O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

GPS yoki Glonassdan foydalanish imkoniyatlari, qishloq xo’jalik jarayonlarini 
raqamli usulda monitoring qilish va baholash, qishloq xo’jalik mahsulotlaridagi 
kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashni tashkil qilish masalalari ham 
imkoniyat darajasida ko’rib chiqilgan. Uchuvchisiz apparatlar yordamida qishloq 
xo’jalik ekinlarini masofaviy usulda tashxis qilish imkoniyalatlari ham yangi 
trendlar sifatida ko’rib chiqilgan. Maqola so’ngida yuqorida aytilganlardan kelib 
chiqqan holda mamlakat qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirish maqsadida 
agrosanoatni raqamli transformatsiya qilishdagi eng birinchi navbatdagi masalalar 
aniqlab chiqilgan. Shu jumladan, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, 
saqlash, joylash, savdo tarmoqlariga yetkasib berish, o’simliklarning xolati 
haqidagi ma’lumotlarni yig’ish va ularni qayta ishlash, o’simliklar rivojlanishi 
uchun optimal sharoitlar yaratish uchun xizmat qiladigan dasturiy-texnik vositalar, 
texnologiyalar va universal modullar yaratish masalalari ham ko’rib chiqilgan.
Endi aqlli qishloq xo’jaligi nima ekanligini tushuntirib o’tishimiz mumkin: Aqlli 
qishloq xo’jaligi qandaydir turlardagi kompleks intellektual tizim (masalan, sun’iy 
intellekt (AI), virtual voqe’lik (VR) yoki to’ldirilgan reallik (AR), IoT –buyumlar 
interneti, neyron tarmoqlar va boshqalar) bo’lib, u avtomatlashtirilgan rejimda 
biror bir xududning tuprog’i xolati, yer usti va osti xolati, suv resurslari, xovoning 
holati kabi ma’lumotlarni avtomatik ravishda yig’adi, tahlil qiladi, qayta ishladi, 
yangilaydi, modellashtiradi va bular asosida optimal yechimlar topib beradi (buni 
adaptiv-landshaft yechimlar deb ham ataladi). Bu optimal yechimlar sirasiga 
qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirishni, turli xildagi o’simliklar uchun kerakli 
bo’lgan maydonlarni ajratishni, almashlab ekishni tartibga solishni, ekinlarga 
ishlov berish agrotexnologiyalarini, yer maydonlarini va ularning xolatini 
avtomatik ravishda baholashni, kadastr baholov va monitoringni, qishloq xo’jalik 
ekinlarining xolatini nazorat qilishni va baholashni, yer resurslaridan foydalanish 
samaradorlinini aniqlashni, agrotexnologiyalarning atrof muhitga va ishchi-
xizmatchilarga ta’sirini kiritish mumkin. Qishloq xo’jaligida raqamli 


497 
texnologiyalardan foydalanish jarayonini quyidagi soddalashtirilgan chizma 
vositasida tasvirlashimiz mumkin:
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasida va jahon 
miqyosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning uch asosiy bosqichini ajratib 
ko’rsatishimiz mumkin:
1. Pilot texnologiyalar bosqichi – qishloq xo’jaliпida geopozitsiyalanish 
texnologiyalarini tadbiq eta boshlash, qishloq xo’jalik ekin maydonlarning 
monitoringini raqamli texnologiyalar vositasida keng miqyosda yo’lga qo’yish, 


498 
qishloq xo’jalik texnikasining xolatini avtomatlashtirilgan usullarda kuzatishni 
amalga oshirish; 
2. Agrotexnologiya bozorining to’yinishi– hozirgi davrda jahon miqyosida 
raqamli texnologiyalarning va bu soha bo’yicha tarmoq standartlarining soni 
ko’payib, kritik hajmga yetib qoldi. Qishloq xo’jalik mashina va 
uskunalarining barcha yirik ishlab chiqaruvchilari o’z mashina va 
uskunalarining ishlatilishini optimallashtiradigan yechimlar va dasturlar taklif 
qila boshladilar. Ekinlar va yerlarga aniq ishlov berish bo\yicha bir qanvha 
yechimlar mavjud. Mamlakatimizdagi qishloq xo’jaligi bo’yicha mutaxassislar 
ushbu barcha texnika va texnologoyalarni o’zlashtirib olishlari va bu 
yo’nalishdagi bir qancha muhim masalalarni hal qilishlari lozim, shu jumladan, 
geoma’lumotlarni hosildorlikni bashoratlash uchun ishlatish, qishloq ho’jaligi 
ishlarini 
optimallashtirish, 
suv 
va 
mineral 
o’g’itlar 
ta’minotini 
avtomatlashtirish, qishloq ho’galik mahsulotlarini uzoq muddat buzilmasdan 
saqlanishini yo’lga qo’yish, logistikani boshqarish, mahsulotlar yetkasib 
beradigan avtotransport parkining ishini boshqari va boshqa ko’pgina 
masalalar. Agrotexnologiyalarning yangi avlodi sifatida dunyo yuzini 
ko’rayotgan blokcheyn texnologiyalar va buyomlar internetini ham 
rivojlantirish qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilishda katta ahamiyatga ega 
bo’lishi mumkin; 
3. Kelajak agrotexnologiyalarning eng asosiy trendlarida biri integratsiyadir
Chunki, qishloq xo’jaligini raqamlashtirish yo’nalishida yagona standartlar va 
original yechimlar taklif qiladigan, raqamli agrotexnologiyalar sohasidagi ilmiy 
yutuqlarni birlashtira oladigan, tanlov masalasini ijobiy hal qiladigan va 
mavjud risklarni kamaytira oladigan kompaniyalar bu sohada liderlar bo’lib 
qoladi. Innovatsiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish bo’yicha eng taniqli 
kompaniyalardan biri Accenture ningilmiy ishlari natijasida,jahon qishloq 
xo’jaligida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish muammosining hal 
qilinishida integrallashgan bulutli servislardan foydalanish katta ahamiyatga 
ega bo’lishi aniqlangan. Bunday servislar qishloq xo’jaligi mashina, qurilma, 


499 
uskuna va datchiklaridan ma’lumotlar olish va ularni saqlash masalasini hal 
qilib beradilar va buning natijasida turli formatlar hamda protokollarning 
mosligini ta’minlab beradilar. Bundan tashqari, yagona servis butun bit tarmoq 
miqyosida faoliyat ko’rsatadigan kompaniyalar tomonidan ma’lumotlarni 
samarador ishlatishni ta’minlab bera oladi, shu jumladan, yer maydonlarini 
masofaviy zondlashtirish, giperspektral aerofotos’emka, ob-havo bashorati, suv 
resurslari xolati bo’yicha ma’lumotlar va boshqalar. Bulutli servisning 
qo’shimcha afzalliklariga agrar sector xizmatchilarini logistika va marketing 
bo’yicha qo’llab-quvvatlash ham kiradi. Aniq va o’z vaqtida olinadigan 
ma’lumot turli xildagi qishloq xo’jalik ekinlaridan kamroq yoki keragidan 
ko’proq miqdorda hosil olish tavakkalchiligini ancha kamaytiradi
agromahsulotlarga real narx belgilash imkoniyatini yaratadi, vositachilarga 
bo’ladigan qo’shimcha harajatlarni kamaytiradi, qishloq xo’jalik mahsulotlari 
yetkazib berish bo’yicha transport zanjirlarini tashkil qilishni osonlashtiradi va 
tayyor qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlashni ancha yahshilaydi. Accenture 
kompaniyasining hisob-kitoblariga ko’ra, yagona bulutli servislarning tadbiq 
qilinishi bir gektardan olinadigan hosil miqdorini ikki barobar oshirishga olib 
kelar ekan. Demak, bunday servislarning tashkil qilinishi qishloq xo’jaligini 
raqamlashtirish jarayonini anchagina tezlashtirishga olib keladi.
Endi yuqoridagi aniqlanuvlardan so’ng, zamonaviy qishloq ho’jalik 
texnologiyasi AgTech (Agronomic Technology) nima ekanligini quyidagi tarzda 
aniqroq qilib tushuntira olamiz: Qishloq xo’jalik texnologiyasi yoki 
agrotexnologiya (AgTech) agrobiznes sohasi mahsulotlari qiymatini yaratish 
zanjiridagi qandaydir aniq bir ekotizim bo’lib, u kimyo, biologiya, biokimyo, 
agronomiya, o’simlikshunoslik va shunga o’xshash fanlar kesimida paydo 
bo’lgan. PwC kompaniyasining ta’kidlashicha, ushbu holatda raqamlashtirish 
jarayoni burilish nuqtasi sifatida namoyon bo’lib, u qishloq xo’jaligining 
kelajakdagi rivojlanishiga poydevor sifatida xizmat qiladi. AgTech-loyihalarda 
ROI (Return of Investment) ko’rsatgichi qishloq xo’jaligiga bo’lgan boshqa 
an’anaviy investitsiyalarga nisbatan ancha katta miqdorda bo’ladi. Shuning uchun 


500 
bo’lsa kerak, faqat 2017 yilning o’zidayoq agrotexnologiyalarga bo’lgan 
investitsiyalar shunday kompaniyalarni sotib olish yoki ularga investitsiyalar 
kiritish natijasida salkam 32% ga ortdi yoki pulda ifodalaganda, $2,6 milliard 
dollarga o’sdi (Forbes ning ma’lumotlari). Bu xolatning sababini usoqlardan 
qidirib yurishning keragi yo’q, sabab juda oddiy – yer kurrasidagi insonlar soni 
borgan sari ortib bormoqda va ularning barchasini oziq-ovqat bilan ta’minlab 
turish kerak. BMT ning bashoratlariga ko’ra, 2025 yilga kelib, yer sharidagi aholi 
soni 8,1 milliarddan oshib ketadi, 21 asr o’rtasiga kelib esa 9,6 milliardga yetadi. 
Mutaxassislarning fikrlariga ko’ra, raqamli transformatsiya tufayli, qishloq 
xo’jaligi tarmoqlarining yalpi mahsuloti 60% dan ortiqqa ko’payadi va shu tufayli 
oziq-ovqat yetishmovchiligi kutilmaydi. Raqamli agrotexnologiyalar sohasidagi 
bunday yangiliklar bilan bog’liq ravishda O’zbekiston Respublikasi normativ-
xuquqiy hujjatlar portalida bacha tanishishi va muhokama qilinishi uchun “Aqlli 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling