O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

B2B-Export.com deb nomlangan 
onlayn-platformaning 
asoschisi 
Yekaterina D’yachenkoning fikricha, B2B segmentidagi elektron tijorat ichki, 
tashqi va transchegaraviy savdoni ham ancha rivojlantirish uchun hizmat qilishi 
hamda mahsulotlarning yangi bozorlarini topish uchun hizmat qilishi mumkin. 
Bunda onlayn-savdo mahsulot va xizmatlarni sotishning eng samarador usuli 
bo’lib qoladi. Ammo bu jarayonni ancha sekinlashtirishga sabab bo’ladigan 
faktorlar chet tillarni yaxshi bilmaslik, halqaro marketing qonun-qoidalarnini 
yaxshi tusuhmaslik hamda bu soxada professional tajriba kamligidir. B2B-


435 
Export.com eksport sotuvlar onlayn-platformasida bir qancha jarayonlar, shu 
jumladan, pul o’tkazish, hisob-kitob, logistika kabi jarayonlar avtomatlashtirilgan, 
ammo bu tizimda savdoni boshlash uchun unga o’z mahsulotingizni 
joylashtirgandan so’ng, uning xossalarini rus tilida savodli ravishda tavsiflab 
berish kerak bo’ladi – bu esa o’z navbatida rus tilini yaxshi bilishni talab qiladi. 
Agarda elektron savdo platformasi boshqa tillarda bo’lsa, shu platforma talab 
qiladigan tilni yaxshi bilish kerak bo’ladi, albatta. Shuni ham aytish kerakki, 
elektron tijoratni avtomatlashtirish hozirgi kundagi biznes uchun real voqe’likdir. 
Kelajak elektron tijoratining sirlaridan biri – uni avtomatlashtirish jarayoni qanday 
amalga oshirilganligidir, deyishimiz mumkin. O’n yillar avval marketingni 
avtomatlashtirish tijorat siri bo’lgan edi. Katta miqyosdagi ilmiy izlanishlar va 
ishlanmalar asosida yaratilgan Amazon, Walmart hamda Costco larga o’xshash 
gigantlar huddi shu tijorat siri tufayli dunyoga mashxur bo’lgan o’z tijorat 
imperiyalarini tashkil qila olganlar. Hozirgi kunda esa elektron tijoratning asosiy 
siri barcha jarayonlarni avtomatlashtirishdir. Shuning uchun ham tijoratchilar bu 
haqda ko’p ham gapirmaydilar. Agarda Google Trends da qidiruv qilib 
ko’rsangiz, bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Tijorat jarayonlarini to’liq 
avtomatlashtirish muammosini Shopify Plus ning uchta imkoniyati ma’lum 
darajada hal qilib bera oladi. Birinchi imkoniyat uch bosqichli vizual konstruktor

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling