O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


 Raqamli elektron biznesni yaratish bo‘yicha tavsiyalar


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

13.2. Raqamli elektron biznesni yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
Yangi mahsulot yoki hizmat yaratish uchun kerakli bo’lgan innovatsion 
g’oyani qanday qilib topiladi? Avvalo har qanday g’oya yoki innovatsion taklif 
mijozning yoki resursdan foydalanuvchining biror bir muammosini hal qilib 
berishi yoki qandaydir yengillik yaratib berishi kerak. Startuplarning 98% qismi 
biznes strategiyasi xato bo’lganligi tufayli yoki komanda yaxshi bo’lmagani uchun 
muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Agarda muammo topilsa va real bozor mavjud 
bo’lsa, potentsial biznes hayotiy bo’lishi uchun ikki faktor eng muhim bo’ladi: 
bularning birinchisi komanda va ikkinchisi esa mahsulotning prototipidir. Biznesga 
investitsiyalar jalb qilish uchun mhsulotni ishlab chiqish va uni bozorga kiritish 
bo’yicha malakali mutaxassislar va yangi g’oyaga juda qattiq ishongan insonlar 
komandasi bo‘lishi lozim. Mahsulotning prototipi (MVP – minimum viable 
product) bu yangi mahsulotning minimal funktsiyalarga ega bo’lgan namunasi 
(modeli) bo’lib, u bozorga chiqarilishidan oldin yana ko’p martalab qayta 
ishlanishga muhtoj bo’ladi. MVP atamasini SynkDev konsulting kompaniyasining 
asoschilaridan biri Frank Robinson muamalaga kiritgan bo’lib, customer 
developmentning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib qoldi. MVP 
iste’molchining biror bir muammosini hal qilib beradigan bittagina funktsiyaga ega 
bo’lishi kerak. MVP ishlab chiqishda eng murakkab masala – sifat va sarf-
harajatning optimal nisbatini topishdir. IMVU kompaniyasining asoschisi Eric 
Ries esa MVP ni yangi mahsulotni minimal kuchlar bilan maksimum informatsiya 
olishga imkon berdaigan boshlang’ich versiyasi deb hisoblaydi. Ya’ni uningcha 
MVP minimal funktsiyalarga ega bo’lgan va tezkorlik bilan yaratiladigan offer 
sifatida bo’lib, u maqsadli auditoriyaning iste’mol talablarini o’rganish, qimmat 
marketing izlanishlaridan voz kechish va katta harajatlardan qutulish uchun bir 
vosita sifatida tushnadi. Demak, MVP minimal sarf-harajatlar qilib, potentsial 
iste’molchilarning talablarini o’rganish va yangi biznes haqidagi gipotezani yetarli 


473 
darajadagi ishonchlilik bilan tasdiqlash yoki rad qilishga imkon beradi. Yangi 
biznes to’g’risidagi gipotezani tekshirishning quyidagi variantlarini ajratib 
ko’ratish mumkin: 
E-Mail orqali mahsulot yoki hizmat haqidagi ma’lumotlarni jo’natish; 
Interv’yular o’tkazib, javoblarni o’rganish; 
Taqdimot qilish yoki bevosita sotuv uyushtirish; 
Beta landing page dan foydalanish; 
Blog va videoroliklardan foydalanish; 
Raqamli prototip yaratish; 
Imitatsion modeldan foydalanish; 
On-layn kurslar tashil qilish; 
Kraudfundingdan foydalanish; 
Sayyor tashriflar tashkil qilish, maqsadli auditoriya bilan bavosita 
muloqotlar tashkil qilish. 
Misol sifatida oyoq-kiyimlarning jahondagi eng katta internet-magazini Zappas 
tajribasini ko’rsatamiz. Uning yillik pul aylanmasi millard dollardan ortadi. Barcha 
ish Zappas kompaniyasi asoschisi Nik Suinmernning yaxshi oyoq kiyimlar tanlovi 
bo’lgan yirik magazinni tapa olmaganidan boshlangan. Uning biznes gipotezasi 
mijozlarning on-layn usulda oyoq kiyimi sotib olishga tayyor deb tahmin qilgani 
bo’lgan. Bu gipotezani tekshirib ko’rish uchun u barcha mahalliy magazinlarni 
aylanib chiqqan va ularning assortimentini rasmga olgan hamda bu rasmlarni o’z 
saytiga joylashtirgan. Endi agarda mijozlar bu rasmlar yordamida biror bir oyoq 
kiyimini tanlab, sotib olishni istasalar, uni magazinlardagi narxlarda harid 
qilishlariga imkoniyat yaratgan. Nik Suinmernnning asosiy maqsadi – bunday 
qulay internet-magazinga talab bormi yoki yo’qligini tekshirib ko’rish bo‘lgan. 
Zappos ning birinchi tajribasiyoq muvaffaqiyatli chiqqan va kompaniya bu 
tajribasida mijozlar va hamkorlarning faoliyatini o’rgana olgan, ulardan qandaydir 
yangi narsalarni o’rgangan va ularni kompaniya faoliyatiga tadbiq qila olgan. 
Bunday miqdoriy va sifatiy ko’rinishdagi ishlarni amalga oshirish raqamli biznes 
uchun juda muhim va foydali hisoblanadi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, 


474 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling