O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

qishloq xo’jaligi”ni tadbiq qilishning kontseptsiyasini loyihasi nashr etildi. Ushbu 
kontseptsiyaning 
asosiy 
maqsadlari 
– qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
xosildorligini va sifatini oshirish, chorvachilik mahsulotlarining samaradorligini 
ko’paytirish, qishloq xo’jalik ekinlarini kasallik va zararkunandalardan 
himoyalash, turli hildagi o’simliklarning rivojlanishiga tashqi ta’sir etuvchi nobop 
faktorlarning oldini olish, qishloq xo’jaligining zamonaviy usullarini tadbiq qilish 
va ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirishdir. Bunda alohida e’tibor 
mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga yuqori texnologiyalarni tadbiq qilishga va 
xo’jalik yuritishning raqamli usullarini keng miqyosda qo’llashga qaratiladi. Ushbu 
maqolada esa mualliflarning taklif etilayotgan kontseptsiyaga nisbatan tanqidiy 
fikrlari, uni rivojlantirish bo’yicha takliflari va bu yo’nalishdagi bir qancha 
qo’shimcha imkoniyatlar yoritiladi.
Bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasida aqlli qishloq xo’jaligi 
kontseptsiyasini to’laqonli tadbiq etishning eng asosiy masalalari sifatida 
quyidaglarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin: 

Mavjud suv, energetika, mineral, material va texnik resurslardan foydalanishnig 
eng yangi va tejamkor raqamli texnologiyalaridan foydalanish; 


501 

Zamonaviy raqamli information texnologiyalar va boshqaruv tizimlari yordamida 
ochiq va yopiq yer maydonlarida tomchilab sug’orish tizimlarini keng miqyosda 
ishlatish; 

Jahonning turli mamlakatlarida ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalar 
yordamida ochiq, yopiq va yarim yopiq yer maydonlarida hamda teplitslarda 
mahalliy va turli xildagi tropik o’simliklar yetishtirishni yo’lga qo’yish; 

Sun’iy substratlardan foydalangan xolda perlitlar va aeron texnologiyalari 
yordamida mahsulotlar yetishtirish hamda ularni yaqin va uzoq mamlakatlarga 
eksport qilish;

Zamonaviy aeroponika va gidroponika usullaridan foydalangan xolda aqlli 
teplitslarda jahon bozorida talabgor bo’lgan ekologik toza qishloq xo’jalik 
mahsulotlari yetishtirish; 

Respublika uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan oziq-ovqat havfsizligini ichki 
va tashqi investitsiyalar jalb qilish orqali ta’minlash maqsadida qishloq xo’jaligini 
boshqarish uchun perspektiv raqamli texnologiyalarni qo’llash;

Qishloq xo’jaligiga turli xildagi zamonaviy resursni tejaydigan texnologiyalarni 
qo’llash, shu jumladan, aniq ekuvchi mexanizmlardan foydalanish, xar bir birlik 
ekin maydoniga qancha mineral o’g’it ketishini aniq bilgan xoldaturli xildagi 
o’g’itlarning sarfini kamaytirish;

Turli xildagi qishloq xo’jalik ishlarini amalga oshirish xamda ularning hisobini 
aniq yuritish uchun navigatsion GPS-qurilmalar bilan ta’minlangan qishloq 
xo’jalik mexanizmlari va texnologik jihozlardan foydalanish;

Qishloq xo’jalik texnikasini va jihozlarini boshqarish, chorva mollariga qarash
sut sog’ish va shu kabi ishlarni amalga oshirish uchun robototexnika vositalaridan 
foydalanish;

Yer resurslaridan foydalanishni hisobga olish, qishloq xo’jalik ekinlarining 
holatini nazorat qilish, ularni kasallik va zararkunandalardan himoyalash hamda 
yaylovlardagi chorva mollarini kuzatish uchun uchuvchisiz qurilmalar – 
dronlardan foydalanish;


502 

Mamlakat qishloq xo’jaligining turli xil yo’nalishlaridagi yuqori texnologiyali 
sohalarda ishlash uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va ularni qishloq 
xo’jalik ishlariga jalb qilish;

Resbublika qishloq 
xo’jaligining turli sohalariga ilg’or innovatsion 
texnologiyalarni va chet el tajribasini joriy qilish;

Keyinchalik umumrespublika miqyosida foydalanish maqsadida oldin shaxarlar 
va so’ngra viloyatlar miqyosida ma’lumotlarni raqamli usulda almashinishga 
o’tish;

Kelajakda to’liq elektron ish yuritishga o’tish maqsadida qog’oz ko’rinishidagi 
ma’lumotlardan va hisobot formalaridan imkoniyat darajasida voz kechish;

Qishloq ho’jalik xizmatchilari, fermerlar va ishlab chiqaruvchilar hamda davlat 
boshqaruv organlari orasidagi aloqa samaradorligini elektron usullardan 
foydalangan xolda sezilarli darajada oshirish;

Mahalliy sharoitlarda turli xildagi qishloq xo’jalik ekinlarni yetishtirish usullari va 
uslubiyati bo’yicha omma foydalana oladigan elektorn ma’lumotlar bankini 
yaratish va bu haqdagi ma’lumotlarni barcha qishloq xo’jaligi xodimlariga 
yetkazish – bu qishloq xo’jaligini ilmiy asosda yuritish va yuqori hosildorlikka 
erishishga yordam beradi;

Qishloq ho’jaligini boshqarishning samarador mexanizmini yaratish uchun 
ekinlar va chorva mollarining doimiy monitoring va baholanuvini yo’lga qo’yish 
lozim;

Qishloq xo’jalik xodimlari va fermerlarni mahsulotlarni yetishtirish, yig’ib olish, 
saqlash, qayta ishlash, sotish va marketing hamda logistika jarayonini amalga 
oshirish bo’yicha maslahatlar bera oladigan konsalting kompanilari faoliyatini 
yo’lga qo’yish;

Qishloq xo’jaligini respublika va viloyatlar miqyosida samarali boshqarish
consulting hizmatlarini berish va monitoring qilish bo’yicha raqamli platformalar 
yaratish;


503 

Respublikaning tez o’zgaruvcha continental muhitiga moslasha oladigan qishloq 
xo’jaligi o’simliklari va uy xayvonlari yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish 
yoki boshqa mamlakatlarda mavjudlarini ijodiy ravishda o’zlashtirish;

Qishloq xo’jalik ekinlarining mahalliy klimatik sharoitlarga chidamli bo’lgan 
yangi sortlarini yaratish bo’yicha ishlarni gen injeneriyasi usullari yordamida 
rivojlantirish;

Qishloq xo’jalik mahsulotlarini uzoq muddat saqlay oladigan va oson 
transportirovka qila oladigan jihozlar, usullar, transport vositalari va mashina-
mexanizmlar yaratish;

Qishloq xo’jalik mahsulotlarining jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan 
ekologik toza bozorbop turlarini yetishtirish uchun mo’ljallangan qishloq 
xo’lagigi infratuzilmasini tashkil qilish;

Raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida davlat tomonidan qishloq 
xo’jaligi uchun ajratilgan davlat mablag’larining, yer maydonlarining va moddiy 
boyliklarining samaradorligini ta’minlash;

Eng ilg’or xorijiy analoglar asosida rejali tarzda “Aqlli qishloq xo’jaligi” 
texnologiyalarini mamlakatimiz xududlarida tadbiq qilishga erishish;

Innonatsion yechimlar asosida qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari logistik 
infratuzilmasining samaradorligini oshirish.
Yuqorida sanab o’tilgan masala va muammolarni hal qilish hamda hayotga tadbiq 
qilish uchun qishloq xo’jaligiga zamonaviy raqamli texnologiya usullari va vositalarini 
tadbiq etish talab qilinadi. Buning uchun esa yuqorida ko’rsatilgan takliflarni vaqt va 
fazo masshtabida samarali ravishda rejalashtirsh talab etiladi. Bu ish albatta sun’iy 
intellekt texnologiyalari (AI) ni qo’llashni, ma’lumot yig’ish, uzatish, qayta ishlash va 
saqlash uchun big data dan foydalanishni, turli xildagi sharoitlarda qishloq xo’jaligini 
boshqarish va monitoring qilish uchun virtual reallik (VR) hamda to’ldirilgan reallik 
(AR) texnologiyalarini qo’llashni talab qiladi. Qishloq xo’jalik ekinlarining real xolatini 
tezkor bilish va buning asosida ularni optimal boshqarish uchun esa buyumlar interneti 
(internet of things – IoT) dasturiy-texnik vositalaridan foydalanish ham talab etiladi.


504 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va bular bilan bog’liq 
bo’lgan davlat tashkilotlari bo’yicha barcha ma’lumotlarni mahsus integrallashgan 
Aqlli qilshloq xo’galigi” platformasida saqlash ayni muddao bo’ladi. Ushbu 
platformaning ochiqligini ta’minlash uchun uning funktsiyalari davlat, bank, soliq, 
sug’urta va moliya tashkilotlari bilan bilan integrallashgan bo’lishi lozim. Bunday 
raqamli texnologiyasi platformalarining qishloq xo’jaligiga tadbiq qilinishi o’z-o’zidan 
shunga mos bo’lgan infratuzilmani ham talab qiladi. Bu esa o’z navbatida, yuqori 
tezlikli internet va mobil aloqani rivojlantirmasdan amalga oshirila olmaydi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishonchli realizatsiyasini ta’minlash uchun 
mahsulotlarning saqlash joylarida va ularni transportirovka qilishda belgilardan
chipladan, identifikatorlardan, raqamli texnologiyalar va tizimlardan foydalangan xolda 
kuzatiluvchanligini ta’minlab berish kerak bo’ladi. Ba’zi xolatlarda esa bozor 
ishtirokchilarining aloxida kategoriyalari uchun individual texnologik yechimlar 
to’plami ham kerak bo’lib qolishi mumkin. Raqamli transformatsiya jarayonida qishloq 
xo’jaligi maxsulotlarini sotish uchun esa mahsus on-layn platformalar va tizimlar ham 
kerak bo’ladi, albatta. Bu sohaga tegishli bo’lgan qonunlar, qonun osti hujjatlari, norma 
va nomativlar, standartlar kerak bo’lishi esa aksiomaday bir gap. Bunday hujjatlar jahon 
standartlariga mos bo’lishi va yetkazib berilayotgan mahsulot sifatida eng yuqori 
talablarni o’zida aks ettirishi lozim.
Raqamli texnologiyalardan keng miqyosda foydalanilgan sharoitlarda o’simlik 
dunyosi, qishloq xo’jaligi ekinlari va chorvaning xolatini masofaviy usulda kuzatib 
turishga imkon beradigan zondlashtirish usullaridan xam foydalanish mumkin. Ammo 
bunday tizimlarni keng miqyosda ishlatish uchun avval ularni bir hudud yoki viloyat 
miqyosida tekshiruvdan o’tkasizsh talab qilinadi va agarda bu testlashtirihs jarayoni 
muvaffaqiyatli amalga oshsa, endi uni boshqa joylarda ham hayotga tadbiq qilish 
mumkin bo’ladi. Yangi qishloq xo’jalik texnologiyalarinin sinovdan o’tkazganda 
kuyidagi ko’rsatgichlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo’ladi: ishlab chiqarish 
saradorligining oshishi, tekshiruvning nazorati ta’minlanuvi, yerga aniq ishlov berish 
texnologiyasi, vegetastion davrning nazorati, kuzatiluvchanlik, raqamli maydon 


505 
ko’rsatgichlari, chorva mollarini raqamlashtirish jarayoning amalga oshirilishi, 
omborlarda mahsulotlarning mavjudligi, mahsulotlar guruhiga talab va taklifning 
qanchaligi, alohida tovar guruhlariga bo’lgan bashorat, va boshqalar.
Oxirgi fikr tariqasida shuni aytib o’tish mumkinki, mamlakatimizda yuqori 
darajadagi zamonaviy qishloq xo’jalik madaniyati tarkib topmagani tufayli, qishloq 
xo’jaligi hodimlarini, fermerlarni va bu sohada ish bilaln mashg’ul bo’lgan barsha 
insonlarga sifatli darajada ta’lim berishni yo’lga qo’yish hal qiluvchi ahamiyatga 
molikdir. Qihsloq xo’jaligi uchun kadrlar tayyorlashga mo’ljallangan institut va 
universitetlarning sonini oshirish, ulargadi qabul kvotalarini ko’paytirish, professor-
o’qituvchilarning malakalarini oshirish, o’quv dargohlarida zamonaviy AKT va raqamli 
texnologiyalar bo’yicha yangi fanlarni kiritish qishloq xo’jaligida raqamli 
transformatsiya jarayioni amalga oshrishda katta va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi 
mumkin.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling