyatli ravishda yuritish uchun sekinlashtiruvchi
faktorlardan biri kerakli bo’lgan samarador infratuzilmani tashkil qilish bo‘lishi
mumkin, chunki bu katta mablag‘ talab qiladi. Bu
muammoni hal qilish uchun
barcha funktsional modullarga ega bo’lgan konstruktor asosidagi tayyor internet-
magazin ijaraga olinadi;
6. Biznesni „
hamkorlik dasturi“ (
Affiliate Model) va
Dropshipping modellari
asosida ishga tushuirub yuborish hozirgi paytda
eng yaxshisi hisoblanadi;
7. Bozorda keng miqyosda ishlatiladigan boshqa biznes-modellarga
Freemium,
Free-to-Play, Full-Crowdsourcing, Donation, Print-on-Demand, Video-on-
Demand larni misol qilib keltirish mumkin.
11-Bob uchun savol va topshiriqlar:
1. Elektron tijoratning qanday asosiy biznes-modellari mavjudligini tushuntirib
bering;
2. Elektron tijorat biznes-modellarining mohiyati nimalardan iborat ekanligini
misollar vositasida tushuntiring;
3. Elektron tijoratning qanday muvaffaqiayt omillarini bilasiz?
4. Elektron tijoratning asosiy muammolari va ularning yechimlarini hayotiy
misollar yordamida tushuntiring;
5. Elektron tijoratning qanday amaliy biznes-modellarini bilasiz va ulardan
qanday qilib foydalaniladi?
6. Elektron tijoratning rivojlanish istiqbollarini turli elektron platformalar
misolida tushutiring.