O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Web Services kompaniyasining xosting bo’yicha xizmatlari uchun o’z vaqtida
to’lov qila olamaganligi bo’lgan. Chunki xuddi shu sababli kompaniya foydalanuvchilarning 400 million fotosini yo’qotib qo’ygan. Foydalanilayotgan informatsion tizimlarning ishonchli emasligi - bunda gap texnik muammolar, shaxsiy ma’lumotlarni yo’qotish, firibgarlar xujumiga uchrash, xakerlar xujumi va shunga o’xshash sabablar xaqida ketadi. Katta kompaniyalarga hizmat ko’rsatish uchun B2B segmentini tanlash – kompaniya nima bilan shug’ullanishidan qat’i-nazar, agar u 70-80% foyda keltiradigan katta kompaniyaga bog’liq bolsa, qandaydir vaqtda katta mijozning o’zi xuddi shunday servisga ega bo’lish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Masalan, Aviation kompaniyasi General Electric, Honeywell, Boeing va boshqa katta kompaniyalarga hizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan edi. Lekin on-layn bozorda katta tarmoq kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan elektron savdo maydonlari paydo bo‘lganidan so’ng, kompaniya inqirozga uchradi. Chunki bu ishni aiakompaniyalarning sadvo-sotiq ishlari bilan shug’ullanishga mo’ljallangan Aerospan va Trade Air elektron savdo maydonlari bajara boshladi. Kompaniya asoschilari, direktorlar kengashi va yetakchi menejerlar orasida kelishmovchiliklarning yuzaga chiqishi, kompaniya uchun muhim bo’lgan eng asosiy shaxslarning biznesni tark etishi, kompniyaning bir qancha sabablarga ko’ra bo‘laklarga ajrab ketishi va boshqalar. 487 Faoliyat olib borilayotgan bozorning aloxida hususiyatlari ham biznesning rivojlanishiga to‘siq bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, firibgarlar va tovlamachilarning kopligi, logistikaning talab darajasida emasligi, malakali kadrlarning yetishmasligi, injener-texnik xodimlar kamchilligi va boshqalar. Barcha startaplarning boshlang’ich g’oyaning yuzaga kelishi va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bopsqichlarida bir xildagi muammo va masalalar hal qilinadi: G’oyalar bilan qanday qilib ishlash lozim, Qanday qilib komandani tanlash mumkin, O’z g’oyasini qanday qilib himoya qilinadi, Qanday qilib kompaniyani moliyalashtirish mumkin, Bu ishni qilish muvaffaqiyatga olib keladimi, Qachon investorga murojaat qilish kerak, Qanday qilib mahsulotni yaratish va uni mukammalashtirish mumkin, Bugungi kunda qanday yangi turdagi mahsulot va hizmatlarini iste’molchilarga taklif qilish mumkin? Bu masalalarni hal qilishda mahalliy va halqaro raqamli elektron bozorni har tomonlama o’rganishdan boshqa chora yo’q albatta. Bu esa internetdagi adabiyotlar, yangiliklar va manba’lar bilan muttasil ishlashni, o’rganishni hamda eng yangi mahsulot va xizmatlarni bevosita sinab ko’rishni talab qiladi. O’z mahalliy bozoringizdagi hozircha qondirilmagan talablarni har tomonlama o’rganish ham biror bir yangi innovatsion g’oyaga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, innovatsion raqamli biznesning eng asosiy elementlari iste’molchilar uchun qandaydir yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish, uning ahamiyatini ko’rsatish, usabilityning oliy darajasiga erishish, mijozga yo’naltirlgan yondoshuv va individual talablarni maksimal darajada qondirishdir. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling