O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shopify Scripts
- Compo kompaniyasining B2B
- Shopify Flow
- Mercaux
Shopify Flow bo’lib, u saytlardagi yoki ilovalardagi mijozlar bilan har qanday
turdagi muloqotni avtomatlashtirishga imkon beradi. Shartlar, harakatlar va triggerlarni moslab turgan xolda tayyor ishchi jarayonlarning modullaridan foydalanib, siz o’zingizning mustaqil jarayonlaringizni yaratishingiz mumkin. Ikkinchi imkoniyat Launchpad bo’lib, u katta miqyosdagi tijorat tadbirlarining boshqaruv markazidir. Bunga misol sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: flesh-sotuv tadbirlari, yangi mahsulotlar chiqarish va mahsus tantanali tadbirlar o’tkazish. Bu bilan bog’liq bo’lgan ishlarni tadbirlar o’tkazilishidan ancha avval rejalashtirib qo’yib, sarf-harajatlarni ham foydaga uncha ta’sir qilmaydigan qilib aniq hisoblab qo’yish mumkin. Uchinchi imkoniyat Shopify Scripts esa har bir mijozga individual yondoshishni ta’minlovchi avtomatik ravishda chegirmalar 436 qo’shish, turli to’lov usullaridan foydalanish va yetkazib berishning turli xil variantlaridan foydalanishga imkon beradi. Skriptlarxaridorning ko’rzinasini aniq nazorat qilishni nazarda tutadi va pul o’tkazmasi vaqtida optimizatsiya qilishga imkon yaratadi. Ushbu uchta funktsiya birgalikda nafaqat vaqtni tejashga imkon beradi, balki jarayonni oddiy va tushunarli qilib ham beradi. Compo kompaniyasining B2B loyiha rahbarlarining aytishlaricha, elektron tijoratni to’liq avtomatlashtirish yetkazib beruvchi kompaniya bo’limlarining o’zaro aloqalarini avtomatizatsiyasini ham, zakazchik bilan munosabatlarning avtomatizatsiyasini ham o’ziga qamrab oladi. Biznes-jarayonlar konstruktori Shopify Flow ham diqqatga sazovor, chunki u mavjud vositalar yordamida onlayn zakazlarni qayta ishlashga imkon beradi. Misol sifatida ko’tara eCommerce ning B2B- avtomatizatsiyasini keltirishimiz mumkin. Bunda ko’tara internet magazinlarning tarmog’i ishlab ketishi ucnun yetkazib beruvchilarning turli xildagi 200 dan ko’proq prays-listlarni sinxronizatsiya qilishga hamda 20 mingdan ko’proq tovarlarni yagona bazaga joylashtirishga to’g’ri kelgan (https://rb.ru/opinion/20- tysyach-tovarov-odin-servis). Shundan so’nggina tizimni 1C dasturi bilan ham sinxronizatsiya qilish mumkin bo’lgan. Ish jarayoni shunday tashkil qilinmaganda tub ma’nodagi internet-savdoni amalga oshirib bolmaydi. Tizim tashkil qilinganidan so’ng, yetkazib beruvchilr bilan ishlaydigan 12 nafar menejerlar o’rniga baza bilan ishlaydigan birgina mutaxassis qolgan, xolos. Bundan tashqari, tizimda narxlarning avtomatik monitoringi amalga oshadi, tovarlar bor-yo’qligi haqida operativ ma’lumotlar olish mumkin bo’ladi va ushbu yagona bazaning boshqa internet-magazinlarga ham tarqalishi amalga oshadi. Bizning bozorda elektron maneken deb nomlanadigan Mercaux servisi ko’p ishlatilmaydi, ammo uni Benetton, Loriblue va Kiko Milano kompaniyalari o’z brendlarini oflayn va onlayn sotishda faol tarzda ishlatadilar. Mobil ilova borligi tufayli oflayn magazinlarning sotuvchilari, dizaynerlari, modellar uylari va feshn-nashrlar istalgan paytda assortiment haqidagi, konkret tovarning omborda bor-yo’qligi haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo’ladilar. Servis orqali 437 foydalanuvchilar turli magazinlardan eng modali tovarlarni ko’rishlari va sotib olishlari mumkin. Internet magazinlarni to’laqonli avtomatlashtirish uchun maksimal sondagi ma’lumotlardan foydalanish kerak, shu jumladan, haridlar tarixi, mijozlarning magazinlarga tashrifi va ular qancha vaqt bo’lgani, nimalarni chamalab ko’rgani, qaysi polkalar oldida ko’proq turib qolgani, internetdagi faolligi, layklari, repostlari, fotolari, qiziqishlari, yoshi, jinsi, qayerda ko’proq bo’lishligi - uydami yoki ishxonada hamda daromadi. Yuqori darajada moslashuvchan IT- infratuzilmasisiz bu ishlarni amalga oshirish ancha qiyin bo’ladi. Bunda bir qancha uskunalardan foydalanish talab etiladi, shu jumladan, wi-fi-analitika, ibeacon, chakana savdo punktida mijozning chexrasini tanigan xolda uning barcha harakatlarini tanib olish va fiksatsiya qilish, onlaynning barcha imkoniyalaridan foydalangan xolda ishlay oladigan mobil kassa, magazinlarning reklama imkoniyalaridan foydalana olish, talabni bashorat qilish maqsadida sun’iy intellektdan foydalna olish va boshqalar. Internet savdo maydonlaridan foydalanish tufayli, iste’molchilar tovarlar va xizmatlar harid qilish uchun oldin orzu ham qilib bo’lmaydigan imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Masalan, smartfondan foydalanishning o’zigina hisobsiz va unikal savdo takliflari bilan tanishishga yordam beradi. Web-saytlar, mobil ilovalar, ijtimoiy saytlardan to radio, televidenie hamda qog’oz kitoblargacha bo’lgan turli-tuman marketing kanallari elektron savdoga o’zlarining bir aniq auditoriyasini va mijozlarini jalb qiladilar. Shuning uchun ham, turli ommaviy axborot vositalaridagi turli kompaniyalar barcha iste’molchilar bilan samarador muloqot qilish uchun birgalikda ishlashlari kerak bo’ladi. RJMetrics ning izlanishlari shuni ko’ratdiki, o’z rivojlanishiga faol investitsiya qiluvchi elektron tijorat kompaniyalari o’z yangi mijozlarini oddiy kompaniyalarga nizbatan 3,5 barobar tezroq topadilar. Lekin kelajak mul’tikanal turidagi elektron savdoda ekanligi ko’pchilik uchun katta sir emas. Javelin Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling