O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Full-Crowdsourcing modeli (100% kraudsorsing) – endigina ommabop bo’lib 
borayotgan bu model asosidagi mahsulot ko’ngillilar (kraudsorserlar) tomonidan 
tekin kraudsorsing platformasida yaratiladi. Foydalanuvchilar nafaqat kontentni 
yaratadilar, balki ular uning iste’molchilari bo’lib qolishlari ham mumkin.
Donation modeli (kraudfonding modeli) - qandayidr kraudfonding platformasida 
biror bir loyihani moliyaviy qo’llab-quvvatlash uchun ishtirokchilarning o’z 
ihtiyorlari bilan beriladigan moliyaviy mablag’larni yig’ish uchun foydalaniladi. 
Bu modelni vaqticha va asosiy biznes-modelga qo’shimcha ravishda ishlatish 
mumkin hamda u doimiy pul mablag’lari oqimini ta’minlab bera olmaydi. 
Print-on-Demand va Video-on-Demand modellari – on demand – talab bo’yicha 
deb nom olgan bu modellar internet tizimi paydo bo’lgandan so’ng, alohida 
ahamiyatga ega bo’la boshladi. Masalan, biror bir kitobni unga qancha real zakaz 
bo’lsa, shuncha chop qilish, raqamli ko’rinishdagi kitoblarni sotish, mul‘timediya 
mahsulotlarini sotish, onlayn kinoteatrlarda tamoshabinlar uchun filmlar namoyish 
qilish bularga misol bo’la oladi. Apple TV ham huddi shu model asosida ishlaydi. 
Yuqoridagi modellarning barchasida reklamadan olinadigan daromad qo’shimcha 
model sifatida hizmat qilishi mumkin.
Tarmoq hamjamiyatlari monetizatsiyasi manba‘lari 
Jahondagi eng ommabop Facebook ijtimoiy tarmog’ining foydalanuvchilari 
soni bir necha milliardga yetib, uning sof foydasi ham bir necha milliard dollardan 


431 
oshib ketgan. Bu kompaniyaning mobil qurilmalardagi reklamadan oladigan 
daromadi miqdori ham ancha katta mablag‘ni tashkil etadi. Agar ko’pchilik 
ijtimoiy saytlarni daromad manba’larini tahlil qilsak, quyidagi holatni ko’ramiz 
(http://top.rbc.ru/technology_and_media/08/04/2015/55252f8c9a794724452cff8f): 
Reklamadan keladigan daromad
 Onlayn o’yinlardan daromad; 
 Virtual sovg’alardan keladigan daromad; 
Qayd qilinishdan daromad
 Ilovalar va o’yinlarga bo’lgan to’lovlardan keladigan daronad; 
 Katta hajmdagi fotografiyalar va videolarni saqlash uchun to’lovlardan 
keladigan daromad; 
 Kreditdan olinadigan daromad. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling