477
7.
ARPU (Average revenue per user) – har birjalb qilingan foydalanuvchidan
keladigan o’rtacha daromad miqdori.
ARPU ning kattaligi
MRR ni
UAcq ga
bo’lish natijasida
hosil qilinadi;
8.
LTV (
Life time value) – bir mijozning kompaniya mahsulotidan foydalanishi
yoki kompaniya bilan muloqot qilishi natijasida olingan daromad miqdori.
Masalan, mijoz servisni 3 yil davomida ishlatdi va buning uchun har oyda 350
dollardan to’lab turdi, kompaniya esa unga oyiga 100 dollardan sarf qildi. Bu
holda
LTVning kattaligi quyidagicha hisoblanadi: 3x12x(350-100) = 9000
dollar. Ya‘ni, mijoz 3 yil davomida kompaniyaga 9000 dollar
fayda keltirgan
ekan;
9.
COGS (Cost of goods sold) – har bir sotuvga hizmat ko’rsatish uchun
sarflangan mablag‘.
Metrikalarning iqtisodiy turi qanday qilib katta
pul topish va bu nimaga
bog’liqligini ko’rsatib bersa, mahsulot metrikalari mahsulotni qanday qilib
yahshilash mumkinligini aniqlashga imkon beradi.
13.3. Elektron biznesini moliyalashtirish usullari
Yuzlab milliard dollarlik kattalikka ega bo’lgan jahon internet bozorining
rivojlanishi nafaqat tadbirkorlar uchun qiziqarli, balki investorlarni ham o’ziga jalb
qiladi. Chunki bu sohada tavakkalchilik miqdori ancha katta bo’lishiga qaramay,
elektron biznesga bo’lgan investitsiyalar 3-5 yilgahca bo’lgan muddatlardi
Forbes
ning ma’lumotlariga ko’ra, 1000% gacha daromad keltirishi mumkin ekan.
Shuning
uchun ham venchur fondlar elektron biznes yo’nalishidagi loyihalarga
ularning boshlang’ich bosqichlaridayoq yaxshi niyat bilan pullar jalb qiladilar.
Ko’pchilik xollarda bunday biznes loyihalari yuqori texnologik va innovatsion
hususiyatga ega bo’ladilar. Investor uchun venchur investitsiyalash
juda yuqori
tavakkalchilik darajasiga ega bo’ladi. „
Venchure“ so’zi ham o’zbek tiliga tajima
qilinganida tavakkalchilik bilan boshlangan ish degan ma’noni berdai. Ammo
bunday biznes loyihasi innovatsion yangilik bilan bog’liq bo’lganligi uchun
investorning boshlang’ich kapital qo’yilmasini o’nlab, yuzlab va ba’zi xollarda esa
minglab marta katta miqdorda ko’paytirishga imkon beradi. Lekin suni ham aytish
478
kerakki, barhca vachur investitsiyalar ham muvaffaqiyatli bo’lavermaydi – 70%-
80% investitsiyalar zararga ham kirib ketishi mumkin. Qolgan 20-30%
venchur
investitsiyalar barcha zararlarni qoplaydi va katta foyda ham keltiradi.
„
MoneyTreeTM:Venchur bozori navigatori“ ning ma’lumotlariga ko’ra,2 013
yilning uchta choragida amalga oshirilgan venchur kelishuvlarning 157 tasidan 138
tasi
IT-loyihalarga to’g’ri kelganligini ko’rish mumkin. Keyingi yillarga
investorlar meditsinadagi, ta’limdagi, biotexnologiyadagi, transportdagi va moliya
soxasidagi loyihalarga ham faol investitsiyalarni amalga oshirmoqdalar.
Bunday
investorlarga misol qilib,
i2bf fondini,
Bright Energy (
al’ternativ energetika)
fondini,
QWave (
kvant texnologiyalari) fondini,
Biopress Capital Ventures va
Do'stlaringiz bilan baham: