15-BOB. PLATFORMALAR ASOSIDA TASHKIL ETILADIGAN
ELEKTRON TIJORAT VA ELEKTRON BIZNES
15.1. Platformalar haqida tushincha va platforma texnologiyalari
Umuman aytganda, platforma tuhunchasi zamonaviy boshqaruvda ancha yangi
atamadir. Ammo bu tushuncha ko’p vaqtlar mobaynida muhandislik sohasida
qo’llanilab kelingan va bu sohada platforma deb, modul arxitektura hamda
umumiy qoidalar asosida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar oilasi tushunilgan
(masalan, yagona platforma asosidagi avtomobillar olilasi). Ma’lum bir loyihaviy
yechimlardan, jarayonlardan yoki tashkil etuvchilardan qaytadan foydalanish
kompaniyalarning vaqtini va turli resurslarini anchagina tejashga imkon beradi
hamda mahsulotlar oilasini yangilashga olib keladi.
Kompaniya mahsulotining yoki (va) uning texnologiyasining platformasi
(ichki platforma) kompaniyaga tegishli bo’lgan aktivlarning, shu jumladan,
umumiy bazaviy texnologiya (masalan, IT-texnologiya yoki dizayn), loyihaviy
yechimlar, tashkil etuvchi komponentlar va boshqalarning majmui bo’lib, ularning
asosida kompaniya turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarishi yoki hizmatlar
ko’rsatishi mumkin. Yuqori texnologiyali biznesda ko’pchilik mahsulotlar bazaviy
arxitektura (mahsulot platformasi) asosida ishlab chiqilgan yoki tashkil etilgan. Bu
holat
kompaniyaga
differentsiyatsiya
strategiyasidan
foydalangan
holda
mahsulotlarning keng spektrdagi turlarini ishlab chiqarishga imkon beradi.
Kompaniyada o’ziga tegishli (proprietary) yoki himoyalangan (defensible)
platformalarining mavjudligi yuqori texnologik kompaniyaga raqobatbardoshlilik
afzalliklarini taqdim etadi va bu qandaydir bir vaqtga kelib, kompaniya
rivojlanishiga to’siq bo’lib qolishi ham mumkin. Apple kompaniyasi o’zining
Do'stlaringiz bilan baham: |