O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1C, МИР
- YouTube va VISA
- Uber, Gett, Яндекс.Такси, Airbnb, Booking.com, Alibaba
iWatch soatini iPhone da amalga oshirilgan o’z texnologik platformasi uchungina
521 ishlatishni mo’ljallagan va bu yangilikning rivojlanish potentsiyalini ancha toraytiradi. Agarda kompaniyaning ichki platformasi tarmoqdagi boshqa muhim kompaniyalar tomonidan qabul qilinsa, u xolda bu ichki platforma tarmoq platformasida aylanadi va keyinchalik u tarmoq standarti bo’lib qolishi ham mumkin. Ammo raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan ko’pchilik tarmoq platformalari maqsadli ravishda tashkil qilinadi va rivojlantiriladi. Mutahassislarning fikrlariga ko’ra, yuqori texnologiyalar sohasidagi yo’lboshchi- liderlar tarmoq platformalarini yaratishlari lozim, boshqa kompaniyalar esa bunday platformalarning qimmatliligini oshirish uchun ularga qo’shimcha mahsulotlar va hizmatlar yetkazib berishlari lozim. Bu holda tarmoq platformasi ma’lum bir kompaniyaning platformasiga nisbatan ancha foydali va hayotiy bo’lishi mumkin. Chunki tarmoq platformasi tarkibida tarmoq effekti va bir-birini to’ldiradigan innovatsiyalar bo’ladi. Yuqori texnologiyalar sohasidagi tarmoq platformalarining keng miqyosda qo’llanilishi 90 yillar oxiri va 2000 yillar boshlarida boshlangan. Masalan, dasturiy ta’minot sohasidagi tarmoq platformalari DOS va Windows bunga misol bo’la oladi. Microsoft kompaniyasining muvaffaqiyati ham uning turli kompaniyalar va dasturchilar bilan hamkorlikka asoslangan edi. Umuman aytganda, dasturiy ta’minot ishlab chiqarish industriyasi platformalar ishlab chiqish va ularni keng miqyosda ishlatish bo’yicha peshqadamlardan hisoblanadi. Bunday platformalarning ochiqligi, qulayligi va oddiyligi barcha tarmoq landshaftini tubdan o’zgartirib yubordi. Shuning uchun ham, platforma texnologiyalari bilan shug’ullanadigan boshqa tarmoqlar dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish tarmog’idan ko’p narsalani o’rganishlari mumkin. Muvaffaqiyatli tarmoq platformalariga yaqqol misollar sifatida 1C, МИР to’lov tizimi va professionallar uchun logistika Log4Pro tizimlarini keltirishimiz mumkin. Platformalarning muvaffaqiyatli ravishda ishlashi uchun bunga qiziqqan iste’molchilar va yetkazib beruvchilar bo’lishi lozim. Chunki iste’molchilar qanchalik ko’p bo’lsa, yetkazib beruvchilar ham shunchalik ko’p bo’ladi. Buni Uber va Yandex.taxi ga o’xshash taksi hizmatlari yaqqol ravishda namoyon qiladi. Platformasiz ikki tomon (mijoz va haydovchi) ham foyda ololmaydi, shuning uchun ham platforma ikkala tomon 522 uchun foydali bo’lishi lozim – buni bilvosita tarmoq effekti deb ataladi. Tarmoq standartlari nuqtai-nazaridan platformalarning faoliyati tahlil qilingan ilmiy izlanishlarga Nobel mukofoti laureati Jan Tirolning “Platform Competition in Two-Side Markets” maqolasi misol bo’la oladi. Keyinchalik O.Gassman va boshqa mutaxassislar “ikki tomonlama bozor” turidagi platformalarning faoliyat ko’rsatish modelini menejment nuqtai-nazaridan tavsiflab berdilar. Ularning fikricha, bunday modelni ilk bora yuz yillar avval birjalar ishlatganlar. Hozirgi zamonda esa “ikki tomonlama bozor” turidagi modellarning juda ko’p turlari mavjud (Иоффе Д., Кусумано М. Искусство стратегии: Уроки Билла Гейтса, Энди Гроува и Стива Джобса. М.: Манн, Иванови Фербер, 2016. С. 21. va Roche J.C., Tirole J. Platform competition in two-side markets. Journal of European Economic Assosiation, 2003. Vol. 1; № 4. Р. 990—1029) va ular bilvosita tarmoq effektini ta’minlab beradilar. Misol sifatida kredit kartalarini (VISA va Master Card), savdo markazlarini, onlayn savdo maydonlarini, chegirmalar platformasini Groupon, reklama hisobiga nashr qilinadigan gazetalarni va boshqalarmi keltirish mumkin. Bu holda platforma – ma’lum bir sohaga mansub bo’lgan biznesning modeli bo’lib, u qandaydir kompleks asosida bir-biriga bog’liq bo’lmagan guruhlar orasida ma’lumot almashinishni ta’minlab beradi. Bunday platformalarni ba’zida “toza platformalar” deb ham ataladi (masalan, YouTube va VISA). Platformalar asosida amalga oshiriladigan biznes an’anaviy bir o’lchamli yoki chiziqli biznesdan farqli ravishda, ko’p o’lchamli bo’lib qoladi, bunday platformalarni tashkil qiladigan kompaniyalarni esa katalizator-kompaniyalar deb nomlanadi. Chunki platformalardan foydalanish tufayli, yangi ma’lumotlar ikki yoki undan ortiq bir-biriga bog’liq bo’lgan iste’molchilar guruhi orasidagi o’ziga hos katalitik reaktsiya natijasida hosil bo’ladi (ГассманО., ФранкенбергерК., ШикМ. Бизнес- модели: 55 лучших шаблонов. М.: Альпина Паблишер, 2016. , Эванс Д., Шмаленси Р. Код катализатора. Стратегии прорыва в современном бизнесе. М.: Вершина, 2008. С. 12.). 21-asrda raqamli texnologiyalar mavjudligi tufayli, platformalarni yaratish va rivojlantirish ancha oson va arzon bo’lib qoldi, chunki endi oldingi davrlarga 523 o’xshash, platformalar tashkil qilish uchun o’tmishdagiday katta hajmlardagi investitsiyalar, material aktivlar va infratuzilmalar zarur emas. Bu esa o’z navbatida Uber, Gett, Яндекс.Такси, Airbnb, Booking.com, Alibaba kabi platformalarning juda ko’payib ketishiga olib keldi. Zamonaviy raqamli platformalar mahsulot va hizmatlarni yangicha ifodalash va sotishga, kompaniyalar va insonlar (actorlar) ning tarmoq asosida muloqot qilishiga, aktivlarni birgalikda ishlatish (sharing) printsipini realizatsiya qilishga imkon beradi. Shuning uchun ham platform uning egasi uchun nafaqat biznes modeli bo’lib hizmat qiladi, balki u iste’molchilarning muammolarini hal qilish uchun ishlatiladigan modelga ham aylanadi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling