O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

iWatch soatini iPhone da amalga oshirilgan o’z texnologik platformasi uchungina 


521 
ishlatishni mo’ljallagan va bu yangilikning rivojlanish potentsiyalini ancha 
toraytiradi. Agarda kompaniyaning ichki platformasi tarmoqdagi boshqa muhim 
kompaniyalar tomonidan qabul qilinsa, u xolda bu ichki platforma tarmoq 
platformasida aylanadi va keyinchalik u tarmoq standarti bo’lib qolishi ham 
mumkin. Ammo raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan ko’pchilik tarmoq 
platformalari 
maqsadli 
ravishda 
tashkil 
qilinadi 
va 
rivojlantiriladi. 
Mutahassislarning fikrlariga ko’ra, yuqori texnologiyalar sohasidagi yo’lboshchi-
liderlar tarmoq platformalarini yaratishlari lozim, boshqa kompaniyalar esa bunday 
platformalarning qimmatliligini oshirish uchun ularga qo’shimcha mahsulotlar va 
hizmatlar yetkazib berishlari lozim. Bu holda tarmoq platformasi ma’lum bir 
kompaniyaning platformasiga nisbatan ancha foydali va hayotiy bo’lishi mumkin. 
Chunki tarmoq platformasi tarkibida tarmoq effekti va bir-birini to’ldiradigan 
innovatsiyalar bo’ladi. Yuqori texnologiyalar sohasidagi tarmoq platformalarining 
keng miqyosda qo’llanilishi 90 yillar oxiri va 2000 yillar boshlarida boshlangan. 
Masalan, dasturiy ta’minot sohasidagi tarmoq platformalari DOS va Windows 
bunga misol bo’la oladi. Microsoft kompaniyasining muvaffaqiyati ham uning turli 
kompaniyalar va dasturchilar bilan hamkorlikka asoslangan edi. Umuman 
aytganda, dasturiy ta’minot ishlab chiqarish industriyasi platformalar ishlab chiqish 
va ularni keng miqyosda ishlatish bo’yicha peshqadamlardan hisoblanadi. Bunday 
platformalarning ochiqligi, qulayligi va oddiyligi barcha tarmoq landshaftini 
tubdan o’zgartirib yubordi. Shuning uchun ham, platforma texnologiyalari bilan 
shug’ullanadigan boshqa tarmoqlar dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish 
tarmog’idan ko’p narsalani o’rganishlari mumkin. Muvaffaqiyatli tarmoq 
platformalariga yaqqol misollar sifatida 1C, МИР to’lov tizimi va professionallar 
uchun logistika Log4Pro tizimlarini keltirishimiz mumkin. Platformalarning 
muvaffaqiyatli ravishda ishlashi uchun bunga qiziqqan iste’molchilar va yetkazib 
beruvchilar bo’lishi lozim. Chunki iste’molchilar qanchalik ko’p bo’lsa, yetkazib 
beruvchilar ham shunchalik ko’p bo’ladi. Buni Uber va Yandex.taxi ga o’xshash 
taksi hizmatlari yaqqol ravishda namoyon qiladi. Platformasiz ikki tomon (mijoz va 
haydovchi) ham foyda ololmaydi, shuning uchun ham platforma ikkala tomon 


522 
uchun foydali bo’lishi lozim – buni bilvosita tarmoq effekti deb ataladi. Tarmoq 
standartlari nuqtai-nazaridan platformalarning faoliyati tahlil qilingan ilmiy 
izlanishlarga Nobel mukofoti laureati Jan Tirolning “Platform Competition in 
Two-Side Markets” maqolasi misol bo’la oladi. Keyinchalik O.Gassman va boshqa 
mutaxassislar “ikki tomonlama bozor” turidagi platformalarning faoliyat ko’rsatish 
modelini menejment nuqtai-nazaridan tavsiflab berdilar. Ularning fikricha, bunday 
modelni ilk bora yuz yillar avval birjalar ishlatganlar. Hozirgi zamonda esa “ikki 
tomonlama bozor” turidagi modellarning juda ko’p turlari mavjud (Иоффе Д., 
Кусумано М. Искусство стратегии: Уроки Билла Гейтса, Энди Гроува и 
Стива Джобса. М.: Манн, Иванови Фербер, 2016. С. 21. va Roche J.C., Tirole 
J. Platform competition in two-side markets. Journal of European Economic 
Assosiation, 2003. Vol. 1; № 4. Р. 990—1029) va ular bilvosita tarmoq effektini 
ta’minlab beradilar. Misol sifatida kredit kartalarini (VISA va Master Card), 
savdo markazlarini, onlayn savdo maydonlarini, chegirmalar platformasini 
Groupon, reklama hisobiga nashr qilinadigan gazetalarni va boshqalarmi keltirish 
mumkin. Bu holda platforma – ma’lum bir sohaga mansub bo’lgan biznesning 
modeli bo’lib, u qandaydir kompleks asosida bir-biriga bog’liq bo’lmagan guruhlar 
orasida ma’lumot almashinishni ta’minlab beradi. Bunday platformalarni ba’zida 
toza platformalar” deb ham ataladi (masalan, YouTube va VISA). Platformalar 
asosida amalga oshiriladigan biznes an’anaviy bir o’lchamli yoki chiziqli 
biznesdan farqli ravishda, ko’p o’lchamli bo’lib qoladi, bunday platformalarni 
tashkil qiladigan kompaniyalarni esa katalizator-kompaniyalar deb nomlanadi. 
Chunki platformalardan foydalanish tufayli, yangi ma’lumotlar ikki yoki undan 
ortiq bir-biriga bog’liq bo’lgan iste’molchilar guruhi orasidagi o’ziga hos katalitik 
reaktsiya natijasida hosil bo’ladi (ГассманО., ФранкенбергерК., ШикМ. Бизнес-
модели: 55 лучших шаблонов. М.: Альпина Паблишер, 2016. , Эванс Д., 
Шмаленси Р. Код катализатора. Стратегии прорыва в современном 
бизнесе. М.: Вершина, 2008. С. 12.).
21-asrda raqamli texnologiyalar mavjudligi tufayli, platformalarni yaratish va 
rivojlantirish ancha oson va arzon bo’lib qoldi, chunki endi oldingi davrlarga 


523 
o’xshash, platformalar tashkil qilish uchun o’tmishdagiday katta hajmlardagi 
investitsiyalar, material aktivlar va infratuzilmalar zarur emas. Bu esa o’z 
navbatida Uber, Gett, Яндекс.Такси, Airbnb, Booking.com, Alibaba kabi 
platformalarning juda ko’payib ketishiga olib keldi. Zamonaviy raqamli 
platformalar mahsulot va hizmatlarni yangicha ifodalash va sotishga, kompaniyalar 
va insonlar (actorlar) ning tarmoq asosida muloqot qilishiga, aktivlarni birgalikda 
ishlatish (sharing) printsipini realizatsiya qilishga imkon beradi. Shuning uchun 
ham platform uning egasi uchun nafaqat biznes modeli bo’lib hizmat qiladi, balki u 
iste’molchilarning muammolarini hal qilish uchun ishlatiladigan modelga ham 
aylanadi. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling