O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


 Elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

11.4. Elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari 
Hozirgi davrda ko’pchilik mutaxassislar elektron tijorat rivojlanishining
kelajak istiqbollari bilan juda ham qiziqadilar, chunki agar bunga e’tibor berilmasa, 
har qanday biznes ham kelajakda yangi turdagi biznes modellarning tezkorlik bilan 
rivojlanishi oqibatida norentabel bo’lib qolishi yoki barbod bo’lishi mumkin. Bu 
masala bo’yicha eng ishonchli manba soha perofessionallarning fikrlarini 
o’rganishdir. Compo agentligining B2B e-commerce bo’yicha agentligi analitiklari 
Rossiya e-commerce bozori ekspertlaridan 2018 yildan so’ng elektron tijoratda 
kutiladigan trendlar bo’yicha so’rov o’tkazishdi va olingan natijalar «What Is the 
Future of E-commerce in 2018 and Beyond? 10 Trends Transforming How 
We Shop Online» deb nomlangan Gerbert Lui ning maqolasida keltirilgan. 
Mahsulotlarni ikki soatda yetkazib berish, sun’iy intellektdan hamda dronlardan 
foydalanish kabi alohida muvaffaqiyatlarga qaramay, bu sohadagi uzoq muddatli 
muvaffaqiyat tezkor rivojlanishni ta’minlab beradigan bozor imkoniyatlarini 
tushunishga asoslangan bo’ladi. Shopify kompaniyasining xodimi Gerbert Lui bu 
sohadagi quyida tavsif etilgan o’nta asosiy trendni ko’rsatib o’tdi: 


432 

Elektron tijorat tez sur’atlar bilan rivojlanishiga qaramay, elektron savdoga 
chakana savdoning bor-yo’g’i 9,1% to’g’ri kelar ekan. Demak, 
yo’nalishning tezkorlik bilan rivojlanishi kutilmoqda; 

On-layn bozorda odatiy B2C bilan bir qatorda B2B deb atalgan gigant 
biznes ham rivojlana boshlaydi; 

Elektron tijoratning yanada ko’proq avtomatlashuvi hozirgi zamon 
biznesining real rivojlanish yo’nalishi deyish mumkin; 

Iste’molchilarning turli-tumanligi elektron tijoratga katta o’zgarishlar olib 
kelishi kutilmoqda; 

Ertangi kunning yana bir yechimlaridan biri ko’p kanalli elektron savdodir; 

Halqaro elektron savdo imkoniyatlari yanada kengayadi va uning yangi 
usullari kashf qilinadi; 

Elektron savdoda mobil qurilmalardan foydalanish ko’lami yanada 
ko’payadi va bu amalning murakkablik darajasi biroz ortadi; 

Ijtimoiy tarmoqlar va media vositasidagi sotuvlar hajmi yanada ortadi; 

Google ning mikro-momentlari jarayonlarni optimallashtirish uchun bir 
vosita sifatida ishlatilina boshlaydi; 

Elektron tijoratda iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi o’rtasidagi o’zaro 
muloqotda content katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. 
Oxirgi besh yilda chakana savdoning umumiy savdodagi hajmi 5,4% dan 9,1% 
gacha o’sdi. Demak, bu sohada amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlar 
mavjud ekan. Tezkorlik bilan rivojlanayotgan kompaniyalar yangi raqobatchilarni 
aniqlab, ularning muvaffaqiyatlari sirlarini aniqlashlari va o’zlari uchun yangi 
imkoniyatalar izlab topishlari zarur bo’lib qoladi. Masalan, keyingi yillarda 
internet-korxonalarda yangi trend paydo bo’la boshladi – ular oflaynda ishladigan 
savdo nuqtalari sotib olib, ularni ishlata boshladilar. Online to Offline (O2O
turidagi tijorat odatiy raqamli texnologiyalarga yangi hayot bag’ishlashi mumkin. 
Boshqa tomondan esa, chakana savdo gigantlari ham iste’molchilarga raqamli 
dunyoda an’anaviy magazinlarga o’xshash bo’lgan imkoniyatlar taqdim 


433 
etayaptilar. Yuqoridagi ikki jarayonni bir so’z – omnikanallilik deb atash mumkin. 
2018-yildan boshlab Ozon, Wildberries, Globus va Ashan kompaniyalari online 
riteyl orqali mahsulotlar savdosini boshlaganlar. Compo kompaniyasining B2B 
loyihalar bo’yicha rahbarining bildirishicha, online chakana savdo hajmi haridorlar 
ko’payishi tufayli o’sib bormoqda, chunki uch-to’rt yillar avval online harid 
qilayotgan katta avlod vakillari ham offlaynda ishlashga ancha o’rganib qolganlar. 
Agarda onlayn va offlayn bir-biriga o’zaro birikib ketsa, u xolda omnikanallilik 
onlayn savdoda potentsial xosil qilishi mumkin. Oflayn magazinlar esa onlayn 
zakazlar topshiriladigan punktlar rolini o’ynay boshlaydi. Alibaba Group 
kompaniyasining tajribasiga ko’ra, omnikanallilik xossasi kompaniyaning 
sotuvdan bulutli yechimlargacha hamda o’z mustaqil to’lov tizimigacha bo’lgan 
butun bir ekotizimdir. Masalan, Wildberries da bir necha yillardan buyon har bir 
registratsiya qilingan foydalanuvchining ichki elektron hamyoni mavjud. U orqali 
zakaz pulini to’lash va tovar qaytarilgan taqdirda pullarni qaytarib olish ham 
mumkin. Ammo omnikanallilik ham tarix sahifalaridan o’rin olib, yangi, new 
retailga asta-sekin o’z o’rnini bo’shatib bermoqda. Bunda kompaniya uchun 
sotuvchi haridorga tovar yoki hizmatni qaerda, qanday va qachon taklif qilishi 
muhim emas, chunki barcha hollarda ham onlayn offlaynga xizmat ko’rsatadi.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling