O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Raqamli iqtisodiy fazoning tarkibiy elementlari
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Raqamli iqtisodiy fazoning tarkibiy elementlari
Texnik ta’minot Informatsion ta’minot Dasturiy ta’minot IT-konsalting Telekommunikatsiyalar Plarformali iqtisodiyot Raqamli hizmatlar Algoritmik iqtisodiyot Katta na’lumotlar iqtisodiyoti Raqamli sektor Raqamli iqtisodiyot Raqamlashtirilgan iqtisodiyot Almashinuv iqtisodiyoti Gigi iqtisodiot Frilansing Elektron tijorat Industriya4.0 Raqamli iqtisodiyotni torroq ma’noda tushunish uni raqamli hizmatlar, gigonomika va ma’lumotlarga raqamli ishlov berish bilan chegaralab qo’yadi. Uni keng ma’no datushunish esa raqamli iqtisodiyotni yuqoridagi ruyhatda keltirilgan barcha yo’nalishlarga bog’lab beradi. Bunda raqamlashtirish deganda, yangi intellectual raqamli tarmoqlar tushunilib, ular boshqaruv usullarini, optimallashtirishni, resurslarni birgalikda ishlatishni va elektron savdo jarayonini tubdan o’zgartirib yuboradi. Yuqoridagi bacha tashkil etuvchilarni integratsiya 492 qilish asosida raqamli texnologiyalar va raqamli faoliyat bilan birgalikda biznes- modellarning raqamli sektori hamda raqamli iqtisodiy fazo hosil bo’ladi. Endi yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning tarkib topishi va rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqamiz. Dunyodagi ko’pchilik mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, raqamli iqtisodiy fazo shakllanishining boshlang’ich bosqichida buning uchun kerakli bo’lgan IT-infratuzilmasini tashkil etish va buning uchun kerakli bo’lgan tarkibiy elementlarni yaratish kerak bo’ladi. Ko’pchilik Osiyo mamlakatlarida ularning mentalitetiga bog’liq ravishda, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etuvchi, boshqaruvchi, uning qonun-qoidalari va standartlarini yaratuvchi hamda asosiy investor sifatida davlat ishtirok etadi. Ammo bu infratuzilma yaratish uchun mamlakat ichidagi va tashqarisidagi investorlarni jalb qilishni ham istisno etmadi, albatta. AQSH va bir qancha Evropa davlatlarida esa raqamli iqtisodiyot uchun IT- infratuzilmasini yaratish va uni rivojlantirishda asosiy ishni trans milliy korporatsiyalar va yirik kompaniyalar amalga oshiradilar. Boshqa bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlarda esa raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratishda va ular uchun investitsiyalar kiritishda halqaro tashkilotlar (Jahon Banki, BMT va boshqalar) asosiy rol o’ynaydilar. Quyida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda davlatning roli qanday bo’lishini ko’rib chiqamiz. O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish uchun avvalo buning uchun mos bo’lgan normativ-huquqiy bazani yaratish kerak bo’ladi. Bu baza o’z ichiga yangi munosabatlar qanday amalga oshishini, iste’molchilar faoliyatini, infratuzilma qanday bo’lishini, qanday platformalardan foydalanish zarurligini, jamiyatni bu turdagi iqtisodiyotda faoliyat ko’rsatish uchun tayyorlashni, information havfsizlikni qanday ta’minlashni, ma’lumotlar konfidentsialligi qanday amalga oshirilishini, virtual olamdagi mulk egalarining haq-huquqlarini qanday himoyalash kerakligini qamrab olishi zarur bo'ladi. Respublika prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi 2017-2021 yillarga mo’ljallangan “O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh prioritetli rivojlanish yo’nalishlari bo’yicha davlat dasturi” doirasida ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha bir 493 qancha chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Davlat dasturining iqtisodiyot rivojlanishi va faol tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash deb nomlangan 3-bo’limining 3.1, 3.2 va 3.5 punktlarida “iqtisodiyotni boshqarishning yangi mexanizmlarini hamda zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish”, “raqamli texnologiyalarni tadbiq qilshga ko’mak berish”, “halqaro to’lov tizimlari bilan integrallashgan innovatsion texnologiyalar yordamida yangi turdagi bank hizmatlarini yaratish va bunda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” kabi bir qancha ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Yuqorida sanab o’tilgan va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar shuni ko’rsatadiki, respublikamizda raqamli iqtisodiyotning faol rivojlanishi uchun shart-sharoitlar asta-sekin bilan bo’lsada, yaratilayapti. Bu yo’nalishdagi normativ-huquqiy hujjatlar yaratish davlat, fan va biznes orasida yakin aloqalari bo'lishini talab qiladi. Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratishda davlat nodavlat tashkilotlari, xususiy va davlat sektori korxonalari hamda bunga qiziqish bildiradigan mahalliy va halqaro kompaniyalar (Qualys, Google, Amazon, Alibaba, Softline, Samsung, Huawei, UzCard, Uzonline va boshqalar) bilan yaqindan muloqot qiladi. Toshkent shaxrida bo’lib o’tgan (2017) IDC (International Data Corporation/Halqaro information korporatsiya) ning uchinchi yillik anjumani ham zamonaviy iqtisodiyotdagi raqamli transformatsiya, buymlar interneti, qo’shimcha virtual reallik va sun’iy intellect kabi masalalarni ko’rib chiqib, O’zbekistonning raqamli texnologiyalarni va uzoq muddatli raqamli platformalarni rivojlantirishining bir qancha perspektiv yo'nalishlarini aniqlab berdi. Raqamli iqtisodiyot zamonaviy AKT infratuzilmasi asosida rivojlanib, uning asosiy hususiyatlari – kompetentsiyalar, innovatsion yangiliklar va insonning bilimidir. Huddi shuning uchun ham mehnat bozorini transformatsiya qilish, ommani AKT bo’yicha savodhonlik darajasini oshirish hamda bilimli IT-kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga egadir. Respublikamizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sir qiladigan asosi faktorlar jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Insoniy resurslar 494 Telekommunikatsiyalarga bo’lgan investistiyalar va raqamli infratuzilmalar Dasturiy mahsulotlar va ilovalar yaratish Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga faol ta’siri Davlat boshqaruvi Xususiy sector O’zbekiston Respublikasi xudularida raqamli iqtisodiyot shakllantirish va uni rivojlantirish uchun insoniy resurslarga, IT-sohasiga investitsiyalarga, raqamli infratuzilmalarga, dasturiy ta’minot ishlab chiqarishga tayanadigan va bunda asosiy oyinchilar davlat hamda xususiy sector bo’lgan milliy raqamli strategiyani ishlab chiqish zarur.O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotning qanday rivojlanayotganligi haqidagi ma’lumotlarni quyidagi jadvaldan kuzatishimiz mumkin: Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling